Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bog‘ida amfiteatrida yoshlar va sport festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Festivalda Tokio-2020 olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, shuningdek, mamlakat, Osiyo va jahon chempionatlarida munosib ishtirok etgan namanganlik sportchilar taqdirlandi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Jumladan, Tokio olimpiadasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bokschi Shahnoza Yunusova va o‘q otuvchi mergan Muxtasar Tohirovaga Nexia-3 avtomobili topshirildi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Shuningdek, mamlakat, Osiyo va jahon chempionatlarida yuqori natijalarni qayd etgan sportchilarga pul mukofotlari taqdim etildi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Tadbirda ishtirok etgan Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avazbek Karimov Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzaqovga sport rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Sport a’lochisi” ko‘krak nishonini topshirdi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Ma’lumot uchun, Namangandan hozirgi kungacha 9 nafar sportchi Tokio-2020 olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu viloyat sporti tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov