2—4-iyun kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida parlament, Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar, shuningdek, qator uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, ular davomida O‘zbekistonning YXHT bilan o‘zaro hamkorligi va ikki tomonlama O‘zbekiston—Polsha munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
“Gazeta.uz”ning YXHT matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, Zbignev Rau prezident Shavkat Mirziyoyev, tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov, Senat va Qonunchilik palatasi rahbarlari Tanzila Norboyeva va Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashadi.
Shuningdek, Zbignev Rauning Samarqand shahriga tashrifi ham ko‘zda tutilgan olgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev SHHT bosh kotibi bilan Samarqandda o‘tkaziladigan sammit masalalarini muhokama qilgani, Vladimir Norov AQSH davlat kotibining yordamchisi bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)