Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiya A Seriyasining 2021/22-yilgi mavsumdagi eng yaxshilari aniqlandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Milan” ustozi Stefano Pioli 2021/22-yilgi mavsum A Seriyada eng yaxshi murabbiyi topildi. Pioli murabbiylik faoliyati davomida ilk bor sovrin qo‘lga kiritdi. 56 yoshli mutaxassis 2019-yildan buyon “Milan”ni boshqarib kelmoqda.

“Milan” hujumchisi Rafael Leau Italiya chempionatining eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

G‘olibni aniqlashda nafaqat statistik ma’lumotlar, balki to‘psiz o‘yin, jamoa harakatlariga qo‘shgan hissasi, shuningdek, texnik ko‘rsatkichlar ham hisobga olinadi.

22 yoshli portugaliyalik futbolchi “rossonerilar” safida 34 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

“Latsio” hujumchisi Chiro Immobile mavsum to‘purariga aylandi. Italiyalik hujumchi A Seriyaning 31 o‘yinida 27 ta golga mualliflik qildi. Undan keyingi o‘rinlarni Dushan Vlahovich (24 ta gol) va Lautaro Martines (21 ta gol) egalladi.

“Inter” vakili Marselo Brozovich mavsuming eng yaxshi yarim himoyachisi deb topildi. “Milan” posboni Mayk Menyan esa mavsum darvozaboniga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Mahalliy
Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
Karyera
Hokimiyat ularning qo‘llarida: Butun dunyoni boshqaradigan beshta oila (foto)