• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Orolbo‘yi arxitektor va quruvchilari ekologik loyihalash bo‘yicha o‘qitiladi

    8-iyun kuni BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Islom taraqqiyot banki (ITB)ning Orolbo‘yi mintaqasidagi infratuzilmani boshqarish bo‘yicha qishloq aholining salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi qo‘shma tashabbusni boshladi.

    Foto: BMTTD matbuot xizmati

    Foto: BMTTD matbuot xizmati

    BMTTD matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, ushbu loyiha ITB va OPEK (OPEC Fund) xalqaro rivojlanish fondi tomonidan moliyalashtiriladigan O‘zbekistonning qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish bo‘yicha yanada kengroq investitsiya loyihasining bir qismidir. Uni amalga oshirish uchun 5 million AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratildi.

    Loyihaning umumiy maqsadi maqbul yashil va energiya tejamkor hamda raqamli yechimlardan foydalangan holda qishloq hududlarini rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda mahalliy hamjamiyatlarni, arxitektorlar, muhandislar, mahalliy hokimiyat organlari va boshqa manfaatdor tomonlarning imkoniyatlarini kengaytirish va salohiyatlarini kuchaytirishdan iborat.

    Xususan, loyiha maqsadli hamjamiyatlarning mahalliy aholi ehtiyojlari va talablarini aniqlash, shuningdek, chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish bo‘yicha salohiyatini kuchaytirishi rejalashtirilgan.

    Loyiha doirasida, shuningdek, iqtisodiy, operatsion va ekologik barqarorlikka qaratilgan barqaror rivojlanish jihatlariga javob beradigan takomillashtirilgan muhandislik loyihalari va bosh rejalarni ishlab chiqish uchun mahalliy arxitekturaviy loyihalash institutlari va hududiy arxitektura va qurilish boshqarmalari vakillarini o‘qitish rejalashtirilgan.

    Bundan tashqari, loyiha raqamlashtirish, innovatsion IT-yechimlarini, shu jumladan raqamli infratuzilma va qurilish, arxitekturaviy loyihalash va davlat xizmatlarini taqdim etish sohalari salohiyatini kengaytirishga xizmat qiladigan axborot tizimlarini ishlab chiqish orqali, mahalliy boshqaruv mexanizmini kuchaytirish hamda qishloq joylarini rivojlantirish dasturlari va tashabbuslarini rejalashtirish va amalga oshirishda jamoatchilik ishtirokini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘zda tutadi.

    Nima uchun aynan Orolbo‘yi mintaqasi?

    Orolbo‘yi mintaqasi Orol dengizi qurishi va iqlim o‘zgarishi oqibatidagi salbiy ta’sirni o‘zida his etgan eng zaif mintaqa bo‘lib, bu Orolbo‘yi aholisi turmush darajasiga ta’sir etuvchi qator ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni keltirib chiqardi. Iqlim o‘zgarishi Orol dengizi fojiasidan jabr ko‘rgan hududlarda inson taraqqiyotiga qo‘shimcha va tobora ortib borayotgan muammolarni keltirib chiqarmoqda, bu yerda daromadlarning pastligi, yer va suv resurslarining sho‘rlanishining kuchayishi, oziq-ovqat xavfsizligining mavjud emasligi, chang bo‘ronlari ta’siri, ichimlik suvi sifati va mahalliy aholi salomatligining yomonlashuvi ko‘pchilikni og‘ir hayot sharoitlariga chidashga yoki mintaqani tark etishga majbur qilmoqda.

    BMTTDning yangi loyihasi aynan Orolbo‘yi hududiga kiruvchi viloyatlarni, jumladan, ekologik inqirozga ko‘proq moyil bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarini qamrab oladi.

    Umuman olganda, BMTTD tomonidan amalga oshiriladigan yangi loyiha hamjamiyatlarga qurilish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan jamoalarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish orqali rivojlanish, ehtiyojlar ustuvorligini belgilash imkonini beradi.

    Shuningdek, qurilish va arxitekturaviy rejalashtirishda yashil va innovatsion texnologiyalarni joriy etish yangi zamonaviy talablarga javob beradigan va ayni paytda energiyadan oqilona foydalanish imkonini beruvchi infratuzilma obyektlarini qurish imkonini beradi. Suv va energiya tejamkor, yangi qishloq xo‘jaligi texnologiyalari, past GIP (global isish potensiali)ga ega bo‘lgan ozon uchun xavfsiz texnologiyalarni turli sohalarda/turli maqsadlar uchun muvozanatga rioya qilgan holda tatbiq etish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

    “Ushbu loyiha Orolbo‘yi aholisining turmush faoliyatini yaxshilash va qishloq aholisi uchun resurslar va xizmatlardan munosib foydalanishni ta’minlashga qaratilgan aniq qarorlarni amalga oshirish borasida hukumat, Islom taraqqiyot banki va BMTTD sa’y-harakatlarini birlashtirish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi”, — deb ta’kidlagan BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska.

    Mavzuga doir: 

    • Orolbo‘yini “yashil rivojlantirish” uchun 150 mln yevro investitsiya kiritiladi
    • Orol dengizi falokati natijasida Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi dunyo ko‘rsatkichlaridan 2 barobar jadalroq kechmoqda
    • AQSH Orolbo‘yi aholisi uchun tibbiy asbob-uskunalar va anjomlarni o‘z ichiga olgan gumanitar yordamni yubordi

    08.06.2022, 19:38   Izoh (0)   5600
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari 1000 dollardan ko‘proq maosh olishlari mumkin

    08.06.2022, 19:23

    O‘zbekistonda reklamada milliy va oilaviy an’analarga zid bo‘lgan obrazlardan foydalanish taqiqlanadi

    08.06.2022, 18:49

    O‘zbekiston qonun ustuvorligi indeksida nechanchi o‘rinni egallagani ma’lum qilindi

    08.06.2022, 18:31

    Toshkentda Matiz daraxtga urilishi oqibatida haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

    08.06.2022, 18:21

    O‘zbekistonda import qilinadigan zaruriy oziq-ovqatlar “birinchi qo‘l” tamoyili asosida o‘rtakashlarsiz bozorga chiqarilmoqda

    08.06.2022, 18:12

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    08.06.2022, 17:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.