O‘zbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan “Daryo” internet-nashri Yil brendi-2021 mukofoti bilan taqdirlandi.
“Daryo” internet-nashri “OAV, blogerlar, hamjamiyatlar, trendsetterlar” nominatsiyasi bo‘yicha iste’molchilarning ovoz berish natijalari (5682 ta ovoz) hamda hamkorlar va ekspertlar bahosiga ko‘ra bir yo‘la ikkita nominatsiyani qo‘lga kiritib, mukofotning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, mukofot bilan O‘zbekiston bozorida o‘tgan yilda eng samarali marketing yutuqlariga erishgan muvaffaqiyatli brendlar taqdirlandi.
Izoh (0)