• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Gullit, Raykard, Maldini. “Milan”ning 90-yillardagi yulduzlari hozir qayerda va qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    1990-yillardagi “Milan” haqli ravishda o‘sha davrning eng yaxshi jamoalaridan biri sanalgan. “Rossonerilar” ikki marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan (1990 va 1994-yillarda) va yana ikki bor finalga qadar yetib borgan, biroq 1993-yilda “Marsel”ga, 1995-yilda esa “Ayaks”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Bundan tashqari, 1990-yillarda “Milan” besh marta skudettoni qo‘lga kiritgan. Xo‘sh, klubning shonli tarixini yaratgan milanliklar hozir qayerda va nima bilan band? “Milan”ning joriy mavsumdagi chempionligi fonida shonli jamoani eslashning ayni vaqti.

    Paolo Maldini, 53 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Rossonerilar”ning uzoq muddatli sardori Paolo klub safida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — (901). Paolo butun faoliyatini bir klubda o‘tkazgan va 41 yoshida futbol bilan xayrlashgan. Maldini 2018-yildan beri “Milan” tizimida faoliyat olib bormoqda: avvaliga u klubning strategik rivojlanish bo‘yicha direktori edi, hozir esa texnik direktor lavozimini egallab turibdi.

    Franko Barezi, 62 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Barezi ham Maldini kabi klub ramzi hisoblanadi. Hatto ularning raqamlari (6 va 3) klub tomonidan abadiylashtirilgan. Aynan Franko o‘yinlar soni bo‘yicha “rossonerilar”ning Maldinidan avvalgi rekordchisi edi (714). Faoliyatining oxirida Barezi murabbiylikni boshladi, “Milan”ning yoshlar jamoalarini boshqardi. Keyinchalik klubning elchisi bo‘lib ishladi, hozirda esa klubning faxriy vitse-prezidenti hisoblanadi.

    Alessandro Kostakurta, 56 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Milan”ning yana bir maydonda uzoq umr o‘tkazgan futbolchilaridan biri Kostakurtadir. U 41 yoshida butsilarini mixga ilgan, 2006/2007- yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida qatnashgan eng yoshi katta futbolchiga aylangandi (40 yosh, 6 oy-u, 28 kunlik). Keyinchalik bu rekord boshqa faxriylar tomonidan yangilangani rost, ammo Alessandro uzoq umrli futbolning yorqin namoyondalaridan biri bo‘lib qolaveradi. 2018-yilda Kostakurta Italiya futbol federatsiyasi vitse-komissari lavozimiga saylangan.

    Mauro Tassotti, 62 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Tassotti ko‘p yillar davomida “Milan” himoyasining o‘ng qanotini yopib kelgan. Faoliyatini yakunlagan Mauro dastlab “rossonerilar” yoshlar jamoasini boshqardi, 2000/2001-yilgi mavsumda esa asosiy jamoaga ham ustozlik qildi (Alberto Zakkeroni ishdan bo‘shatilgandan keyin). U keyinchalik Maksimiliano Allegri, Karlo Anchelotti va boshqa “Milan” murabbiylariga yordam berdi. 2016—2021-yillarda Ukraina terma jamoasida Andrey Shevchenkoga assistentlik qildi, ayni damda esa “Jenoa” murabbiylar shtabida faoliyat yuritmoqda.

    Roberto Donadoni, 58 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Donadoni 1990-yillarda “Milan”ning taniqli figuralaridan biri edi. Ko‘pincha u yarim himoyaning o‘ng qanotida o‘ynardi, shu bilan birga boshqa pozitsiyalarda o‘zini ko‘rsatishdan tortinib o‘tirmasdi. Katta sport bilan xayrlashganidan keyin Roberto murabbiylikni boshladi, A Seriyaning ko‘plab jamoalari va hatto Italiya termasida ham ishladi. Donadoni 2019—2020-yillarda Xitoyning “Shenchjen” klubiga ustozlik qildi.

    Sebastyano Rossi, 57 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Deyarli 22 yil davomida Sebastyanoning A Seriyadagi quruq daqiqalar bo‘yicha rekordi saqlanib turdi: 1993/1994-yilgi mavsumda u 11 uchrashuvda (929 daqiqa) o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmagan. Faqatgina 2016-yilga kelib bu rekord Janluiji Buffon tomonidan yangilandi — 974 daqiqa. Ishonchli va barqaror o‘yin ko‘rsatganiga qaramay Rossi Italiya terma jamoasi safida birorta uchrashuv o‘tkazmagan. Faoliyatini yakunlagach Sebastyano darvozabonlar murabbiyiga aylandi.

    Zvonimir Boban, 53 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Xorvatiyalik yarim himoyachi “Milan”da 9 yil davomida to‘p tepgan. Bu vaqt ichida Zvonimir “qizil-qoralar” bilan ko‘plab unvonlarni qo‘lga kiritdi, jumladan, 1993/1994-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi bosh sovrinini. Yaqin vaqtgacha Boban “Milan”da ishlardi, futbol bo‘limini boshqargan. 2020-yilning mart oyida u “Milan” bosh direktori Ivan Gazidis bilan kelishmovchilik tufayli klubni tark etdi. Ungacha esa FIFA bosh kotibi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgandi.

    Frank Raykard, 59 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    1995-yilda niderlandiyalik “rossonerilar”ni Chempionlar Ligasidagi g‘alabadan mahrum qilgandi. “Milan”da o‘tkazgan besh mavsumidan so‘ng Raykard o‘zining qadrdon “Ayaks”iga qaytadi. Ajablanarlisi shundaki, ikki klub finalda to‘qnash kelib qoladi va Frank o‘sha o‘yinda Patrik Klyuyvertga golli uzatma beradi — bu gol yakunda Amsterdam klubiga g‘alaba keltiradi. Raykard murabbiylik faoliyatini Niderlandiya terma jamoasida Gus Hiddinkning yordamchisi sifatida boshlaydi. Frankning murabbiylikdagi yorqin onlari “Barselona”da o‘tadi: 2003—2008-yillarda ichki chempionatda ikki marta g‘oliblik qo‘lga kiritiladi, shuningdek, katalonlar uning boshqaruvida Chempionlar Ligasida zafar quchadi. Shundan keyin uning ishida pasayish kuzatiladi va qator omadsizliklardan keyin 2014-yilda murabbiylikdan ketganini e’lon qildi.

    Marko van Basten, 57 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Iqtidorli hujumchining faoliyati afsuski, juda erta yakunlangan — 28 yoshda. Bunga tizzadan olingan jarohat sabab bo‘ladi. Marko “Milan”ning ko‘plab sobiq futbolchilari kabi o‘zini murabbiylikda sinab ko‘rdi: dastlab u Niderlandiya terma jamoasida, shuningdek, Erediviziyaning bir qancha klublarida (“Ayaks”, “AZ Alkmaar”, “Herenven”) ishladi. 2016-yildan 2018-yilgacha esa FIFAda texnik direktor sifatida mehnat qildi. Shundan so‘ng Marko Niderlandiya televideniyesida ekspertlik qildi.

    Marsel Desayi, 53 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Milan”da o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha fransiyalik futbolchi klub tarixidagi birinchi yuztalikka kiradi (186 uchrashuv, 68-o‘rin). Desayi “rossonerilar” o‘yinchisi bo‘lgan besh yil ichida ikkita Skudetto va Chempionlar Ligasini qo‘lga kiritadi. Biroq u ro‘yxatdagilardan farqli ravishda murabbiylik bilan shug‘ullanmadi, Desayi hozirda xayriya ishlari bilan mashg‘ul, bundan tashqari, televideniyeda ekspert va sharhlovchilik qiladi. Marsel 2007-yildan 2011-yilgacha “Milan”ning skauti ham bo‘lgan.

    Ruud Gullit, 59 yosh

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Gullit, Raykard va van Basten bilan birgalikda “qizil-qoralar” muxlislari haligacha yaxshi xotiralar bilan eslaydigan trioning bir qismi edi. Niderlandiyalik “Milan”da yarim himoya chizig‘ida birdaniga bir qancha pozitsiyalarni yopardi (ba’zida hatto hujumda ham). Ruud butsilarini mixga ilishdan avval murabbiylikni boshlab yuborgandi — u ikki yil davomida “Chelsi”da o‘ynovchi-murabbiy vazifasini bajaradi. Keyinchalik esa 2018-yilgacha Niderlandiya terma jamoasida Dik Advokatning yordamchisi bo‘lib ishladi.

    Mavzuga doir: “Manchester Yunayted”ning 90-yillardagi yulduzlari hozir qayerda va qanday ko‘rinishga ega? (foto)

    23.05.2022, 23:51   Izoh (0)   22878
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Borussiya D” yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

    23.05.2022, 21:49

    Superliga. “Paxtakor” derbida “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi, “Qizilqum” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alabani ilib ketdi

    23.05.2022, 21:06

    “Milan” 40 yoshli Zlatan Ibrahimovich bilan shartnomani uzaytirishga tayyor

    23.05.2022, 20:02

    Robert Levandovski qatorasiga ikkinchi yil “Oltin butsi”ni qo‘lga kiritdi. U Mbappe, Benzema va Immobileni ortda qoldirdi

    23.05.2022, 19:01

    Italiya A Seriyasida 2021/22-yilgi mavsumning eng yaxshilari aniqlandi

    23.05.2022, 17:34

    “Real” Kilian Mbappe transferi barbod bo‘lgach, boshqa hujumchi izlashni boshladi

    23.05.2022, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.