• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘ztransgaz” 2021-yilni 2,5 trln so‘m, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari esa 2,1 trln so‘m zarar bilan yakunlagan

    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Moliya hamda Energetika vazirliklarining energetika sohasini isloh qilish masalalari bo‘yicha ma’lumot berdi.

    So‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi 61 mlrd kVt soatdan 72 mlrd kVt soatga yoki 1,2 barobarga oshdi. Bunda aholi iste’moli uchun yetkazib berilgan elektr energiyasi 11 mlrd kVt soatdan 16 mlrd kVt soatgacha yoki 1,5 barobarga o‘sdi. Shunga qaramasdan, yetkazib berish infratuzilmasi bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi hisobiga 2021 yilda respublika bo‘yicha elektr energiyasiga qondirilmagan talab hisob-kitoblarga ko‘ra 2-3 mlrd kVt soatni tashkil etadi.

    Bundan tashqari, quyidagi omillar hisobiga energo resurslari bozori va energo ta’minot tizimini isloh qilishning zaruriyati yuzaga kelmoqda:

    1. Issiqlik elektr stansiyalaridagi (IES) energobloklarning aksariyati 25 yildan ortiq muddatda foydalanib kelinmoqda, ularning foydali ish koeffitsiyenti past (25-35%) va zamonaviy bug‘-gaz uskunalariga (foydali ish koefitsiyenti – 55-60%) qaraganda 2 baravar ko‘p yoqilg‘i sarflaydi. Jumladan, so‘nggi uch yilda IESlarga elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi 15 mlrd kub metrdan 17 mlrd kub metrga yetdi. Shuningdek, ushbu davrda aholiga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmi ham 10 mlrd kub metrdan 13 mlrd kub metrga ko‘paydi. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy gazga ichki bozorning talabini qondirish uchun eksport hajmlari keskin kamaydi.

    Misol uchun, 2019-yilda tabiiy gaz eksporti 12,2 mlrd kub metrni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 3,3 mlrd kub metr tashkil etishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ushbu davrda tabiiy gazning import hajmi 0,2 mlrd kub metrdan 4 mlrd kub metrgacha oshdi. Ya’ni, respublika iste’molchilarining yildan-yilga oshib borayotgan talabi bozorga erkin narxlarda sotib olinadigan tabiiy gaz hajmi oshirilishi hisobiga qoplanmoqda. Buning natijasida davlat budjeti hisobidan amaldagi subsidiyalangan (yoki haqiqiy tannarxidan arzonroq) tabiiy gaz tariflari darajasini saqlab turish uchun bevosita va bilvosita xarajatlar hajmi ham oshib bormoqda.

    2. Mavjud elektr uzatish tarmoqlari va transformatorlarning asosiy qismining quvvat o‘tkazish qobiliyati pastligi iste’molchilarga elektr energiyasini yetarli hajmda yetkazib berish imkoniyatini bermaydi. Shuningdek, elektr ta’minotidagi ko‘p sonli uzilishlarga va elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari yomonlashishiga olib keluvchi taqsimlovchi tarmoqlar va transformatorlarning yuqori darajada eskirganligi sabab bo‘lmoqda. Misol uchun, bugungi kunda ayrim hududlarda transformatorlarning yuklanganlik darajasi belgilangan 80 foizli texnik me’yordan yuqori. Respublikaning 101 ta shahar va tumanlarida transformatorlarning yuklanganlik darajasi belgilangan texnik me’yordan yuqoriligi aholini va yangi investitsiya loyihalarini elektr energiyasi bilan to‘liq ta’minlab berolmaslik hamda hududlarda elektr ta’minotida avariyalar soni oshishi xavfini keltirib chiqarmoqda. Xususan, Toshkent viloyatida transformatorlarning yuklanganlik darajasi 95 foiz, Andijon viloyatida 92 foiz, Toshkent shahrida 90 foiz, Namangan viloyatida 84 foizni tashkil etadi.

    3. Narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllanmaganligi va asosiy fondlarning eskirganligi soha korxonalari moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib kelmoqda. Xususan, 2021-yilni O‘ztransgaz – 2,5 trln so‘m, O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari – 2,1 trln so‘m zarar bilan yakunlagan. Ta’kidlash lozimki, ushbu davlat korxonalarining zararlari va ularning moliyaviy majburiyatlari pirovardida davlat budjeti xarajatlarining bevosita va bilvosita oshishiga olib kelmoqda. Elektr energiyasi narxi arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston Liviya, Angola, Sudan, Qirg‘iziston, Zimbabve va Tojikistondan so‘ng dunyoda7-o‘rinni egallaydi (Qirg‘iziston va Tojikistonda elektr energiyasining asosiy qismi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqariladi, shu sababli uning narxi arzonroq). Bundan tashqari, elektr energiyasining 1 kVt soatining tannarxini 800 so‘m deb olsak, bir oyda o‘rtacha 200 kVt soat elektr energiyasi ishlatadigan xonadon oyiga 101 ming so‘m, 400 kVt soat elektr ishlatadigan xonadon esa 202 ming so‘m miqdorida shartli subsidiya olmoqda.

    Boshqacha qilib aytganda, amaldagi tariflar asosan daromadi nisbatan yuqori va mos ravishda ko‘proq energiya resurslari iste’mol qiladigan abonentlarga katta miqdordagi shartli subsidiya berilishiga olib kelmoqda. Misol uchun: bir paytning o‘zida 2-3 ta konditsioner, bittadan ortiq muzlatkich, kompyuter va boshqa elektr jihozlaridan foydalanuvchi, ya’ni to‘lov qobiliyati yuqori xonadonlar mos ravishda ko‘proq elektr energiyasini sarf qiladilar.

    Natijada ushbu xonadonlar ko‘proq shartli subsidiya olmoqdalar. Respublikada tabiiy gaz iste’mol qiluvchi jami 4 mln abonent mavjud. Ushbu xonadonlarning 85 foizi yoki 3,4 mln ta abonent oyiga o‘rtacha 500 kub metrgacha tabiiy gaz iste’mol qiladi. Lekin, ularning hissasiga aholi jami iste’molining bor-yo‘g‘i 35 foizi (4,5 mlrd kub m) to‘g‘ri keladi.

    Shuningdek, elektr energiyasi iste’mol qiluvchi jami 7,3 mln abonent mavjud. Ularning 80 foizi oyiga o‘rtacha 200 kVt soatgacha elektr energiyasini iste’mol qiladi. Lekin, mazkur xonadonlarning hissasiga aholi iste’mol qiladigan jami elektr energiyasining bor-yo‘g‘i 31 foizi (5,7 mlrd kVt s) to‘g‘ri keladi.

    Misol uchun, bugungi kunda 1000 kub metr tabiiy gazning tannarxini 1,4 mln so‘m deb olsak, o‘rtacha bir oyda 500 kub m gaz ishlatadigan xonadon oyiga 500 ming so‘m, lekin 1000 kub metr gaz ishlatadigan xonadon 2 barobar ko‘p yoki 1 mln so‘m shartli subsidiya olmoqda.

    4. Aholi sonining oshib borishi va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi natijasida yuzaga keladigan talabni ta’minlash uchun energiya resurslari ishlab chiqarishning qo‘shimcha quvvatlarini barpo etish lozim. Misol uchun, 2030 yilga borib respublika iste’molchilarining tabiiy gazga bo‘lgan yillik talabi hozirgi 54,2 mlrd kub metrdan 65 mlrd kub metrgacha oshishi hisob-kitob qilingan. Elektr energiyasida esa bu ko‘rsatkich joriy 74 mlrd kVt soatdan 110 mlrd kVt soatgacha oshishi kutilmoqda. Yiliga 110 mlrd kVt soat elektr energiyasi yetkazib berish uchun qo‘shimcha ravishda 19 GVt quvvatli yangi elektr stansiyalari qurilishi talab etiladi. Yuqorida keltirib o‘tilgan energoresurslar bo‘yicha qo‘shimcha quvvatlarni yaratish uchun kamida 25 mlrd dollar mablag‘lar zarur. Vaholanki, “O‘zbekneftgaz” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning amaldagi moliyaviy holati bu qiymatdagi loyihalarni amalga oshirishga imkon bermaydi. Shu bilan birga, mazkur korxonalar tomonidan kredit mablag‘larining jalb etilishi o‘z navbatida respublikaning tashqi qarzi hajmining oshishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, sohaga xususiy investitsiyalarni, shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida keng jalb etish kelajakda yangi quvvatlarni yaratishning birdan-bir yo‘li bo‘lib hisoblanadi. Bunda, energetika sohasiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishning eng zaruriy sharti – bu ular ishtirokida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini rentabelli, ya’ni foyda keltiradigan narxlarda sotish bo‘lib hisoblanadi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublikaning yildan yilga oshib borayotgan energo resurslar talabini barqaror va to‘liq ta’minlab borish hamda sohaga xususiy investitsiyalarning kirib kelishini ta’minlash uchun respublika energiya resurslari bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish zarur. Albatta islohotlarning ushbu o‘tish davrida aholining kam ta’minlangan va past daromadli qatlami manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy himoya choralari ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan pensiya va bolalari uchun nafaqa oluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

    Ta’kidlash joizki, davlat tomonidan energiya resurslari narxlarini “shartli subsidiyalash” amaliyoti saqlab qolinadi. Biroq, “shartli subsidiyalar”ni taqsimlashda ijtimoiy himoya samaradorligini oshirish maqsadida “ijtimoiy norma” tizimi butun respublika bo‘yicha amalga kiritiladi. Ma’lumot uchun, energiya iste’mol qilishning ijtimoiy normasi sifatida aholi tomonidan imtiyozli tarif bo‘yicha to‘lanadigan ma’lum miqdordagi energiya tushuniladi. Ya’ni, muayyan belgilangan miqdorgacha nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi va bu miqdordan oshig‘i erkin bozor narxida sotiladi.

    Energetika sohasidagi islohotlar tabiiy gaz va elektr energiya tariflarini ijtimoiy adolat tamoyillari asosida belgilash hamda aholi va tadbirkorlarimiz uchun energiya ta’minotining uzluksizligi va ko‘lamini kengaytirish uchun zamin yaratadi. Bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi yaqin kunlarda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Barcha fikr va takliflar o‘rganib chiqiladi.

    Mavzuga doir:

    • Neft narxi 115 dollardan oshdi. Bu O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?
    • “Yashil” iqtisodiyotga muqobil yo‘q — Energetika vazirligi
    • “Davlat yaxshi biznes vakil emas” — O'zbekistonda yashil texnologiyalarni hayotga tatbiq etishdagi muammolar haqida

    18.05.2022, 19:42   Izoh (0)   9744
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda birinchi chorakda qancha uy foydalanishga topshirildi?

    18.05.2022, 19:20

    Toshkent dehqon bozorlarida yil boshidan buyon qancha iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlangani ma’lum qilindi

    18.05.2022, 19:08

    “Oldinlari xato qilsak, xalq dushmaniga aylantirishga tayyor turishardi” — tadbirkor O‘zbekiston hukumatining avvalgi va bugungi siyosati haqida

    18.05.2022, 18:32

    O‘zbekistondagi eng ko‘p tashrif buyuruvchilarga ega top-5 muzeylar ro‘yxati e’lon qilindi

    18.05.2022, 18:18

    “Banklarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sustligini aytmaganda, hech qanday jiddiy qiyinchilikka duch kelganim yo‘q” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT mutaxassisi t...

    18.05.2022, 18:05

    Meta korporatsiyasi O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi

    18.05.2022, 17:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.