Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev raisligida 23-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda sportchilarni professional tayyorlash tizimi to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi ta’kidlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

“Respublika va Chirchiq shahar olimpiya zaxiralari kollejlaridan boshqa birorta sport kolleji o‘z natijasi bilan maqtana olmaydi. Sababi yoshlar terma jamoalarining bosh trenerlari aynan shu 2 ta kollejda faoliyat yuritadi va sport federatsiyalari ham faqat ular bilan ishlashga o‘rgangan”, — degan davlat rahbari.

Samarqand olimpiya kolleji sport gimnastikasi, taekvondo va stol tennisi bo‘yicha so‘nggi 3 yilda musobaqalarda sovrinli natija ko‘rsatmagan. Vaholanki, kollejda ushbu sport turlari bo‘yicha 23 nafar sportchi, 3 nafar trener mavjud.

Shuningdek, hozirda olimpiya zaxiralari kollejlariga 14 yoshdan yuqori o‘smirlar qabul qilinayotgani, oqibatda yoshlarni Olimpiada o‘yinlariga tayyorlash 7—8 yil kech boshlanayotgani qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi