21-noyabr kuni “Million” kulgi jamoasi a’zosi Ma’ruf Nosirov bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. To‘y Navoiy shahrida bo‘lib o‘tdi. Nikoh oqshomida Davron Kabulov, Alisher Botirov, Feruza Normatova, Mo‘min Ibrohimov hamda “Million”ning boshqa a’zolari, xonandalar San Jay, Hamdam Sobirov, Fazel Farruh ishtirok etdi.