• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bollivud yulduzi Shridevining qizlari Janvi Kapur va Kxushi Kapur: ular onasining muvaffaqiyatini takrorlay oladimi?

    “Chandni”, “Janob Hindiston”, “G‘amgin hikoya”, “Inglish Vinglish” va boshqa ko‘plab filmlarda tomoshabinlarga ramziy rollarni taqdim etgan Shridevi 2018-yilning 24-fevralida tasodifan vannada cho‘kib ketib, bu dunyoni tark etdi. Uning so‘nggi filmi “Ona” bo‘lib, o‘limidan so‘ng Shridevi “Eng yaxshi ayol roli” uchun Milliy mukofot bilan taqdirlangan, deb yozadi Bollywoodtime.

    Foto: Bollywoodtime

    Shridevi hind kinosining haqiqiy afsonasi bo‘lib, u Bollivudning birinchi xonimi deb atalgan. Uning Bollivudda ham, janubda ham mislsiz mashhurligi aktrisani birinchi super yulduzga aylantirdi.

    Shridevi

    Shridevi
    Foto: Bollywoodtime

    Marhum aktrisa Bollivud qirollik oilasida tug‘ilmagan bo‘lsa-da, u ahil va katta Kapurlar oilasiga mansub prodyuser Boni Kapurning rafiqasi bo‘lish orqali bunga erishdi. Ammo aktrisa mashhurligining cho‘qqisiga chiqqan vaqtda ko‘pincha  gazetalarning sarlavhalaridan joy olardi. Uning Mitxun Chakraborti bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani, o‘zidan 8 yosh katta prodyuser bilan to‘satdan turmush qurishi va to‘ydan ikki oy o‘tib qiz tug‘ilishi haqidagi mish-mishlar uzoq vaqt davomida shov-shuv bo‘lgan.

    Shridevi

    Shridevi
    Foto: Bollywoodtime

    Bir muncha vaqt o‘tgach, Shrideviga bo‘lgan e’tibor susaydi. U ikki qizi — Janvi va Kxushini dunyoga keltirdi, o‘zi esa kinoni tark etib, onalik vazifasini ado etdi. 1997-yil 6-martda onasining kelajakdagi taqdirini hal qilgan katta qizi — Janvi tug‘ilgan.

    Shridevi va uning oilasi

    Shridevi va uning oilasi
    Foto: Bollywoodtime

    Gap shundaki, Shridevi Janviga hali turmushga chiqmasdan avval homilador bo‘lgan. So‘nga tug‘ilajak bolaning otasi — prodyuser Boni Kapurga turmushga chiqqan, afsuski, Kapurning ham birinchi turmushidan ikki farzandi — o‘g‘li Arjun va qizi Anshula bor edi.

    Shridevi va qizi

    Shridevi va qizi
    Foto: Bollywoodtime

    Bonining rafiqasi Mona Kapur ajrashishni qat’iyan rad etdi, lekin u Shridevi farzand kutayotganini bilgach, nikohi butunlay buzilib, hammasi tugaganini tushundi. Shridevi 33 yoshida turmushga chiqdi va oradan bir yarim oy o‘tgach, to‘ng‘ich qizi Janvi dunyoga keldi.

    Shridevi va qizlari

    Shridevi va qizlari
    Foto: Bollywoodtime

    Aktrisa 2000-yil 5-noyabrda 37 yoshida ikkinchi qizi Kxushini dunyoga keltirdi. Qizlar Shridevi uchun koinotning markaziga aylandi. U qizlariga juda ko‘p mehribonlik va g‘amxo‘rlik qildi.

    Janvi va Kxushi Kapur

    Janvi va Kxushi Kapur
    Foto: Bollywoodtime

    Bugunda voyaga yetgan ikki qiz ham kino olamiga kirib kelgan, albatta, bunda ularning mashhur ota-onalari tufayli hamma narsada qo‘llab-quvvatlaydigan qarindoshlarining xizmati katta.

    Janvi Kapur

    Janvi Kapur
    Foto: Bollywoodtime

    Yulduzlarning bolalari ko‘pincha ota-onalarining yo‘lini tanlaydi, shuning uchun Bollivud yangi iste’dodlardan mahrum emas. Janvi Kapur hatto tug‘ilmasidan oldin ham misli ko‘rilmagan shov-shuvga sazovor bo‘lgandi va hozir ham mashhurlik maqomi sari olg‘a qadam tashlamoqda. U 2018-yilda “Yurak urishi” debyut filmi bilan aktrisalik orzularini ro‘yobga chiqardi. Afsuski, Shrideviga katta ekranda qizining debyutini ko‘rish nasib etmadi.

    Shridevi va Janvi

    Shridevi va Janvi
    Foto: Bollywoodtime

    Aktrisa o‘limidan bir yil oldin, Mid-Day’ga bergan intervyusida Janvi aktrisa bo‘lishni xohlayotganini, lekin u buni istamasligini aytib o‘tgan. “Bollivud yomon joy bo‘lgani uchun emas. Men shu sanoatning ijodkoriman. Lekin, ona sifatida, Janvining turmushga chiqishidan xursand bo‘lardim. Chunki men uchun uning baxti muhimroq, agar u aktrisa sifatida ham muvaffaqiyat qozonsa, men faxrli ona bo‘laman”.

    Boni Kapur va qizlari

    Boni Kapur va qizlari
    Foto: Bollywoodtime

    Filmfare’ga bergan so‘nggi intervyusida Shridevi Janvi bilan munosabatlari haqida gapirib bergan: “Men Januga juda yaqinman, Kxushi esa Boneyjiga yaqinroq. Kxushi Janviga qaraganda ancha mustaqil. U doimiy ravishda otasi bilan Janu va menga qarshi chiqadi”.

    Janvi

    Janvi
    Foto: Bollywoodtime

    To‘g‘ri, Shridevi qizining Bollivudda ijod qilishidan doim xavotirda bo‘lgan va bu qaroridan mamnun bo‘lmagan, ammo oxir-oqibat taslim bo‘lishga majbur bo‘lgan. Janvining sanoatdagi debyuti haqida gap 2013-yilda, qiz 16 yoshda bo‘lganida boshlangan. Uni oilaviy do‘sti Karan Johar “2-kurs talabasi” filmiga taklif qilishi kerak edi. Biroq loyiha to‘xtatildi va “Yurak urishi” uning debyut filmiga aylandi, buning uchun u “Eng yaxshi debyutant” nominatsiyasi bo‘yicha Zee Cine Award mukofotini qo‘lga kiritdi.

    “Yurak urishi” filmidan

    “Yurak urishi” filmidan
    Foto: Bollywoodtime

    Janvi — katta kino ishqibozi. U o‘tmishdagi aktyorlar Dilip Kumar, Madxubala, Vahida Rahman va Nutanni, hozirgi davr aktyorlari orasida u Karina Kapur, Salmon Xon va Shahid Kapurni yaxshi ko‘radi.

    “Archi” filmidan

    “Archi” filmidan
    Foto: Bollywoodtime

    Birinchi filmdan keyin Janvi faol ravishda yangi loyihalar bo‘yicha shartnoma imzolamoqda. U allaqachon “Uchuvchi Gunjan Sachsena”, “Arvoh hikoyalari” va “Ruxi” filmlari bo‘lib, hozirda “Milli” trilleri prokatga tayyorlanmoqda.

    Kxushi Kapur

    Kxushi Kapur
    Foto: Bollywoodtime

    Uning singlisi Kxushi Zoya Axtarning “Archi” dramasida debyut rolini ijro etmoqda. Boni Kapurning birinchi turmushidan ikki farzandi — Arjun va Janvi allaqachon kino olamida ijod qilib kelmoqda, endi navbat uning kenja qiziga keldi.

    Kapurlar oilasi

    Kapurlar oilasi
    Foto: Bollywoodtime

    Yaqinda bergan intervyusida ota Kxushi katta opasi Janvi debyut filmi ustida ishlayotganida u ham aktrisalik haqida o‘ylay boshlaganini aytdi. “Kxushi aktrisa bo‘lish istagini Janvi 2018-yilda “Yurak urishi” filmida suratga tushishni boshlaganidan so‘ng bildirdi. Shuning uchun biz uni Nyu-Yorkdagi kino maktabiga yubordik, u yerda kasb sirlarini o‘rgandi. Agar Shridevi hayot bo‘lganida, uni ham xuddi Janvidek qo‘llab-quvvatlardi”.

    Janvi va Kxushi

    Janvi va Kxushi
    Foto: Bollywoodtime

    Boni yana shuni ham qo‘shimcha qilib o‘tdi: “Men to‘rt farzandimni ham o‘zlari xohlagan narsani qilishga va qarorlarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman. Avvaliga men do‘st, keyin esa ota edim. Endi men ham ota, ham onaman. Qo‘limdan kelganicha harakat qilaman va umid qilamanki, biz do‘stona munosabatni saqlab qolamiz. Albatta, ular uchun qo‘limdan kelganini qilishga harakat qilaman”.

    Janvi va Kxushining Anshula ismli opasi va Arjun Kapur ismli akasi bor, ularni “Ikki davlat”, “Sevgi isyonchilari”, “Panipat jangi” kabi filmlarda ko‘rish mumkin. Ularning amakivachchasi model va aktrisa Sonam Kapur, amakisi esa taniqli aktyor Anil Kapur.

    Shridevi

    Shridevi
    Foto: Bollywoodtime

    Shridevining qizlari Janvi va Kxushi hozirda shon-shuhrat sari borayotgan yosh yulduzlardir. Ularning iste’dodi qanday namoyon bo‘ladi, tez orada ma’lum bo‘ladi, lekin qizlar onasining ishini davom ettirish xarakteriga ega ekanligi oydek ravshan. Garchi ular juda katta bosim ostida bo‘lsalar ham, qiyinchiliklarni osongina yengishga kuch topa oladigandek ko‘rinadi.

    Mavzuga doir:

    • Bir kechada yulduzga aylangan, 19 yoshida fojiali o‘lim topgan Divya Bharti: Bollivud aktrisasining taqdiri qanday kechgan? (foto)
    • Shohrux Xonning qizidan Sanni Deolning o‘g‘ligacha: Bollivud yulduzlarining kinoga kirib kelayotgan farzand va nevaralari (foto)
    • 16 yoshida turmushga chiqqan hamda mashhurlikka erishgan: “Bobbi” filmi yulduzi Dimpl Kapadiya hozir qayerda? (foto)
    • Bollivud yulduzlari Amitabh Bachchanning nevarasi, Shohrux Xon va Shridevining qizlari bir filmda debyut rolini ijro etmoqda (video)

    09.06.2022, 18:40   Izoh (0)   26579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turk kinosining turmush qurgan va bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan juftliklari (foto)

    09.06.2022, 16:32

    Afsonaviy ko‘z, aeroport va shishadan yasalgan qal’a: Gollivud yulduzlarining eng noodatiy uylari (foto)

    09.06.2022, 13:59

    Instagram: SanJay Usmon Azimga 1,5 tonna tanga bermoqchi, rafiqasiga 400 mln so‘mlik mashina sovg‘a qilgan Hamdam Sobirov, Lolaning Tashkent City’dagi uyiga sayoha...

    08.06.2022, 22:46

    Musiqiy bilimga ega bo‘lmagan, kliplari hech qachon telekanallarda ko‘rsatilmagan yulduz. Jaloliddin Ahmadaliyevning ilk yakkaxon konsertidan reportaj (foto, video...

    08.06.2022, 18:46

    Reklamasida Jonni Depp suratga tushgan Dior Sauvage atiriga talab ikki baravar oshib ketdi

    08.06.2022, 14:36

    “Shoirni nima jin urdi bilmayman, birdan o‘zgardi” — Mansur Agaliyev Yulduz Usmonovaning shoir bilan mojorosi qanday yakun topganiga oydinlik kiritdi (video)

    08.06.2022, 12:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.