• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Onam meni dunyoga keltirgani menga qilingan eng katta yaxshilik bo‘lgan”. Morgan Frimen bilan suhbat

    Amerikalik aktyor, rejissor va suxandon Morgan Frimen “Shoushenkdan qochish”, “Qora ritsar”, “Sun’iy ong” kabi ko‘plab filmlar orqali butun dunyo tomoshabinlari qalbidan joy olgan. U “Oskar”, “Oltin globus”, “Kumush ayiq” va boshqa nufuzli mukofotlar sohibidir. Frimen o‘ziga xos xotirjamligi, chuqur ovozi va professional hikoya qilish qobiliyatlari bilan ham mashhur. The Talks nashrining taniqli aktyor bilan bir necha yil avval uyushtirgan suhbatini “Daryo” o‘zbek tilida havola etadi.

    Foto: Alex de Brabant

    Foto: Alex de Brabant

    — Janob Frimen, tinimsiz mehnat sizni toliqtirmadimi?

    — Men tunnel qazimayman, quruvchilik qilmayman. Ishim og‘ir emas, aksincha, kuch bag‘ishlaydi, o‘zimga yoqadi. Qancha ko‘p ishlasam, shuncha yaxshi. Bekorchilik odamni zaiflashtiradi.

    — Ko‘p yillardan beri band odamsiz... Oxirgi marta qachon ish qidirganingizni eslay olasizmi?

    — Men ko‘p og‘ir ishlarni qilganman, lekin yemakxonadagi ishim, chamamda, eng yomoni edi. Undan so‘ng ofisda kotib bo‘ldim. Ko‘proq maosh olishni istardim, lekin berishmadi. Keyin raqqos sifatida shouda qatnashish uchun sinovdan o‘tdim. Meni qabul qilishdi va o‘sha zahoti ofisdan ketdim. Afsuski, raqqos sifatida bor-yo‘g‘i uch oy faoliyat yuritdim, keyin shou yopildi. Shunday qilib, qahva va shirin kulcha sotiladigan katalakdek joyda ishlay boshladim.

    — Bu ham yomon emas...

    — Lekin kunlardan birida men bilan shouda birga ishlagan yigit kirib keldi. Men peshtaxta ostiga yashirinmoqchi bo‘ldim, ammo ulgurmadim. U bu yerda nima qilayotganimni so‘radi. Ayni vaqtda ishsiz aktyor ekanimni tan olganimdan so‘ng u yangi spektaklga ketayotganini aytdi. O‘sha daqiqa men uchun dahshatli edi.

    — Sizningcha, hayotingiz ko‘proq baxtli kunlardan iborat bo‘ldimi yoki aksincha?

    — Ko‘proq baxtli kunlardan. O‘ttiz yoshimda ishlay boshlaganman va haligacha ishlayapman, shuning uchun baxtli kunlarim ko‘proq bo‘ldi.

    — Birov siz uchun qilgan eng katta yaxshilik nima?

    — O‘ylashimcha, onam meni dunyoga keltirgani menga qilingan eng katta yaxshilik bo‘lgan.

    — Eng katta yomonlik-chi?

    — Hozircha bunday yomonlikni ko‘rmadim.

    — Bu o‘ta ijobiy qarashday ko‘rinadi.

    — Bor kuchim bilan harakat qilyapman, chunki hayot doim istaganimizday kechavermaydi. U ba’zan og‘riqli, ba’zan g‘amli, ba’zida hatto azobga soladi. Shunday ekan, bu dovonlarni zabt etgin-u shodlik va osoyishtalikka intil.

    — Nahotki, hayotda ham ekranda ko‘ringaningiz kabi xotirjamsiz?

    — Ha, xotirjamman.

    — Sizni hatto Semyuel L. Jekson bilan adashtirib yuborishlari ham xafa qilmaydimi? Eshitishimcha, ko‘p marta shunday bo‘lgan...

    — Ha, Sem Jekson. Sem ikkimizni ko‘p adashtirib yuborishadi.

    — Ularga to‘g‘risini aytasizmi?

    — Bir kuni Texasning Dallas shahrida bir samolyotdan boshqasiga chiqish uchun kutib o‘tirgandim. Bosh kiyimda va ko‘zoynakda edim — hech kimdan yashirinish niyatim yo‘q edi, shunchaki o‘zim istaganday kiyinib olgandim. Shu payt bir yigit yonimga kelib: “Bilaman, ko‘zga tashlanishni istamaysiz, lekin sizni taniyman, Semyuel L. Jekson”, — dedi. Men u emasligimni aytdim. U bo‘lsa: “Aldayapsiz, lekin sizni tushunaman”, — dedi. Sem bilan ham xuddi shunday voqea bo‘lgan. Odamlar doim unga: “Hey, Morgan!” — deb baqirarkan. Shuning uchun Sem sahnaga chiqiboq: “Men Morgan Frimen emasman”, — deydi.

    — Semyuel L. Jekson bilan do‘stmisiz?

    — Sem Jeksonni 80-yillarda Nyu-Yorkdagi jamoat teatrida birga ishlaganimizdan beri bilaman. U mening ko‘p yillik do‘stim. Lekin biz bir-birimizdan doim uzoqda bo‘lganmiz. Men Missisipida yashayman, Sem esa Los-Anjelesda. Men unday yerda yashashni istamayman.

    — Nima uchun Missisipiga qaytib ketdingiz?

    — Sal kam 30 yillik hayotim Nyu-Yorkda o‘tdi. Doim u yerdan ketgim kelardi. Bir kuni uchinchi qavatdagi boshpanamda tabiiy nurdan mosuvo ekanligimni tushundim. Qo‘shnilarim kim ekanligini ham bilmasdim. Bu men uchun ma’nisizlikdan boshqa narsa emasdi.

    — Hozirgi yerda ko‘zdan biroz panadamisiz?

    — Men kichik shaharchada yashayman. U yerda xarid qilishim mumkin, lekin Walmart, Target kabi odamlar ko‘p boradigan joylarga borolmayman. Tish pastasi yo qahva sotib olishim ham katta voqeaga aylanib ketadi. Obro‘-e’tibor egasi bo‘lishning yomon tomoni — yolg‘iz qololmaslik. Ishoning, yolg‘izlik siz uchun qanchalik qadrli ekanligini undan ayrilmaguncha bilmaysiz.

    — Odamlar sizni bezovta qiladimi?

    — Ha, ularning topib olgani shu: “Onam, xotinim, erim sizni uchratganimga ishonmaydi. Dastxat qo‘yib bering!”

    — Dastxat qo‘yasizmi?

    — Yo‘q. Agar xotining seni yolg‘onchi deyotgan bo‘lsa, yolg‘onchisan, shunday emasmi? (kuladi)

    — Oxirgi savol: sirg‘ani shunchaki taqasizmi yoki bundan qandaydir maqsad ko‘zlanganmi?

    — Ha, agar yot yerlarda o‘lib ketsam, bu sirg‘alar men uchun tobut sotib olishga yetadi. Dengizchilar ham shuning uchun sirg‘a taqqan.

    11.05.2022, 13:09   Izoh (0)   20764
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bill Geyts va Yens Stoltenberg koronavirusga chalindi

    11.05.2022, 12:59

    Mask Trampning Twitter’dagi akkauntini blokdan chiqarishga va’da berdi

    11.05.2022, 12:47

    AQSH va YI Rossiyani Ukraina hamda Yevropadagi sun’iy yo‘ldosh internet-aloqasiga kiberhujum uyushtirganlikda ayblamoqda. Hujum Rossiyaning Ukrainadagi maxsus oper...

    11.05.2022, 11:08

    Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk vafot etdi

    11.05.2022, 09:43

    Berlin Rossiya energiya resurslaridan butunlay voz kechish rejalarini oshkor qildi

    11.05.2022, 09:15

    Ispaniya razvedkasi rahbari siyosatchilarning telefon suhbatlarini yashirin ravishda yozib olishga urinishlar sabab yuzaga kelgan mojaro tufayli iste’foga chiqdi

    11.05.2022, 08:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.