Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda tiktoker ikkita pitbull iti mushukni g‘ajib tashlashiga qo‘yib bergani tasvirlangan video tarqalgandi. Navoiy viloyati IIB axborot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Dastlabki surishtiruv natijasida aniqlanishicha, xatirchilik 27 yoshli M.N. o‘zining Navoiy shahridagi “Hosil bo‘sh” dala hovlilaridagi xonadonida 1-iyun kuni daydi mushuklarni ushlab kelib, o‘zining zotdor itlariga qasddan talatib, uni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Ushbu harakatlari orqali fuqaro M.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111- moddasida (hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish), va 189-1-moddasida (zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash va tarqatish) ko‘rsatib o‘tilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan. Ta’kidlanishicha, fuqaro M.Nning harakatlariga huquqiy baho berilib, tegishli chora ko‘rilishi ta’minlanadi.
Avvalroq Navoiyda noma’lum erkak bolalar ko‘z o‘ngida itni otib tashlagani, Andijonda tahqirlangan bo‘ri xaski zotli it bo‘lib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Toshkentda it va mushuklarni miltiqda otib yurgan erkak ushlandi
- Andijonda itlarni so‘yib, iste’mol qilish bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi
- Farg‘ona viloyatida itlar ommaviy o‘ldirilgani aytilmoqda. Chiqindixonada o‘nlab hayvonlar otib tashlangan
- Toshkentda qo‘shnisining ikkita xaski zotli itini o‘ldirgan erkakka 1,35 mln so‘m jarima belgilandi
Izoh (0)