• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    AQShning xatti-harakatlarini la’natlagan Toshkent jurnalistlari, Namanganni qo‘rquvda ushlab turgan “Adolat”, “paxta — nonimizdir”. O‘zbek matbuoti 23-mayda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

    O‘zbekiston va jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 1932-yil 23-may, dushanba

    “Kolxozdagi 21 ta otdan 6 tasini, 12 ta ho‘kizdan 2 tasini sotib yubordilar, 2 ta ota va 2 ta ho‘kizni qarovsizlik bilan o‘ldirdilar... Agronom Popov ish vaqtida ichib mast bo‘lib, birovlar bilan yoqalashib, qamoqda yuribdi”, — bu “Yosh leninchi” gazetasida e’lon qilingan “‘Komsomol yo‘li’ kolxozini shatakka olingiz” xabaridan iqtibos.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Buxoro rayoni markazida bitta pionerlar klubi bo‘lib, bunda hech qanday ish asari ko‘rinmaydir. Bunga tayyorlangan mudir ish qilmasdan, 150 so‘mni olib, bekor yeyib yotibdir”, — bu “Yosh leninchi” gazetasidagi “Buxoro pionerlari ishini unutdi” xabaridan iqtibos.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Xalq komissarlari sho‘rosi qaramog‘idagi Sho‘ro qurilishi ham huquq ilmiy- tekshirish institutida... yotoq masalasi chatoq... Talabalarga maosh berish ishlari ham yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Ovqatlanish masalasi bundan ham chatoq bo‘lib, ovqatlarning sifatini yaxshilashga e’tibor beruvchilar yo‘q. Mana bu hollar ko‘p aspirantlarning ketib qolishlariga sababchi bo‘layotir”, — bu “Yosh leninchi” gazetasida Qo‘rqmas taxallusli muxbir nomidan bosilgan “O‘pirilish tezdan tugatilsin!” xabaridan iqtibos.

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Yosh leninchi” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasidan olingan quyidagi xabar sarlavhasining ikkinchi qismi ajoyib: “Kattaqo‘rg‘on g‘isht zavodi jiddiy kasal”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston”da, shuningdek, Shamsiddin Badriddinov va “uning shaykasi” ustidan olib borilayotgan sudga O‘zbekiston asosiy davlat sho‘ro teatri jamoasining munosabati e’lon qilingan. Unda ta’kidlanishicha, teatr jamoasi “Badriddinov va uning shaykalarining aksilinqilobiy xurujlariga qarshi qattiq nafrat bayon qiladi”. “Biz, proletar san’at xodimlari shuni yaxshi bilamizkim, sinfiy kurash hali tugagan emas. Lekin bizdan yengilmagan dushman sira yo‘qdir. Biz ishonamizkim, dushman qanday metodlar bilan kurashmasin, lekin zafar biz tomondan. Milliy teatr va san’at xodimlari Badriddinov shaykasining sirlari ochilgan hamma a’zolariga nisbatan eng og‘ir namunaviy jazo berilishini talab qiladi. Yashasin adolatsizlarga odil proletar sudi!”, — deyiladi teatrchilar bayonotida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    Dunyoda nima gap? “Ispaniya ish tashlovlar to‘lqini ostida”. Masalan, “Madridda avtomobil egalari tomonidan benzin solig‘ining orttirilishiga norozilik yuzasidan e’lon qilingan ish umumiy ish tashlovi Madridni va shu viloyatning ko‘p qismini ishg‘ol qildi. Faqat pochta avtomobillarigina ishlamoqdalar”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 23-may sonidan lavha

    60 yil avval. 1962-yil 23-may, chorshanba

    “Paxta o‘zbek xalqining milliy iftixori va katta boyligidir. Paxta or-nomusimiz va nonimizdir. O‘zbekiston mamlakat (SSSR) paxta boyligining juda katta qismini — uch ikki qismini yetishtirib beradi. Bu sharafli vazifa bizga ishonib topshirilgan ekan, uning uddasidan chiqish uchun shu kunning dolzarb paytlarida muvaffaqiyatning kalitini qo‘lga kiritishimiz kerak”. Bu “Qizil O‘zbekiston” gazetasining shu kungi sonidagi bosh maqola — “Paxta uchun”dan iqtibos edi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 23-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 23-may sonidan lavha

    “Oblastimiz markazi Urganch shahridan har kuni radio orqali mahalliy axborotlar eshittiriladi, Toshkentdan berilayotgan eshittirishlarni tinglashga mehnatkashlarda qiziqish katta. Ammo qishlog‘imiz radiolashmagani tufayli ana shunday eshittirishlarni tinglashdan mahrummiz. Biz bu haqda rayon aloqa bo‘limining boshlig‘i o‘rtoq Rahmonovga bir necha bor murojaat qildik. U bir oy ichida hamma xonadonga radio tochka tushirtirib beramiz, degandan beri oylar emas, yillar o‘tdi”, — “Qishlog‘imiz qachon radiolashadi” sarlavhali bu materialdagi “radio” degan atamani “internet”ga almashtirsa, xuddi bugungi kun haqiqatiga aylanib qoladi, desa unchalik mubolag‘a bo‘lmas?

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 23-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 23-may sonidan lavha

    Sovet davri shunaqa — madrasa mudirini u madrasadan nafratlanishi haqida maqola yozishga majburlaydi. Buxorodagi “Mir Arab” madrasasining sobiq mudiri Mirhojiqori Abdullayev nomidan berilgan “Tekin tomoq firibgarlar” materiali — aynan shu xildagi materialdir; uni o‘qishda, albatta, zamonning o‘ziga xosligini hisobga olmoq kerak: “Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tganim singari jirkanch ishlarni ko‘rganim sari, menda o‘z xizmatimga nisbatan nafrat kuchaya bordi. Bu yerdagi ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalari turmush talablariga mutlaqo javob bermaydi. Shuning uchun ham men madrasani abadiy tark etdim, biror foydali ish bilan shug‘ullanishga qaror qildim”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 23-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 23-may sonidan lavha

    AQSh aprel—may oylari davomida ketma-ket yadroviy qurollarni sinovdan o‘tkazgan. Toshkentda “Amerika reaksionerlarining bu ig‘vogarliklariga, imperialistlarning jinoiy harakatlariga qarshi qat’iy norozilik” mitingi bo‘lib o‘tgan. “Jurnalistlar qabul qilingan rezolyutsiyada amerikalik atomchilarning xatti-harakatini la’natladilar, ulardan atmosferada atom quroli sinovlarini darhol to‘xtatishni talab qildilar”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 23-may sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 23-may sonidan lavha

    30 yil avval. 1992 yil 23-may, shanba

    Bu kungi gazetalarning asosiy mavzusi — O‘zbekistonning zilzila va tabiiy ofatlardan keyingi qayta tiklanishidir. Masalan, Andijonda “zilziladan talofat ko‘rgan joylarda hayot izga tushmoqda”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi”ning yozishicha, 1992-yildagidek “bunaqa ob-havo so‘nggi 100 yil mobaynida atigi to‘rt marta kuzatilgan”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha tabiiy ofatdan ko‘rilgan zarar miqdori 2,5 milliard so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi”, — deb yozadi “O‘zbekiston ovozi” gazetasi.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    Gazetaning boshqa bir materialida ta’kidlanishicha, tabiiy ofat respublika bo‘yicha jami paxta maydonlarining yarmidan ziyodiga zarar keltirgan: “Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki hissa ortiq. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, shikastlangan maydonlarning uchdan bir qismiga qaytadan chigit ekish lozim. Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida 70 foiz gacha maydonga ikkinchi marta chigit ekishga to‘g‘ri keladi”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    Tinimsiz yomg‘irlar, sel toshqinlari aholini ham vahimaga solib qo‘ygan. O‘tgan safar Buxoroda “To‘dako‘l yorilarmish” degan mish-mishlarga raddiya berilgandi, bu safar esa gazetalarda Toshkent viloyatidagi shu kabi vahimani bartaraf etish niyatida O‘zA tomonidan tarqatilgan axborot bosilgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    Namangan shahrida ahvol chatoq (va buning tabiatga aloqasi yo‘q): “Yaqindagina yaxshi niyat bilan bir qator mahallalarda tuzilgan ‘Adolat’ guruhlari o‘z faoliyatlarini boshqa, qonunga zid harakatlarga qaratganligi afsuslanarlidir. Ular tazyiq va zulm o‘tkazish bilan birga, mahalliy hokimiyatni mensimasdan, davlat ishlariga aralashmoqdalar”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    Farg‘ona viloyatida bir muddat avval dahshatli yo‘l-transport hodisasi yuz bergan: “UAZ avtomashinasi haydovchisi ehtiyotsizlik qilib, yo‘lning chap tarafiga chiqib ketdi. Natijada falokat ro‘y berdi. Mashina bir zumda ro‘paradan kelayotgan bog‘cha bolalari va tarbiyachisini urib yubordi. Besh bola o‘sha yerning o‘zidayoq jon berdi. Qolgan ikki bola va tarbiyachi shoshilinch kasalxonaga yotqizildi. Tarbiyachi, 20 yoshli Ziyoda G‘ofurova kasalxonada vafot etdi”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    Shaxsiy mashinada O‘zbekistondan Saudiyaga Haj safariga borsa bo‘ladimi? “Bunga hozircha ruxsat yo‘q”, deydi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Saidazim Oripov (avvalroq namanganlik fuqarolar Makkaga mashinada borgani haqida xabar berilgan edi).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    O‘zA “Izvestiya” gazetasida berilgan Afg‘onistonning sobiq rahbarlaridan biri “Babrak Karmal MDHga kelishga ruxsat so‘rayapti. Hozircha uni kiritishmayapti” sarlavhali xabarga raddiya bergan. “Nufuzli ro‘znoma yolg‘on-yashiqni bosib chiqarishidan maqsadi nimaligini tushunish qiyin. Lekin Babrak Karmal Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga emas, balki Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilganligini aytishni o‘z burchimiz deb bilamiz. Mustaqil O‘zbekistonning o‘z qonunlari bor. O‘zbekistonga kelish uchun kimga ruxsatnoma berish va kimga ruxsatnoma bermaslik — respublika diplomatiya mahkamasining ishidir. Babrak Karmal O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilganda edi, uning iltimosi ko‘rib chiqilgan bo‘lardi”, — deyiladi raddiyada.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 23-may sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Buxoroda qurbaqa yomg‘iri, “poraxo‘rlik va besoqolbozlikda ayblangan” muxbirlar, AQShning kuchi SSSRniki bilan tengligini tan olgan Xrushchyov. O‘zbek matbuoti 22-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Chigirtkalarga foyda keltirayotgan O‘zbekiston—Tojikiston “janjali”, “Surxon daryo bo‘lib buncha suvni ko‘rmagan”, “avtomobilsozlik sanoatimiz bo‘lmasa, rivojlanmaymiz”. O‘zbek matbuoti 21-mayda nimalar haqida yozgan?
    • O‘zbekistonda “tonirovka”ning taqiqlanishi, Shahrisabzning 1962-yilgi millioneri, Andijon tarixidagi eng vayronkor ikkinchi zilzila. O‘zbek matbuoti 20-mayda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    23.05.2022, 07:30   Izoh (0)   56994
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.