• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi “buxanka” arzonligi sabab uni qo‘y va mol uchun sotib olish ko‘payib ketdi — Iqtisodiyot vazirligi g‘alla bozori erkinlashtirilishini tahlil qildi

    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi g‘alla bozorini erkinlashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati bo‘yicha tahlil taqdim etdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasini erkinlashtirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha islohotlar amalga oshirildi.

    2019-yil oxirida boshlangan koronavirus pandemiyasi butun dunyoda aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda muammolarni vujudga keltirdi.

    Cheklovlar sharoitida aholini arzon va sifatli un va non bilan kafolatli ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqaruvchilar va aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish mexanizmi joriy qilindi.

    Tartib bugungi kungacha amalda bo‘ldi va bu vaqtinchalik chora o‘z vazifasini bajarib bo‘ldi.

    Quyidagi holatlar bu tartibni saqlab qolish kerak emasligini ko‘rsatmoqda:

    • bug‘doy xarid narxlarini davlat tomonidan belgilash bozor tamoyillariga mos emas va bu bug‘doy yetishtiruvchi xo‘jaliklarning zarar ko‘rishlariga olib keldi;
    • davlat resurslariga olingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan un ichki bozorni to‘liq ta’minlab bermasligi sababli import va mahalliy un narxlari o‘rtasidagi katta farq korrupsiogen muhit shakllanishiga sabab bo‘ldi;
    • mazkur tartib joriy qilinishi fonida ko‘plab qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar yengil daromad topish yo‘liga o‘tdi, davlat resursidagi unni arzon narxlarda aholiga to‘liq yetkazmasdan, bir qismini bozorda qimmat narxda sotilmoqda. Arzon qolipli non ishlab chiqarishga mo‘ljallangan un ham non ishlab chiqarishga yetib bormasdan, bozorda sotib yuborilmoqda.
    • Toshkent shahrida qolipli non arzon narxdaligi tufayli, uni qo‘y va mol uchun sotib olish holati ko‘payib ketdi, chunki u yem uchun sotib olinadigan bug‘doydan ham arzon bo‘lib qoldi.
    Xulosa qilib aytganda, davlat resurslariga olingan bug‘doyni qayta ishlashdan olingan un arzon narxlarda aholiga to‘liq yetib bormayapti.

    Bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida g‘allani xarid qilish jarayoniga to‘liq bozor mexanizmlarini joriy qilinmoqda. Endi barcha iste’molchilar uchun teng sharoit yaratish orqali g‘alla bozori erkinlashtiriladi.

    O‘tgan yili noyabr oyida tarixiy qaror qabul qilinib, unga ko‘ra, 2022-yil hosilidan boshlab g‘allani yetishtirish va xarid qilish jarayoniga bozor mexanizmlarini joriy qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

    Bu islohotlarning tub mohiyatida nima yotibdi?

    Yuqorida ko‘rsatilgan salbiy holatlarining oldini olish va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini manzilli qo‘llab-quvvatlash hamda don yetishtirish hajmini sezilarli darajada oshirish maqsadida o‘tgan xafta O‘zbekiston Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

    Ushbu Qarorlarni qabul qilishning asosiy maqsadi birinchi navbatda g‘alla yetishtiruvchilarning, shu jumladan fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish va shu asosda g‘alla hosildorligi va yalpi hosil yetishtirish hajmini keskin oshirishdir.

    Bu o‘z navbatida ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashga zamin yaratadi hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi.

    Qarorda g‘alla bozorini erkinlashtirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Jumladan, 2022-yilda Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:

    • 1 783 ming tonna tovar bug‘doy davlat resursi sifatida;
    • 266,5 ming tonna bug‘doy urug‘lik sifatida xarid qilinadi.
    Davlat resurslariga qabul qilingan bug‘doy uchun dastlabki bosqichda bug‘doy yetishtiruvchi xo‘jaliklarga bug‘doyning tonnasiga o‘rtacha 3 mln so‘mdan to‘lab beriladi.

    Iyul-avgust oylarida shakllangan birjadagi bug‘doy narxlaridan kelib chiqib, ushbu bug‘doy uchun sentabr oyida qayta hisob-kitob qilinadi.

    Misol uchun, iyul—avgust oylarida bug‘doyning o‘rtacha birja narxi tonnasiga 3,7 mln so‘m bo‘ladigan bo‘lsa, bug‘doy yetishtiruvchilarga yana tonnasiga 700 ming so‘mdan to‘lab beriladi.

    Bundan tashqari 500 ming tonna bug‘doy g‘alla yetishtiruvchilar tomonidan iyul, avgust va sentabr oylarida birja savdolarida sotish uchun don korxonalariga qabul qilinadi.

    Bu bug‘doyni fermerlar o‘zi birjada sotadi va to‘liq bozor narxida bug‘doy pulini oladi. 500 ming tonnaning don korxonalariga tashish va saqlash xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi.

    Ushbu 500 ming tonna bug‘doy va davlat resurslariga xarid qilingan bug‘doy birja savdolarida xarid qilingan bug‘doyning 75 foizidan kam bo‘lmagan miqdordagi un mahsulotini sotish majburiyatini olgan barcha korxonalarga sotiladi.

    Bundan tashqari un ishlab chiqarishga mos kelmagan 4—5-sinf bug‘doy birja savdolarida hech qanday cheklovlarsiz barcha iste’molchilarga sotiladi.

    Nima uchun shuncha o‘tgan vaqt davomida fermerlar yerga investitsiya kiritmagan, nima uchun ular doim yo bankdan yo davlatdan qarz bo‘lgan, nima uchun yerning unumdorligini oshirishga, sho‘rlanishini kamaytirishga harakat qilmagan?

    Buning bitta sababi – ularda moddiy manfaatdorlik yo‘q edi.

    Joriy yildan g‘alla bozori erkinlashtirilyapti. Bu fermerlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Fermer boy bo‘lsa, xalq boy bo‘ladi.

    Respublikadagi mehnatga layoqatli aholining 44 foizi qishloq xo‘jaligida faoliyat olib boradi. Demak, fermer xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligi oshishi mazkur tarmoqda faoliyat yuritayotgan aholga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubxasiz.

    Bug‘doy narxining erkinlashtirilishi ichki bozordagi narxlar darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

    O‘zbekistonda aholi va korxonalarning un mahsulotiga bo‘lgan yillik talabi o‘rtacha 3 mln tonnani tashkil etadi, shundan aholi ehtiyoji taxminan 2,4 mln tonna.

    2021-yilda 3,5 mln tonna un mahsuloti ishlab chiqarilgan, ya’ni un ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakat ehtiyoji ichki ishlab chiqarish hisobidan ta’minlanadi.

    Endi keyingi masala g‘alla bozorining erkinlashtirilishi un narxiga qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?

    Bir yilda davlat resurslariga xarid qilingan bug‘doy hisobidan ishlab chiqarilgan unning 1,0 mln tonna qismi markazlashgan holda yetkazib berilsa, bu jami resublika ehtiyojining taxminan 30 foizini tashkil etadi.

    Bozorning qolgan 70 foizida narxlar erkin bozor tamoyillari asosida shakllanadi, ya’ni hozir ham bozordagi un narxining asosiy qismi talab va taklif asosida shakllangan narx hisobalandi.

    Shuning uchun, g‘alla narxining erkinlashtirilishi un narxining oshishiga olib kelmaydi. Chunki bozor va do‘konlarda un va un mahsulotlari bozor narxlarida sotilmoqda.

    So‘nggi tahlillar shuni ko‘rstmoqdaki, un narxining oshishi bu global masshtabga ega bo‘lib, butun dunyoda bug‘doy va un narxining oshishi kuzatilmoqda.

    Xorijiy manbalarlan olingan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilda dunyo bo‘yicha bug‘doy ishlab chiqarish hajmi 2021-2022-yilga nisbatan 4,5 mln tonnaga qisqarib, 774,8 mln tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

    Asosiy savdo hamkor mamlakatlarda bug‘doy yetishtirish hajmi Rossiyada (75 mln tonnadan 80 mln tonnagacha), Qozog‘istonda (11,8 mln tonnadan 13 mln tonnagacha), shuningdek, boshqa bir qator davlatlarda Turkiyada (16 mln tonnadan 17,5 mln tonnagacha), Braziliyada (7,7 mln tonnadan 8,5 mln tonnagacha), Kanadada (21,6 mln tonnadan 33 mln tonnagacha), Misrda (9 mln tonnadan 9,8 mln tonnagacha) oshishi kutilmoqda.

    Rossiya va Ukraina hissasiga dunyo bo‘yicha jami eksportning 30 foizidan ortig‘i to‘g‘ri keladi.

    May oyida dunyo birjalarida bug‘doy narxlari dinamikasida bug‘doyning bir tonna narxi 400—458 AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47—58 foizgacha oshgan.

    Xorijiy davlatlar tomonidan un eksportiga joriy etilgan cheklovlar va importyor davlatlarning talab bosimi fonida Sariag‘ash temiryo‘l stansiyasida bir tonna 3-sinf bug‘doyning narxi 396-410 dollar (o‘rtacha 400 dollar, QQS qiymatisiz) doirasida tashkil etmoqda yoki mart oyi boshidagi narxlarga nisbatan 33 foizga o‘sish kuzatilgan.

    Shuningdek, yoqilg‘i moylash mahsulotlari narxlarining keskin oshishi ham narxlar o‘sishining asosiy omili hisoblanmoqda. Rossiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalar fonida jahon bozorida neft narxining ham ko‘tarilishi sodir bo‘lmoqda.

    Bu o‘z navbatida transport harajatlarining ortishiga va oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

    Shuningdek, jahon bozorida mineral o‘g‘itlar taklifidagi uzilishlar tufayli, ularning narxining oshishi oziq-ovqat mahsulotlari tannarxining oshishiga olib kelmoqda.

    Lekin mazkur salbiy kutilmalarning oldini olish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

    Shuning uchun, agar un narxi oshsa ham bu ichki omillar hisobiga emas, faqat tashqi bozordagi o‘zgarishlarga bog‘liq ravishda sodir bo‘lishi mumkin.

    Narx qachongacha oshadi degan savolga xalqaro bozorlardagi hozirgi noaniqliklar sharoitida javob berish juda qiyin.

    Ichki bozorda un va non taqchilligi vujudga kelishi mumkinmi?

    Joriy yilda respublikada 7,5 mln tonnadan ortiq bug‘doy yetishtirilishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rstakich o‘tgan yilga nisbatan 1,5 mln tonnaga ko‘proq.

    Umuman olganda, respublikaning bug‘doyga bo‘lgan yillik talabi 8,5 mln tonnani tashkil etib, ushbu ehtiyojning 80—85 foizi ichki resurslar hisobidan qoplanadi.

    Mamlakatda un va bug‘doy zaxiralari yetarlicha shakllangan va zarur hollarda davlat tomonidan bug‘doy qo‘shimcha ichki bozorga yo‘naltiriladi.

    Hozirda barch ichki bozorda, xususan shahar va tumanlarning har bir savdo do‘konida un va non mahsulotlarining doimiy mavjud bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha monitoring o‘rnatilgan.

    G‘alla bozori erkinlashtirilishi sharoitida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari qanday qo‘llab-quvvatlanadi?

    Iqtisodiy rivojlanish modeli ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan model bo‘lganligi sababli mazkur jarayonda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish bo‘yicha aniq vositalar va mexanizmlar ishlab chiqildi.

    Prezidentning 2022-yil 25-maydagi PQ-258-sonli qaroriga asosan, yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchi har bir oila a’zosiga Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda – 300 ming so‘mdan, Toshkent shahrida – 400 ming so‘mdan to‘lab beriladi.

    “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga – 200 ming so‘mdan to‘lab beriladi.

    “Temir daftar”ga kiritilgan hamda bir martalik moddiy yordam pullarini olmagan ehtiyojmand oilalar ro‘yxati shakllantirilib, ushbu oilalarning har bir a’zosiga 20 kilogrammdan bepul un tarqatiladi.

    Shuningdek, ijtimoiy ahvoli og‘ir bo‘lgan oilalarga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi va boshqa manbalar hisobidan bepul un tarqatish yoki naqd pul ko‘rinishida moddiy yordam ko‘rsatib borish ta’minlanadi.

    Bunda, 2022-yil davomida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hokim yordamchilari bilan birgalikda har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida ehtiyojmand oilalarning ahvolini muntazam ravishda o‘rganib boradi.

    Avvalroq O‘zbekistonda un va don mahsulotlari narxining o‘sishi va taqchilligining oldini olish bo‘yicha shtab tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

    30.05.2022, 16:06   Izoh (0)   12953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chustda avtomobil yo‘lini sel bosdi. Namangan viloyati FVB holat bo‘yicha ma’lumot berdi

    30.05.2022, 15:44

    O‘zbekistonda yozning dastlabki kunlarida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    30.05.2022, 15:39

    O‘zbekistonda oilali erkaklar bo‘ydoqlarga nisbatan ko‘proq maosh olishi aniqlandi

    30.05.2022, 14:44

    “Tarixiy o‘zgarish”: g‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyillarini qo‘llash bizga nima beradi?

    30.05.2022, 14:33

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

    30.05.2022, 14:11

    Chortoqda mahallani bog‘lab turuvchi ko‘prikni sel oqizib ketdi (video)

    30.05.2022, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Mamelodi Sandauns” — “Borussiya Dortmund” bahsida yettita gol urildi

    Sport | 21 iyun, 23:00

    Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 22:50

    Panamada favqulodda holat e’lon qildi

    Dunyo | 21 iyun, 22:30

    Ko‘r-ko‘rona ishonmang: makiyaj bo‘yicha blogerlar tarqatadigan xavfli layfxaklar

    Ayollar sahifasi | 21 iyun, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.