2022-yilning yanvar—mart oylarida O‘zbekistonga 12 ta davlatdan qiymati 5,1 million dollarga teng bo‘lgan 3,4 ming tonna makaron mahsulotlari import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Makaron mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 758 tonnaga oshgan. 2022-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston eng ko‘p makaron mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 2 ming tonna;
- Rossiya – 1,1 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 206 tonna;
- Janubiy Koreya – 66 tonna;
- Italiya – 14 tonna;
- Xitoy – 11 tonna;
- Ispaniya – 1,1 tonna;
- Turkiya – 1 tonna.
Izoh (0)