• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Nega poytaxt aholisiga 400 ming so‘m, viloyatdagilarga 300 ming so‘m? Moliya vaziri o‘rinbosari bir martalik moddiy yordamga oid savollarga izoh berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-may kuni “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Buxoro shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston kambag‘allikni qisqartirish xalqaro forumi doirasida Moliya vaziri o‘rinbosari Jamshid Abro‘yev OAV vakillarining mazkur qarorga oid savollariga javob berdi.

    — Ushbu bir martalik to‘lovni kimlar oladi? Ular buning uchun nimalar qilishi kerak?

    — Prezident qaroriga asosan, davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining bir qator qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.

    Xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hamda bolalar nafaqasi berib kelinadi. Bu kabi kam ta’minlangan oilalarning 4,5 millionga yaqin 18 yoshga to‘lmagan bolasi bor. 4,5 million bolaning har biriga 200 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bundan tashqari, yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda – 300 ming so‘mdan, Toshkent shahrida – 400 ming so‘mdan beriladi.

    To‘lovlar farmon chiqqan paytdan boshlab, ya’ni 25-maydan pensiya va nafaqalar to‘lanadigan tartibda avtomat tarzda amalga oshiriladi. Buning uchun hech qanday ariza va murojaat talab etilmaydi.

    Hozirda kam ta’minlangan oilalar nafaqasini oluvchilarning 70 foizi bank kartalarida pul olmoqda. Yaqin kunlarda bir martalik yordam ham ularning kartalariga o‘tkaziladi. Qolgan 30 foizi nafaqani naqd pulda oladi. “Xalq banki”ning joylardagi filiallariga naqd pul mablag‘larini ikki hafta muddatda tarqatish topshirildi. Pensiya masalasida ham xuddi shunday holat: plastik kartasi borlarga avtomat tarzda tushiriladi, naqd pul oladiganlarga esa filiallar orqali tarqatiladi.

    — Ijtimoiy tarmoqlarda “Nega viloyatdagilar 300 ming so‘m, poytaxt aholisiga 400 ming so‘mdan beriladi?”, degan turli savollar paydo bo‘lmoqda. Bunga qanday izoh bera olasiz?

    — Iqtisodiy institutlarimiz hududlar kesimida iste’mol darajasini o‘rganib borishadi. Har doim yuqori narxlar Toshkent shahrida kuzatiladi va narxlarning o‘zgarishi ham birinchi navbatda poytaxtga ta’sir qiladi. Oldinda bizni un narxini erkinlashtirish turibdi. Bu ham ko‘proq Toshkentga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli bir martalik to‘lov 400 ming so‘m etib belgilandi.

    — 2022-yil oxirigacha yana bir martalik moddiy yordam berish ko‘zda tutilyaptimi? Umuman, bu an’anaga aylanishi mumkinmi?

    — 2020-yili O‘zbekistonda ham pandemiya holati kuzatilganida aholining bir qismi vaqtinchalik daromadi va ish joyini yo‘qotdi. Ilk marta o‘sha yili Qurbon hayiti arafasida bir martalik moddiy yordam berilgandi. Shundan keyin 2020—2021-yillarda kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar va ularning a’zolariga bir necha martadan yordam pullari to‘landi. Butun dunyoda bir martalik ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi bor.

    Yil oxirigacha yangi to‘lovlar amalga oshiriladimi yoki yo‘qmi, buni hozircha bilmayman. Bu mamlakatimizdagi iqtisodiy vaziyat va aholi ehtiyojlariga bog‘liq. Oldindan hech narsa aytib bo‘lmaydi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush, bozorlardagi iqtisodiy o‘zgarishlar va aholiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa holatlarda davlat tomonidan bir martalik yordam ko‘rsatilishi keyinchalik ham joriy qilinishi mumkin. Lekin bu qachonligini ayta olmayman.

    — Bir martalik to‘lovlar monitoring qilib boriladimi? Bu pullar aholi qo‘liga har doim yetib boryaptimi?

    — Mazkur mablag‘larni joylarga manzilli yetkazish bo‘yicha nazorat yo‘lga qo‘yilgan. Avvalgi amaliyotdan kelib chiqqan holda, biz hududlarda quyidagicha nazoratni amalga oshiramiz. Birinchidan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da nafaqa va pensiya oluvchilarning ro‘yxati va telefon raqamlari bor. Ularning har biriga bir martalik moddiy yordam tayinlangani haqida ham SMS xabar boradi. Naqd pul oluvchilarga uyma-uy pullar tarqatilayotganda, fuqaro uyida bo‘lmay qolsa, unga to‘lov keyingi oylarda, albatta, beriladi.

    Bir martalik to‘lovlarni yetkazishga “Xalq banki” va sektor rahbarlari mas’ul. Bundan tashqari, moliya, g‘azna va nazorat-taftish boshqarmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlari shakllantiriladi. Ular ehtiyojmandlar uchun mablag‘ tushayotganini nazorat qilib, so‘rovlar o‘tkazadi. 2021-yilda qonunbuzarliklar aniqlangani yo‘q. Barcha moddiy yordam pullari joylarga yetkazilgan. Bu safar ham barcha beligangan pullar fuqarolarga yetib boradi.

    — Qarorda bir martalik moddiy yordam uchun davlat budjetidan 2,2 trillion so‘m ajratilyapti. Ammo bu xarajatlar yil boshida budjetga kiritilmagandi. Bu mablag‘lar keyinchalik qanday qoplanadi?

    — To‘g‘ri savol. Joriy yilning olti oyida davlat budjetiga rejalashtirilgandan ko‘ra ko‘proq tushumlar tushishi kutilyapti va mana shu tushumlar hisobidan qoplanishi ko‘zda tutilmoqda. Jumladan, 600 milliard so‘m Pensiya jamg‘armasining tushumlarini ortgan qismidan, qolgan 1,6 trln so‘m davlat budjetining qo‘shimcha daromadlari hisobidan amalga oshirilyapti.

    Hozirgi paytda ushbu pullarning to‘lanishi munosabati bilan davlat xarajatlarining bir qismini keyingi yilga ko‘chirish rejalashtirilgan. Moliya vazirligi va Hisob palatasi birgalikda optimallashtiriladigan yoki hozir zarurati yo‘q xarajatlarni keyingi yilga qoldirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Yil yakunigacha byudjet taqchilligini yil boshida tasdiqlangan parametrlarda ushlab qolamiz Xudo xohlasa.

    Mirolim Isajonov yozib oldi
    Avvalroq O‘zbekistonda 1-iyundan tibbiyot xodimlarining oylik maoshlari oshirilishi, pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qo‘shimcha pul berilishi, xorijda ishlayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatilishi xabar qilingan.

    27.05.2022, 09:08   Izoh (0)   35739
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda sotuvchilardan katta miqdorda Qur’oni karim va joynamozlar olib, pulini bermay aldab kelgan shaxs 6 yilga qamaldi

    27.05.2022, 08:13

    2022-yildagi istiqbolli IT kasblar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

    27.05.2022, 07:53

    Toshkentda yoshlarning 10 ming kishilik namoyishi, AQShdan g‘azablanayotgan O‘zbekiston mehnatkashlari, “Termizdagi ‘tanklar mozori’ni temirchilarga beraylik”. O‘z...

    27.05.2022, 07:30

    O‘zbekistonda etnosport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi

    27.05.2022, 07:11

    Mitingga chiqqan sobiq bosh vazir, benzinning yangi narxi, qum haykallari festivali. 26-may suratlari

    27.05.2022, 00:39

    O‘zbekiston Metan emissiyasini kamaytirish bo‘yicha global majburiyat dasturiga qo‘shildi

    27.05.2022, 00:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi

    Iqtisodiyot | 3 iyun, 14:50

    Met Gala’da uni tanishmadi: Bollivud qiroli Shohrux Xonning 5 yil tanaffus qilishiga nima majbur qilgandi?

    Kino | 3 iyun, 14:49

    Xitoyda tuzdan zaryad oladigan elektroskuterlar taqdim etildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:30

    Turli mamlakatlar haqida yo‘l ko‘rsatkichlardan ham ko‘proq so‘zlaydigan suratlar

    Sayohat | 3 iyun, 14:05

    Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:00

    “Yashil makon”ga ajaratiladigan pullar har bir tiyini sarflanishini kuzatish imkoni yaratiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:45

    Lamin Yamal “Real”ning yangi futbolchisi bilan hazillashdi: “Bu mening yangi o‘yinchog‘im”

    Sport | 3 iyun, 13:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.