“E-auksion” 2022-yilning 5 oyi davomida o‘tkazilgan elektron auksion va tanlovlarning natijalarini e’lon qildi.
2022-yilning yanvar—may oylarida platformaga 403 mingdan ortiq mulk va mulkiy huquqlar kimoshdi savdosiga qo‘yildi.
Ushbu davrda boshlang‘ich narxi 1,15 trln so‘mlik 322 mingta obyekt 1,75 trln so‘mga sotildi. Savdolarda qariyb 766 ming nafar talabgor ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilda “E-auksion” platformasi orqali 23 mingdan ortiq mulklar sotilgan. Ushbu savdolarda 107 ming nafar talabgor ishtirok etgan.
Ayni paytda platformada 83 mingdan ortiq obyektlar savdoga qo‘yilgan.
4200 dan ortiq davlat aktivlari, 50 mingdan ortiq dehqonchilik uchun, 22 mingdan ortiq tadbirkorlik uchun yer uchastkalari, 100 dan ortiq tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish joylari, 1,9 mingdan ortiq ko‘chmas mulklar va 1200 dan ortiq avtotransport vositalari shular jumlasidan.
Avvalroq Toshkentdagi hukumat mehmonxonasi qariyb 79 mlrd so‘mga sotilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)