Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi hovli kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga harbiy sud hukmi bilan Mirobod tumani MIB tomonidan joylashtirilgan. 2008-yilda qurilgan 2 qavatli hovli 5 xonadan iborat.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 0,06 gektar. Binoning maydoni — 202 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 2,61 mlrd so‘m. Arizalar 6-may 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Lot izohida yozilishicha, uyda fuqarolar yashaydi. Ularni sud tartibida uydan chiqarish lozim.
Avvalroq Toshkentdagi hovli MIB tomonidan 5,2 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)