“Yuventus” yozgi transfer oynasida “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni sotib olishga urinib ko‘radi.
Football Italia nashrining xabariga ko‘ra, “keksa sinyora” Massimiliano Allegri qo‘l ostidagi omadsiz mavumdan so‘ng yozda hujum chizig‘ini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. Misrlik futbolchi asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.
29 yoshli futbolchining mersisaydliklar klubi bilan shartnomasi 2023-yilning yozida yakuniga yetadi. Hozircha tomonlar kelishuvni uzaytirish borasida kelisha olmayapti, Muhammad taklif qilingan shartlardan qoniqmayapti. “Liverpul” hujumchini erkin agent sifatida jamoani tark etishini istamasa, kelayotgan transfer oynasida Salohni sotib yuborishga harakat qiladi.
Avvalroq Muhammad Salohga “Barselona” qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi. Ammo La Liga jamoalariga o‘tish futbolchining rejalarida yo‘qligi aytildi.
Muhammad Saloh 2021/22-yilgi mavsum APLda 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 22 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)