• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kanadaliklar uchun Qo‘qon paypoqlari, “test sinovlari poraxo‘rlikka chek qo‘yadi” degan umid, “bir cho‘qishda qochiradigan propaganda” bilan maqtangan Xrushchyov. O‘zbek matbuoti 30-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

    O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 1932-yil 30-may, dushanba

    To‘rtko‘lda — Qoraqalpog‘istonning birinchi poytaxtida — Qoraqalpog‘iston avtonom sovet sotsialistik respublikasining birinchi ta’sis qurultoyi ochilgan (avvalroq bu qurultoy O‘zbekiston rahbariyatining tabriklari yo‘llangani haqida yozilgandi). “Muxtoriyatli viloyatning muxtoriyatli jumhuriyatga aylantiruvchi ana shu muassasan qurultoy qoraqalpoq xalqining istiqloli va milliy tashkiloti yo‘lida tarixiy mayoqdir”, — deyiladi “Qizil O‘zbekiston” xabarida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 30-may sonidan lavha

    Har bahor bo‘lganidek, 1932-yilda ham O‘zbekistonning turli hududlarida sel va toshqinlar kuzatilmoqda. Masalan, G‘uzordagi sel bir ko‘prikning bir qismini yuvib ketgan, 22-maydan beri Qoradaryo va Oqdaryoda suv toshqinlari yuz bermoqda.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 30-may sonidan lavha

    “Badriddinovchilar” ustidan sud esa davom etmoqda:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 30-may sonidan lavha

    60 yil avval. 1962-yil 30-may, chorshanba

    O‘zbekistonda paxta yetishtirish bilan bog‘liq holat, aftidan, yaxshi emas, shu bois markaziy gazetalarning so‘nggi sonlaridagi bosh maqolalar kolxoz va sovxozlarni hushyorlikka chaqirish, faollikni oshirish mavzusida. “Mo‘l hosilning taqdiri — mamlakatga 3 million 350 ming tonna paxta yetishtirib beramiz, deb olgan sotsialistik majburiyatimizning bajarilish taqdiri hal etiladigan shu qizg‘in, g‘oyat muhim va mas’uliyatli paytlarda ko‘pchilik kolxoz va sovxozlarda, rayonlar va oblastlarda ahvol qoniqarli emas”, — deyiladi “Qizil O‘zbekiston”ning bosh maqolasida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    1962-yil 28-may kuni Moskvada Italiya firmalarining ko‘rgazmasi ochilgan. Unda SSSR yetakchisi Nikita Xrushchyov qatnashib, nutq so‘zlagan. Uning nutqi, har doimgidek, qiziqarli jihatlarga to‘la. Masalan, u SSSRga qarshi savdo sanksiyalaridan foyda yo‘qligini, shunday sanksiyalar ostida bo‘lishiga qaramay, SSSR dunyoda birinchi bo‘lib insonni kosmosga uchira olganini ta’kidlaydi:

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    Xrushchyov qo‘shimcha qilishicha, agar ayrim kapitalistik mamlakatlar “bular kommunist, ularga sotmaymiz, bular kapitalist, ularga sotamiz”, deb ajratmay, “manfaatlimi, farqi yo‘q, hammaga sotamiz”, degan tamoyil bilan yashaganida edi, SSSR hozir o‘zi ishlab chiqarayotgan ko‘plab narsalarni ham ishlab chiqarmagan bo‘lardi — ularni tayyoricha kapitalistik mamlakatlardan sotib olavergan bo‘lardi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    Xrushchyov nutqi davomida bir necha yil avval Moskvada tashkil etilgan AQSh sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasida AQSh vitse-prezidenti Richard Nikson bo‘lgan va tarixga “Oshxona debatlari” nomi bilan kirgan munozarani ham eslab o‘tgan va, jumladan, shunday degan: “O‘sha vistavka sovet kishilarida yaxshi taassurot qoldirmadi, chunki bu vistavka boshdan-oyoq propagandadan iborat edi, xolos. Propagandada esa, bizning o‘zimiz ham har qanday odamni bir cho‘qishda qochiramiz”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”da e’lon qilingan “Estoniya — jahonga” xabaridan iqtibos: “‘Kartoshkaxona’. Burjuaziya hukmronlik qilgan davrda g‘arb matbuotida Estoniyani shunday deb atashardi. Chunki u chet ellarga asosan kartoshka chiqarardi. Sovetlar davrida har jihatdan yuksalgan respublika hozir jahonning hamma burchaklariga ko‘plab sanoat mahsuloti yubormoqda”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    Belarusda sotuvchilariga maosh to‘lanmaydigan kitob do‘koni ochilgan (Belarusda hali ham shunday qiziq ishlar bo‘lib turadi):

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 30-may sonidan lavha

    30 yil avval. 1992-yil 30-may, shanba

    Toshkentda Italiya mahsulotlari ko‘rgazmasi ochilgan. 28-may kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulhoshim Mutalov va bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ismoil Jo‘rabekov ko‘rgazma ishi bilan tanishgan:

    Andijonda yana tabiiy ofat — jala oqibatida paxta dalalari yana suv ostida qolgan, suv ostida qolmaganini esa do‘l urib ketgan:

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    “Andijonlik saxovatli boylar” xabarida ta’kidlanishicha, viloyatdagi bundan avvalgi tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganlarga yordam berish uchun “Andijonbank”da maxsus hisob raqam ochilgan, unga bankning o‘zi 100 ming so‘m pul o‘tkazgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    Surxondaryo dalalariga chigirtka va chumchuq galalarining hujum qilish xavfi tug‘ilgan (xuddi 90 yil avvalgidek):

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    “Kanadaliklar uchun mahsulot” xabaridan iqtibos: “Qo‘qon ip-yigiruv paypoq ishlab chiqarish birlashmasining jamoasi kanadaliklar uchun 50 ming juft erkaklar paypog‘ini tayyorlab qo‘ydi... Yil oxirigacha Kanadaga 5 million juft paypoq jo‘natiladi”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasida hozirgi Davlat test markazining ajdodi — Talaba tanlov markazi direktori Islomjon Tursunov bilan suhbat uyushtirgan (sababi — yaqindagina maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi, endi oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi, ayrim oliygohlarda bu imtihonlar O‘zbekiston tarixida birinchi marta test shaklida bo‘ladi, bu yangilikni esa hali ko‘pchilik tushunmayapti). Markaz direktorining aytishicha, “test usuli abituriyentlarni oliy o‘quv yurtiga qabul qilishda eng adolatli, xolisona, gumonlardan xoli, tanish-bilish va qarindosh-urug‘chilik, eng yomoni — poraxo‘rlikka chek qo‘yadigan to‘g‘ri yo‘ldir”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 30-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda talon mojarosi, Yelsinning 1996-yilgi saylovda qatnashmaslik qarori, Toshkentda Amerika traktori ustidan sud. O‘zbek matbuoti 28-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Toshkentda yoshlarning 10 ming kishilik namoyishi, AQShdan g‘azablanayotgan O‘zbekiston mehnatkashlari, “Termizdagi ‘tanklar mozori’ni temirchilarga beraylik”. O‘zbek matbuoti 27-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Karl Marksni Amir Temurga almashtirish taklifi, bir yilda 3200 kishi qurbon bo‘lgan O‘zbekiston yo‘llari, Afg‘oniston bilan chegarani yopishda ayblangan Toshkent. O‘zbek matbuoti 26-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

     

    30.05.2022, 07:30   Izoh (0)   29118
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.