Andijon va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan tadbir o‘tkazilgan. Unda Toshkent davlat transport universiteti talabasi I.T. fuqaro A.ning qo‘shni Qirg‘iziston O‘sh milliy universitetidagi o‘qishini 4,5 ming dollar evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishni va’da qilgani aniqlangan. U kelishilgan puldan 2,5 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, departamentning Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro Sh.B. fuqaro A.ning o‘qishini tanishlari orqali O‘zbek—Qirg‘iz universitetidan Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berish evaziga 2 ming dollar olgani aniqlangan. U firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pulidan qaytargan 500 dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Toshkentda 7 mln so‘m evaziga fuqaroni o‘qishini xorijdan ko‘chirtirib berishini va’da qilgan shaxs ushlandi
- Namanganda fuqaroni DTMdagi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 7 ming dollar olgan shaxs ushlandi
- Toshkentda fuqaroning Qirg‘izistondagi o‘qishini 8 ming dollar evaziga Toshkent tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Izoh (0)