Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahrida qolipli nonga turnaqator navbatlar kuzatilmoqda, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Ma’lum bo‘lishicha, video bugun, 2-iyun kuni tongda tasvirga olingan.Video muallifi video avvalida savdo do‘konida nonga navbat ko‘payib ketganini aytib, “nonni ushlagan ushladi, ushlamaganga yo‘q endi”, — deydi.
Qolipli non kecha, 1-iyundan boshlab Toshkentda 2800 so‘mdan sotila boshladi. G‘alla bozori erkinlashtirilishini tahlil qilgan Iqtisodiyot vazirligi Toshkentdagi “buxanka” nonning oshishini, avval juda arzonligi va shu sabab nonni qo‘y va mol uchun sotib olish ko‘payib ketganini ma’lum qildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi esa “buxanka” nonning narxi oshganiga munosabat bildirib, “buxanka” non narxi Toshkent shahrida eng yuqori — 2800 so‘m, Qashqadaryoda viloyatida eng past — 1650 so‘m, respublika bo‘yicha o‘rtacha narx esa 2250 so‘mdan sotilayotganini ochiqladi.
Izoh (0)