• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda shakar narxida nega o‘sish kuzatilmoqda? Monopoliya qo‘mitasi rasmiysi izoh berdi

    Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda shakar narxi bilan bog‘liq turli videolar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. AOKAda 10-iyun kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Davlatov shakar narxiga oid savolga munosabat bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

    Qo‘mita vakilining ta’kidlashicha, jahonda kuzatilayotgan geosiyosiy vaziyat sabab logistika xizmatlari narxlari oshishi shakar narxiga ham ta’sir qilmoqda.

    Ulug‘bek Davlatov

    Ulug‘bek Davlatov
    Foto: AOKA

    “Haqiqatan bugungi kunda shakar mahsulotiga bo‘lgan talab kuchayib, har xil ajiotaj holatlar kelib chiqyapti, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinyapti.

    Hozirgi paytda kuniga 2 ming tonna shakar birja savdolariga qo‘yilmoqda. 1-9-iyun kunlari 14 ming tonna shakar birjaga qo‘yilgan bo‘lsa, hammasi yuz foiz sotildi. Birjaga 8 ming 900 so‘mdan chiqarilgan bo‘lsa, narxlar 13 ming so‘mgacha ko‘tarildi.

    Mamlakatimizda shakar ishlab chiqaruvchi ikkita zavod mavjud bo‘lib, monopolist korxonalar reyestriga kiritilgan. Ular belgilaydigan narxlar qo‘mita tomonidan nazorat qilib boriladi. Boshlang‘ich narxlar va unga ta’sir etuvchi omillar ham doimiy ravishda o‘rganiladi.

    Bugungi kunda jahonda bo‘layotgan geosiyosiy vaziyat sabab logistika xizmatlari narxlari keskin oshib ketdi. O‘zbekistonga shakar xomashyosi Braziliyadan olib kelinadi. Kema va temir yo‘l xizmatlari, boshqa davlatlardagi xarajatlar keskin ko‘tarilishi natijasida bizda shakar narxlari 8-10 foizga yuqoriladi. Yil boshida birjaga 8 ming 200 so‘mdan qo‘yilgan bo‘lsa, hozirda 8 ming 900 so‘mdan chiqarilyapti”, — deydi u.

    Uning qayd etishicha, aholining shakarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va narxni barqarorlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilgan.

    “Hozir mavsumiy tebranish davri, ya’ni yoz paytida shakarga nisbatan talab keskin oshadi. Shu bois birja savdolarida ham narxlar ko‘tarilib ketyapti. Narxlarni ushlab turish va barqarorlashtirish maqsadida birjadagi bir savdo sessiyalariga qo‘yiladigan maksimal me’yor ham belgilab berilgan.

    Bundan tashqari, iste’molchilarga ko‘proq shakar yetkazib berish maqsadida boshqa tadbirkorlik subyektlari, ya’ni yaxna ichimlik ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga imtiyozlar berish bo‘yicha takliflar ishlab chiqqanmiz. Aniqrog‘i, bu kabi korxonalarda ham yoz mavsumida shakarga talab kuchayadi, ishlab chiqarish hajmi ko‘payadi. Ular ham shakarni birja orqali xarid qilgani tufayli narxlar oshib ketmoqda. Shu talabni qisqartirish maqsadida hukumatga taklif kiritganmiz.

    Taklifda yaxna ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z ehtiyoji uchun shakar import qilishda belgilangan bojxona to‘lovlariga imtiyozlar berish masalasini ko‘rib chiqish qayd etilgan. Bizning taklif hukumat tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Agar bu ma’qullansa, aholining shakarga bo‘lgan ehtiyoji ko‘proq qoplanadi va narxlar barqarorlashadi.

    Shuningdek, hozirgi paytda shakar narxlarining sun’iy oshirish holatlari ham kuzatilmoqda. Bu bo‘yicha Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda chora-tadbirlar o‘tkazilyapti”, — deydi Ulug‘bek Davlatov.

    Mavzuga doir:

    • “Chorsu” bozorida shakarga navbat kuzatilmoqda. Bozor rahbariyati esa shakar yetarli ekanini, odamlar vahimaga tushmasligi lozimligini aytmoqda (video)
    • O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda shakar narxi qancha?

    10.06.2022, 17:24   Izoh (0)   15281
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistondagi deyarli barcha davlat idoralariga muqobil energiya qurilmalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi

    10.06.2022, 17:01

    Denovda radar o‘rnatilgan mashinada xizmat olib borayotgan YPX xodimini haqorat qilgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    10.06.2022, 16:37

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    10.06.2022, 16:23

    “O‘zbekistonning 70 foiz yerlari qurg‘oqchil maydonlardan iborat” — O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

    10.06.2022, 16:10

    Samarqandda somon ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi (video)

    10.06.2022, 16:04

    Oliy ta’lim vaziri o‘qishni ko‘chirish borasida noto‘g‘ri talqin qilinayotgan fikrlarga munosabat bildirdi

    10.06.2022, 15:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.