Tunisning Monastir shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi ITF tasnifiga kiruvchi musobaqa o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekistonlik Nigina Abduraimova ushbu musobaqada chempionga aylandi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekistonlik tennischi final bahsida ispaniyalik Ivon Kavalye-Reymersga qarshi kortga chiqdi.
2 soat 10 daqiqa davom etgan o‘yinda Nigina raqibini mag‘lub etdi (3:6, 6:2, 6:2) va musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, Nigina Tunisdagi turnirda 25 ming AQSH dollari mukofot jamg‘armasiga ega bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)