Namanganda viloyat hokimligi tashabbusi bilan mahallalardagi yoshlar sport bilan doimiy shug‘ullanishi uchun har bir shahar va tumanga 500 million so‘mlik sport anjomlari tarqatildi. Bu haqda Daryo muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Yoshlar yetakchilarining viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov bilan shahar va tumanlarda o‘tkazilgan muloqotlari chog‘ida mahallalarda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish uchun sport anjomlari yetarli emasligi muammosi ko‘tarilgan edi. Shundan so‘ng bu boradagi takliflar umumlashtirilib, mazkur muammoni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Joriy yil 13-may kuni jami 7 milliard so‘mlik 23 turdagi 7 mingga yaqin sport anjomlari ortilgan yuk mashinalari karvoni viloyatning barcha shahar-tumanlariga yo‘l oldi. Bunga bag‘ishlangan tadbirda Prezidentning fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ishtirok etdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati

Ma’lumot uchun, shahar-tumanlarga yetkazib berilgan sport anjomlarining barchasi Namanganda ishlab chiqarilgan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati