Fransiyaning Engie energetika kompaniyasi “Gazprom” bilan Rossiya gazi uchun to‘lov sxemasini o‘zgartirishni muhokama qilmoqda. Bu haqda fransuz kompaniyasining 2022-yilning birinchi choragi uchun hisobotida aytilgan.
Aprel oyidan beri Vladimir Putin “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar”dan gazni rublda to‘lashni talab qila boshladi.
Engie Rossiyaning Rossiya gaz yetkazib berish uchun to‘lov sxemasini o‘zgartirish haqidagi so‘rovi yuzasidan “Gazprom” bilan muzokaralar olib bormoqda. Guruh o‘zining to‘lov majburiyatlarini bajarishga tayyor bo‘lish uchun zarur choralarni ko‘rdi, — deyiladi xabarda.Bu Yevropa sanksiyalari doirasiga mos kelishi va Engie uchun xavflar muvozanatini o‘zgartirmasligi kerak deya qo‘shimcha qiladi kompaniya.
21-aprel kuni Engie rahbari Jan-Pyer Klamadye kompaniya rublda to‘lash yoki to‘lamasligini hozircha hal qilmaganini aytdi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropadan 20 ta kompaniya Rossiya gazi uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida valyutani konvertatsiya qilish uchun “Gazprombank”da hisob raqamlarini ochgan.
Yevrokomissiya “Gazprombank”da shartnoma valyutasida hisob ochish sanksiyalarni buzmaydi, deb hisobladi. Ular Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotiga javoban joriy qilingan.
Avvalroq Rossiya neftidan voz kechish taklifidan so‘ng, Yevropada energiya narxlari ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)