Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 296-son “Akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra:
- 2022-yil 1-sentabrdan boshlab akademik litseylar rahbar va pedagog xodimlari uzluksiz ravishda o‘z malakalarini oshirib boradilar;
- malaka oshirish kredit-modul tizimi asosida olib boriladi;
- malaka oshirish jarayonlarini uzluksiz nazorat qilish va shaxsiy hisobni yuritish imkoniyatini ta’minlovchi elektron platforma tizimi yaratiladi;
- malaka oshirilganlik haqidagi sertifikatlarni elektron berish tartibi joriy qilinadi;
- o‘qishga yuborilgan tinglovchilar uchun ularning ishdan ajralgan holda butun o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.
Mavzuga doir:
- Qashqadaryoda o‘qituvchilar “so‘nggi qo‘ng‘iroq”ni dars jadvalini yirtib, o‘quvchilar esa sumkalarini tepib nishonladi (video)
- Tanzila Norboyeva: “Mahalla raislari orasida o‘qituvchilar ulushi nisbatan ko‘pchilikni tashkil etmoqda”
- O‘zbekiston maktablarida ma’nan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash uchun 400 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi
Izoh (0)