• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning moliyaviy holati ma’lum bo‘ldi

    “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun bilan ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar belgilab berilgan. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

    Foto: Yandex

    Foto: Yandex
    • Xususan, lombardlarning faoliyatni o‘z mablag‘lari, bank kreditlari va o‘z aksiyadorlaridan olingan qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlarining prudensial talablarga rioya qilishi talab etilmasligi;
    • Ularning faoliyatini tartibga soluvchi normalarni xalqaro standartlardan kelib chiqib takomillashtirish hamda yo‘nalishini kengaytirish ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchilar soni va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini sezilarli darajada oshirishda asosiy omillardan bo‘ladi.

    Nobank kredit tashkilotlari soni

    So‘nggi besh yil davomida mikrokredit tashkilotlari soni 41 taga, lombardlar soni esa 30 taga ortib, hozir 71 ta mikrokredit tashkilotlari hamda 76 ta lombard aholi va tadbirkorlarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatmoqda.

    Hududlar kesimida nobank kredit tashkilotlari Toshkent shahrida 2 barobarga (jami 64 ta), Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida 3 barobarga (mos ravishda 19 ta va 14 ta) hamda Toshkent viloyatida 1,4 barobarga (soni 14 ta) o‘sgan.

    Shuningdek, o‘tgan bir yil mobaynida nobank kredit tashkilotlari bozorida yangi ishtirokchilarning – 8 ta mikrokredit tashkiloti hamda ularning 32 ta filial va chakana xizmatlar markazlari, 11 ta lombard faoliyat boshlashi natijasida ularning umumiy soni 148 tani tashkil qilgan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Nobank kredit tashkilotlarining aktivlari

    Nobank kredit tashkilotlari aktivlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga ortib, 2022-yil 1-may holatiga ko‘ra 3,4 trln so‘mni tashkil etgan. Aktivlar o‘sishida kreditlash operatsiyalarining 2,2 barobarga oshishi asosiy omil bo‘lgan.

    Xususan, mikrokredit tashkilotlari aktivlari 58 foizga (557 mlrd so‘mga) o‘sib, 1 520 mlrd so‘mga va lombardlar aktivlari 35 foizga yoki 60 mlrd so‘mga ko‘payib, umumiy 231 mlrd so‘mga yetgan.

    Aktivlar hajmining o‘sishi asosan mikrokredit tashkilotlarida kreditlarning 501 mlrd so‘mga va lombardlarda 47 mlrd so‘mga oshishi hisobiga yuzaga kelgan.

    Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti jami aktivlari 4 barobarga (1 173 mlrd so‘mga) o‘sgan holda 1 618 mlrd so‘mni tashkil etgan (bunda kreditlash sur’ati 1 105 mlrd so‘mga ortgan).

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Nobank kredit tashkilotlarining kreditlash amaliyoti

    2022-yil yanvar—aprel oylarida mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 foizga oshib,1,4 trln so‘mni tashkil qildi.

    2022-yilning 1-may holatiga jami mikromoliyaviy xizmatlar qoldig‘i (1,6 trln so‘m) 52 foizga, xususan, mikrokredit tashkilotlari kredit qo‘yilmalari qoldig‘i (1 404 mlrd so‘m) 55 foizga va lombardlar kredit qoldig‘i (195 mlrd so‘m) 32 foizga o‘sgan.

    O‘z navbatida ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan aholining uy-joylarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadida tijorat banklariga ajratilgan resurslari qoldig‘i 4 barobarga (1 105 mlrd so‘mga) ortib, 1 428 mlrd so‘mga yetgan.

    2022-yil 1-may holatiga barcha nobank kredit tashkilotlarining jami kredit qo‘yilmalari qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobarga ko‘payib, 3 trln so‘mga yoki umumiy kreditlash hajmidagi ulushi 0,9 foizga yetgan.

    Bunda so‘nggi bir yil davomida umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari hissasi 2 barobarga oshishi asosan ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan kreditlash sur’atlarining yuqori darajada o‘sishi hisobiga shakllangan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Shu bilan birga, 2021-yil 1-may holatiga nisbatan nobank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan mikroqarzlar 54 foizga ortib, 1 583 mlrd so‘mga yetgan bo‘lsa, tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokredit qoldig‘i 37 foizga kamayib, 16 mlrd so‘mni tashkil etdi.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Nobank kredit tashkilotlarining muammoli kreditlari

    2022-yil 1-may holatiga nobank kredit tashkilotlari kredit qo‘yilmalarining 92 foizi “standart”, 5 foizi “substandart”, 1 foizi “shubhali” va 2 foizi “umidsiz” kreditlar sifatida tasniflangan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    O‘tgan yillarda koronakrizis oqibatida yuzaga kelgan kredit xatarlarining nobank kredit tashkilotlari moliyaviy holatiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish yuzasidan ko‘rilgan prudensial choralar hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida muammoli kreditlar (NPL 30+) ulushi 8 foiz bandga kamayib, 8 foizni yoki 132 mlrd so‘mni tashkil etgan.

    Xususan, muammoli kreditlar mikrokredit tashkilotlarida 52 foiz yoki 62 mlrd so‘mga kamaygan bo‘lsa (qoldig‘i 57 mlrd so‘m), lombardlarda 41 foiz yoki 22 mlrd so‘mga o‘sgan (qoldig‘i 74 mlrd so‘m).

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Nobank kredit tashkilotlarining majburiyatlari va kapitali

    a) nobank kredit tashkilotlarining jami majburiyatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga oshib, 2,3 trln so‘mni tashkil etgan.

    Xususan, mikrokredit tashkilotlarida 80 foizga oshib, 750 mlrd so‘mni, lombardlarda 8 foizga ko‘payib, 25 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida qariyb 4 barobarga ortgani holda, 1 498 mlrd so‘mga yetgan.

    Majburiyatlar o‘sishida jalb etilgan mablag‘larning 3 barobarga (1 435 mlrd so‘mga) oshishi asosiy omil bo‘lgan.

    Ma’lumot uchun: banklardan jalb etilgan kreditlar mikrokredit tashkilotlarida 1,6 barobarga ortib, 389 mlrd so‘mni, lombardlarda 1,4 barobarga oshib, 6 mlrd so‘mni, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida 4,4 barobarga ko‘payib, 1 428 mlrd so‘mni tashkil etgan.

    Shuningdek, mikrokredit tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan mablag‘lar 5 barobarga oshib, 57 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

    b) mikrokredit tashkilotlarining jami kapitali 41 foizga va lombardlarda 40 foizga oshib, mos ravishda 770 mlrd so‘m hamda 207 mlrd so‘mga yetgan bo‘lsa, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida 15 foizga ko‘payib, 121 mlrd so‘mni tashkil etgan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Nobank kredit tashkilotlari jami kapitalining ko‘payishi asosan ustav kapitalining 75 mlrd so‘mga va taqsimlanmagan foydasining 161 mlrd so‘mga oshishi hisobiga to‘g‘ri kelgan.

    Ma’lumot uchun: nobank kredit tashkilotlari tarkibida chet el mablag‘lari ishtirokidagi tashkilotlar soni 4 taga ko‘payib, 8 taga yetgan.

    Nobank kredit tashkilotlari daromadliligi

    Nobank kredit tashkilotlari tomonidan olingan jami daromadlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mlrd so‘mga (45 foizga) oshib, 411 mlrd so‘mni tashkil qildi.

    Xususan, jami daromadlar tarkibida foizli daromadlar 87 foiz yoki 359 mlrd so‘mni tashkil etib, foizli daromadlar ajratilgan kredit va lizinglardan olingan daromadlar (353 mlrd so‘m) hamda banklarga joylashtirilgan depozitlardan olingan daromadlar (6 mlrd so‘m) hisobiga shakllangan.

    Nobank kredit tashkilotlarining jami xarajatlari 74 mlrd so‘mga (43 foizga) ko‘payib, 246 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jami xarajatlarning 42 foizi yoki 104 mlrd so‘mi foizli xarajatlar, ularning asosiy qismi (77 mlrd so‘m) banklardan jalb etilgan kreditlar bo‘yicha xarajatlardan iborat bo‘lgan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Mikrokredit tashkilotlarining sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 56 foizga ortib, ularning aktivlari hamda kapitalining rentabellik darajasi mos ravishda 8 va 16 foizni tashkil qilgan.

    Shuningdek, lombardlar aktivlari rentabelligi darajasi 2021-yilning mos davriga nisbatan 1 foiz bandga kamayib, 16 foizni, kapital rentabellik darajasining esa 1,6 foiz bandga kamayib, qariyb 18 foizni tashkil etgan.

    Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga ortgan bo‘lsa-da, aktivlar rentabelligi 2 barobarga kamayib, 0,4 foiz, kapitalning rentabellik darajasi esa 2,1 foiz bandga oshib, 5,3 foiz doirasida shakllangan.

    Foto: Markaziy bank

    Foto: Markaziy bank

    Aktivlar daromadlilik darajasining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamayishi tashkilot aktivlarining yuqori sur’atlarda (4 barobarga) o‘sishi hisobiga yuz bergan.

    Avvalroq Markaziy bank oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar haqida ma’lumot bergan edi.

    02.06.2022, 20:31   Izoh (0)   14442
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi

    02.06.2022, 20:18

    Rossiyada avtomobil ishlab chiqarish keskin kamaydi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

    02.06.2022, 19:47

    O‘zbekistonda qancha tadbirkorlik subyekti borligi ma’lum qilindi

    02.06.2022, 19:08

    Ichki ishlar vazirligi respublika YHXX yashirgan axborotni oshkor qildi

    02.06.2022, 18:38

    Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tor doirada uchrashuv o‘tkazdi

    02.06.2022, 18:34

    Ko‘ksaroyda Emomali Rahmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

    02.06.2022, 18:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.