Daryo

Toshkentdagi Nest One qurilish binosida yong‘in chiqdi (video)

Yong‘inda binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv/m maydonda qurilish materiali yongan

1 daqiqa o‘qish56 320 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tashkent City’dagi Nest One atrofida nimalar bo‘lmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 5-may kuni soat 17:26 da Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan Nest One qurilish binosida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:27 da yetib borib, yong‘in soat 17:38 da o‘chirilgan.

Yong‘inda binoning D blok 7-qavatida ta’mirlash ishlari vaqtida 4 kv/m maydonda qurilish materiali yongan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar