Abror Po‘latov O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Qayd etilishicha, tayinlovga qadar Po‘latov O‘zEOAVMA bosh direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, 4-may kuni O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (O‘zEOAVMA) O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi nomi bilan qayta tashkil etildi.
Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi kotibiyatiga yangi rahbar tayinlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani, Adliya vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirilgani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)