Shavkat Mirziyoyev raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda muqobil energiya qurilmalarini o‘rnatish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda
- barcha viloyat, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma va bo‘limlarida hamda jazoni ijro etish muassasalarida;
- barcha tuman soliq inspeksiyalari va viloyat soliq boshqarmalarida;
- barcha viloyat, tuman va shahar prokuraturalari, Bosh prokuratura Departamenti va Majburiy ijroning boshqarma va bo‘limlarida;
- barcha viloyat, tuman va shahar adliya idoralari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlarida;
- barcha viloyat, shahar va tuman moliya, g‘azna, pensiya idoralari, sug‘urta tashkilotlarida;
- kamida 1 mingta mahalla idorasi binolarida muqobil energiya qurilmalarini o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
Shu munosabat bilan har bir viloyatda kamida 1 tadan shunday qurilmalarni ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.
Mavzuga doir:
- Shavkat Mirziyoyev 2022-yilda barcha OTMlarda quyosh panellarini o‘rnatishni topshirdi
- “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda quyosh panellari o‘rnatilishi kutilmoqda
- O‘zbekistonda muqobil energiya uskunasini o‘rnatganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
Izoh (0)