• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston dalalarida xavfli chigirtkalar tarqalishi mumkin

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonning Axsi tumanidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida Marokash chigirtkasining ko‘payib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Qishloq xo‘jaligi vazirligining o‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo boshqarmasi mutaxassisi Baxtiyor Muhammadiyev ushbu chigirtkalarning O‘zbekiston hududiga ham kelish xavfi bormi, unga qarshi kurashish usullari mavjudmi degan savolga javob berdi.

    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimi matbuot kotibi (arxiv)

    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimi matbuot kotibi (arxiv)

    Baxtiyor Muhammadiyevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston sharoitida zararli chigirtkalar xavfini bartaraf etish yuzasidan har yili kuz oylarida kuzgi, erta bahorgi kuzatuv nazorat ishlari olib boriladi, chigirtkalarning qishlov muddati tugashi, tuxumdan chiqish muddatlari to‘g‘risida ko‘p yillik kuzatuv asosida kimyoviy kurash tadbirlari rejalashtiriladi va o‘z vaqtida tashkil etish choralari ko‘riladi. O‘zbekistonda Afrika chigirtkalari bosib ketishi xavfi to‘g‘risida xabarlar kuzatilmagan.

    Respublikada hozirgi paytda chigirtkalarga qarshi kurash tadbirlari davlat budjetidan ta’minlanadigan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tarkibidagi Chigirtkalarga qarshi kurash xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.

    “Chigirtkalarga kelsak, ular O‘zbekiston hududiga tarqalishi mumkin. Hozirga qadar chigirtkalarni boshqarish mexanizmi hech bir davlatda ishlab chiqilmagan. Bu xabar ogohlikka chaqiradi. Har yilgidek qo‘shni davlatlarning chegaradosh hududlaridan O‘zbekiston hududiga zararli chigirtkalarning uchib o‘tish xavfi mavjud bo‘lib kelgan.

    Masalan, 2022-yilda 50—60 ming gektar maydonga uchib o‘tish xavfi mavjud. Shunday holat yuzaga kelganda, barcha texnika vositalari mobilizatsiya qilinib, keng qamrovli kimyoviy ishlovlar o‘tkazilib, ularning keng maydonlarga tarqalishi xavfini bartaraf etish choralari ko‘riladi. Texnikalar yetarli, moddiy resurslar YOMM, kimyoviy vositalar zaxirasi mavjud”, — deydi u.

    Ta’kidlanishicha, 2022-yilning aprel—may oylarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hududiy hokimiyatlar ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari hamda profilaktik tadbirlar, shuningdek, chigirtkalarga qarshi kurash mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha bir qator amaliy tadbirlar o‘tkazilgan.

    Chigirtkaga qarshi kurashish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining zararlanishini oldini olish choralari:

    • zararli chigirtkalar bilan kurash bo‘yicha respublikada tizim bor, yuqorida keltirilganidek, hozirgi paytda davlat budjetidan ta’minlanadigan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tarkibidagi Chigirtkalarga qarshi kurash xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi;
    • kurash tadbirlari asosan yer ustki texnika vositalari, xususan, motorli qo‘l apparatlari, OVX, VP-1, ultra kichik -hajmli (UMO) purkagichli avto texnika agregatlari hamda motodeltaplan jalb qilinib kelinmoqda. Mavjud texnikalar bilan 1 kunda 10-12 ming gektar maydonda ishlovlar o‘tkazish mumkin, zaruriyat yuzaga kelganda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan texnika safarbarligi bo‘yicha hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqilgan;
    • hozirda Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida chigirtkalarga qarshi kimyoviy ishlov ishlari olib borilmoqda;
    • 2022-yil 12-may kuniga qadar 153,8 ming gektar maydon qayta kuzatuv-nazoratdan o‘tkazilib, jami 118,6 ming gektar maydonda kimyoviy kurash ishlari o‘tkazilgan;
    • respublika viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda zararli chigirtkalarning paydo bo‘lishi va tarqalishi bo‘yicha kuzatuv ishlari yo‘lga qo‘yilgan, joylardagi vaziyat nazoratga olingan.
    Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning mayida Qashqadaryoga zararli Marokash chigirtkalari bostirib kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Qashqadaryoda chigirtkadan eksportbop un tayyorlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi
    • O‘zbekistonda zararli chigirtkalar bilan kurashish mavsumi boshlandi. Bunda o‘nlab deltaplanlardan foydalanilmoqda

    16.05.2022, 10:01   Izoh (0)   15485
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DXX mas’uli Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar bo‘ldi

    16.05.2022, 09:02

    Samarqandlik fuqaroning Turkiyaga “zapretini” yechib berish uchun 2 ming dollar so‘ragan kargo firma rahbari ushlandi

    16.05.2022, 08:46

    Zilzila vaqti Yelsin va Nazarboyevni ovutgan Karimov, O‘zbekistonda boshqaruvni o‘zbeklashtirish, “jurnalistlar, kibrlanmang!”. O‘zbek matbuoti 16-mayda nimalar ha...

    16.05.2022, 07:30

    Samarqandda qo‘lbola usulda spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchi yashirin korxona fosh etildi

    15.05.2022, 23:56

    Jizzaxda poyezd temiryo‘lda quloqchin taqib ketayotgan fuqaro sabab favqulodda to‘xtadi

    15.05.2022, 23:35

    Turkiya agentligi Buxoro Arkidagi jome masjidini tiklash va ta’mirlash ishlariga mablag‘ ajratmoqchi

    15.05.2022, 23:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57

    YCHL. “PSJ” finalda “Inter” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, chempionlikni qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 1 iyun, 07:59

    DNK orqali inson yuzini shakllantiruvchi texnologiya yaratildi

    Dunyo | 1 iyun, 07:30

    Toshkent viloyatidagi tezkor tadbirlarda qariyb 40 kg giyohvandlik vositasi, 30 dona qurol, 1,6 mingta tig‘li jism aniqlandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 06:20

    Nigeriyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar 151 kishiga yetdi

    Dunyo | 1 iyun, 00:10

    BMT yadro agentligi: Eron uran zaxiralarini ko‘paytirmoqda

    Dunyo | 31 may, 23:50

    Jizzaxda 667 mln so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:35

    Kelgusi hafta avvalida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 31 may, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.