Davlat statistika qo‘mitasi 8-iyun kungi hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘rganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol go‘shti (1 kilogramm) — 45 000–73 000 so‘m;
- qo‘y go‘shti (1 kilogramm) — 55 000–86 000 so‘m;
- kartoshka (1 kilogramm) — 2500–8000 so‘m (-500 so‘m);
- piyoz (1 kilogramm) — 2000–6000 so‘m (+1000 so‘m);
- sabzi (1 kilogramm) — 1500–6000 so‘m (-1000 so‘m);
- tuxum (10 dona) — 6500–15 000 so‘m (+500 so‘m);
- guruch (1 kilogramm) — 4500–22 000 so‘m (+1000 so‘m);
- o‘simlik yog‘i (1 litr) — 15 500–28 000 so‘m ;
- shakar (1 kilogramm) — 9500–16 000 so‘m (+2000 so‘m).
Ma’lumot uchun, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).
Izoh (0)