• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tadbirkor elektr energiyasi ishlab chiqarish va sotishda bozorga oson kirib kela oladi” – Sherzod Xo‘jayev energetika tizimida nimalar o‘zgarayotgani haqida

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga elektr energiyasi ishlab chiqarish va sotishda bir qancha qulayliklar yaratiladi. Bu haqda Energektika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev “Daryo” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Shu bilan birga, vazirlik rasmiysi mamlakatda muqobil energiya ishlab chiqarish qay bosqichda ekani, energetika sohasidagi qonunchilikni yangilash masalalariga ham to‘xtaldi.

    Sherzod Xo‘jayev

    Sherzod Xo‘jayev
    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorning bozorga kirib kelishi sodda bo‘ladi

    Energetika sohasida xorijlik ekspertlar takrorlayotgan muhim bir jihat bor. U ham bo‘lsa, sohada qonunchilikni takomillashtirish kerak. Masalan, “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun 2009-yilda qabul qilingan. Ya’ni bu bo‘yicha yangi qonun qabul qilish, qonunosti hujjatlarni takomillashtirish vaqti keldi. Yana bir muhim masala, bozor shakllangandan keyin unga davlat aralashuvi ko‘paysa, bozor bo‘lmay qoladi. Lekin bozor o‘zini o‘zi boshqara oladi, hamma narsani o‘zi tartibga soladi desak, bunday bozor ham ishlamaydi. Chunki tartibga solinmasa, bozor ishtirokchilarining o‘rtasida muvozanat bo‘lmaydi. Besh qo‘l barobar bo‘lmaganidek, kimdir to‘g‘ri ishlashga harakat qiladi, kimdir noto‘g‘ri ishlaydi va o‘rtada nosog‘lom raqobat yuzaga keladi. Yakuniy natijada xaridor va iste’molchi jabr ko‘radi. Shuning uchun energetika bozori regulyatorini takil etish zarur. Uning bozorni rivojlantirish va tartibga solish bo‘yicha alohida o‘rni bo‘ladi. Bozorda ishtirokchilar sonining ko‘payishi, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat yuzaga kelishini nazorat qilib boriladi.

    Elektr energiyasini ishlab chiqarish yoki ulgurji bozordan xarid qilib aholiga, boshqa har qanday iste’molchiga sotish istagini bildirgan kompaniyalar bu bozorga kirib kelish jarayoni ham juda sodda bo‘ladi. Ya’ni energetika bozori regulyatori tomonidan kompaniyaga bitta litsenziya berilishi kerak. Litsenziyani olgan har qanday tadbirkor bozorga kirib faoliyatini amalga oshirishi mumkin. U faoliyati davomida foyda bilan chiqadimi, zarar bilan chiqadimi, o‘zining qobiliyati, mahorati va tajribasiga bog‘liq. Chunki eng asosiysi, shart-sharoitlar hamma uchun bir xil yaratiladi. Litsenziya olgan kompaniya, u kattami-kichikmi farqi yo‘q, qoida ham bir xil, sharoit ham teng. Litsenziyada iste’molchilarni himoyalovchi normalar, shartlar ham yozib qo‘yiladi. Bu bozorga kirgan har qanday tadbirkor iste’molchilar huquqlarini poymol qilmasligi, ular oldida olgan majburiyatlarini bajarishga javobgar bo‘lishini anglatadi. Talablarga javob berilishi shart degan normalar ham kiritiladi.

    Tabaqalashtirilgan tariflar haqida

    Biz 2 ta muammoni hal qilish yo‘lini qidirib topdik, deb ishonaman. Birinchisi, iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini himoyalash masalasi. Ma’lum miqdordan kamroq elektr energiyasi yoki tabiiy gaz iste’mol qilgan oilalar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ya’ni daromadi kam hisoblanadi. Yoki boshqa tomondan farzandlari yo‘q, yolg‘iz yashayotgan bo‘lishi mumkin.

    Ikkinchisi, qancha iste’mol hajmi ortsa, qo‘shilgan hajm uchun boshqacha narx bo‘lishi samaradorlikka undaydi. Respublikada o‘rtacha xonadon elektr energiyasi sarfini rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslansa, bizda iste’mol kam. Lekin behuda sarf miqdorini qarasak, juda ko‘p. Mana shu iste’mol qilingan hajmni ham behuda qismi katta. Tabaqalashtirilgan tariflar behuda sarfni kamaytirishga undaydi. Bunda hamma iqtisodiy jihatdan hisobini o‘zi boshqaradi. Kamroq to‘lashni xohlaganlar tejaydi. Ya’ni qancha ko‘p tejalsa, shuncha kam to‘lov bo‘ladi. Qancha behuda sarf qilinsa, shuncha ko‘p pul to‘lanadi.

    Katta iste’molchilar ulgurji bozorga chiqishga majbur bo‘ladi. Ular vaqti soati kelib, elektr energiyasini stansiyalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qiladi yoki ulgurji bozordagi treyderlardan sotib oladi. Bunday rivojlangan bozor modeli butun dunyoda bor. Aholi yoki bo‘lmasa, kichik biznes subyektlarining bozorga chiqib, birjada savdo bilan shug‘ullanishga imkoni ham, xohishi ham yo‘q. Oddiy til bilan aytganda, bozor ularning eshigiga kelishi kerak. Raqobat bo‘lgan joyda uzoq muddatli ishlab chiqarishdagi sarf-xarajatlarning qisqarishiga olib keladi. Shuningdek, aholi, kichik biznes subyektlari uchun tariflarni oshmasligini kafolatlaydi.

    Quyosh va shamol elektr stansiyalarining ulushi kengaytiriladi

    Elektr energiyasi O‘zbekistonda turli elektrostansiyalarda ishlab chiqariladi. Issiqlik elektr stansiyalarida (IES) ishlab chiqarilgan hajm umumiy miqdorning 92 foizini tashkil qiladi va 8 foizi gidroelektr stansiyalarida (GES) ishlab chiqariladi. Tizimga endi kirib kelayotgan quyosh va shamol energiyasining hajmi hali juda kichik. Lekin yaqin 5 yil ichida ularning ulushi 25 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Muqobil energetika bo‘yicha biz shu kungacha bir nechta bitimlarni imzoladik. Olgan takliflarimiz moliyaviy jihatdan juda ham jozibador. Ya’ni past narxlarda desak ham bo‘laveradi. Biz bunga nimaning hisobiga erishdik? Birinchidan, davlat 25 yil davomida kafolatlangan tarzda energiyani xarid qilish majburiyatini bo‘yniga oldi. Ikkinichisi, loyihalarimiz quvvati juda katta. Lekin kelajakda biz katta quvvatli loyihalarni ko‘p qila olmaymiz. Asta-sekinlik bilan kichikroq quvvatli quyosh va shamol stansiyalarini qurishga o‘tamiz.

    Oddiy misol, shamol stansiyamizning eng kichigi 100 megavatt, qolganlari 500 megavatt bo‘ladi. 500 megavatt bugungi kunda bitta katta viloyat degani. Dunyo bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, shamol elektr stansiyalarining o‘rtacha quvvati 69, 80 va 100 megavattni tashkil etadi. Quyosh stansiyalarimizning eng kichigi 100 megavat, kattasi esa 457 megavatt hisoblanadi. Dunyo miqyosida olib qaralsa, o‘rtacha kattalik 30-40 megavattni tashkil qiladi. Endi mana shunday katta stansiyalarni joylanishiga bo‘sh yerlar bo‘lsa, quraversak, arzon narxlarda olaversak, u qaytanga yaxshi emasmi, degan tabiiy savol tug‘iladi. Bu yerda ob-havoning salbiy ta’sir qilish muammosi bor. Ya’ni bu bizni og‘ir ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Qancha ko‘p stansiya bo‘lsa, masalan, respublikaning barcha tumanlarida qurilsa, buning yagona elektr tarmoqlariga salbiy ta’siri kamroq bo‘ladi. Chunki shamol va quyosh elektr stansiyalarida ishlab chiqarish jarayonini biz boshqara olmaymiz. Ular shamol bo‘lsa, elektr ishlab chiqaradi, bo‘lmasa to‘xtaydi. Quyoshli ob-havo bo‘lsa, bitta rejimda, bulutli havoda boshqa rejimda ishlaydi. Quyosh botgandan keyin umuman to‘xtaydi. Shuning uchun biz ma’lum bir nuqtaga kelgandan keyin quyosh, shamol stansiyalar sonini ko‘paytirishimiz zarur bo‘ladi. Va bu xohlaymizmi, yo‘qmi narxlar oshishiga olib keladi. Davlatning kafolatlangan tarzda xarid qilish mexanizmidan voz kechib bozorda raqobatni kuchaytirish ehtiyoji tug‘iladi. Kim kamroq foyda bilan ishlashga tayyor bo‘lsa, kim xarajatni qisqartirish evaziga narxni pastroq ushlamoqchi bo‘lsa, marhamat deyiladi. Boshqa stansiyalar kabi ularda ham xuddi shu siyosat saqlanib qoladi.

    23.05.2022, 09:10   Izoh (0)   14642
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda erkak 17 yoshli qizga tegajog‘lik qilishga urindi (video)

    23.05.2022, 08:50

    Farg‘onada 5 ming dollar evaziga IIV akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan ayol ushlandi

    23.05.2022, 08:20

    AQShning xatti-harakatlarini la’natlagan Toshkent jurnalistlari, Namanganni qo‘rquvda ushlab turgan “Adolat”, “paxta — nonimizdir”. O‘zbek matbuoti 23-mayda nimala...

    23.05.2022, 07:30

    Sergelida yangi yo‘l bo‘ylab qurilgan devorning bir qismi qulab tushdi

    22.05.2022, 22:44

    Andijonda yuk mashinasida 2 tonna iste’molga yaroqsiz noma’lum hayvon ichki a’zolari olib ketilayotgani aniqlandi

    22.05.2022, 21:54

    Buxoro va Xiva o‘rtasida temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    22.05.2022, 20:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.