Yana 10 nafar yevropalik gaz xaridorlari “Gazprombank”da hisob raqamlarini ochdi. Shu tariqa Rossiya gazi uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin talab qilganidek, rublda to‘lashga tayyorlanayotgan mijozlarning umumiy sonini ikki barobarga oshdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Jami yigirmata Yevropa kompaniyasi hisob ochgan, yana 14 nafar mijoz ularni o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘raganligi aytilmoqda. 

Yevropalik xaridorlar Putinning 1-apreldan boshlab Rossiya gazini rublda to‘lash haqidagi buyrug‘ini qanday bajarish va Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lmaslik haqida bir necha haftadan beri kurashmoqda. 

Yangi mexanizmga ko‘ra, mijozlar ikkita hisob ochishlari kerak: biri chet el valyutasida, ikkinchisi rublda “Gazprombank”da. 

Polsha va Bolgariya ushbu shartlarni rad etgandan so'ng, “Gazprombank” aprel oyi oxirida ularga gaz oqimini to‘xtatgan edi.

Hozirgacha gaz uchun rublda to‘lagan mijozlar soni aprel oxiridagidek to‘rtta bo‘lib qolmoqda. Boshqa xaridorlarning to‘lovlari shu oy oxirida amalga oshiriladi.

Avvalroq Yevropa Rossiya gaziga qaramlikni kamaytirish uchun tezroq quyosh energiyasini rivojlantirishga qaror qilgan edi.