• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Hamma narsa joyida turibdi”. Ichan-qal’ada soxtaligi aytilgan 101 ta eksponat haqida (video)

    Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi Xiva shahridagi Ichan-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasida o‘rganish ishlarini olib borgani haqida xabar berilgan edi. O‘rganish davomida ayrim ashyolarning tavsiflariga o‘zgartirishlar kiritilgani yuzasidan asoslovchi hujjatlar mavjud emas, deb topilgan.

    Shuningdek, noyob ashyolar ro‘yxatiga kiritilgan eksponatlar xatlovdan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, jami 101 ta muzey ashyolari kirim kitobi tavsifnomalariga o‘lchami, materiali, ishlanish uslubi va yaratilgan davri bo‘yicha mos kelmasligi aniqlangan.

    Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli xat-hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan.

    “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov mazkur holat bo‘yicha Ichan-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi fondi direktori Ozod Karimov bilan soxtaligi aytilayotgan eksponatlar borasida suhbatlashdi.

    Ichan-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi fondi direktori Ozod Karimov

    Ichan-qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi fondi direktori Ozod Karimov
    Foto: “Daryo”

    Ozod Karimovning ta’kidlashicha, 2022-yilning mart oyida haqiqatan Ichan-qal’a davlat muzey- qo‘riqxonasidagi eksponatlar xatlovdan o‘tkazilgan. Komissiya tomonidan 101 ta ashyolar kirim kitobidagi ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmagani haqida xulosa yozilgan.

    “Shundan keyin hammayoqda shov-shuv ko‘tarildi va direktor buyrug‘i bilan qayta komissiya tuzilib, tekshiruv o‘tkazildi. Natijada ko‘p narsa noto‘g‘ri yozilganligi ma’lum bo‘ldi.

    Shuni alohida aytish kerakki, bu yerdagi narsalar hech qayerga ketmagan, hammasi shu fondda saqlanyapti. Ellik yildan beri mana shu yerda ishlab kelyapman. O‘tgan vaqt ichida biror buyum yuqori tashkilotlar rahbarlari ruxsatisiz hech qayerga olinmagan. Hamma narsa joyida turibdi.

    Hozirgi kunda biz eksponatlarni o‘rganyapmiz. Qisqa vaqt ichida hammasini joy-joyiga qo‘yib, dalolatnomalar yozamiz va elimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘lishiga ishonamiz”, — deydi u.

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Fond direktorining qayd etishicha, 101 ta noyob ashyolar ichida misdan ishlangan buyumlar, matodan tikilgan kiyimlar, qurollar ham bor.

    “Ularning hammasi joyida turibdi, hech narsa almashtirilmagan. Bizdan avval ishlagan xodimlar, 60-yillarda faoliyat yuritganlar eksponatlarni noto‘g‘ri o‘lchagan, qaysi texnikadan foydalanganini bilmaymiz. Ularning ishini biz to‘g‘rilab chiqyapmiz.

    Bu yerda avvallari savodsiz, 4-sinfni bitirganlar ishlagan. Hozirgi kirim kitobi 1966-yilda inventarizatsiya qilinib, yangidan yozilgan. Uni o‘qisangiz grammatik, stilistik xatolar juda ko‘p. U vaqtlarda arabchani bilmaganlar ham ishlagan. Bugungi kunda bizda ikki nafar oliy ma’lumotli arab tili mutaxassislari faoliyat yurityapti. Ular kirim kitobidagi kamchilik va xatolarni to‘g‘rilab kelmoqda”, — deydi Ozod Karimov.

    Foto: Madaniy meros agentligi

    Uning aytishicha, mazkur bino 1616-yilda qurilgan. Ammo termitlar yeb, tugatganidan keyin XIX asr boshlarida Olloqulixon yangidan barpo ettirgan va Arabxon madrasasi deb nom qo‘yilgan.

    “Bu binodan 1976-yildan beri fond sifatida foydalanib kelinadi. Lekin hozirgi davrda mazkur binodan fond sifatida foydalanish xato va bu to‘g‘ri kelmaydi. YUNESKO ham “Bu tarixiy yodgorlik, bu yerda ishlasalaringiz nimanidir buzib qo‘yasizlar yoki sindirasizlar. Ashyolarni boshqa joyda saqlanglar”, deb bu yerda fond qilmaslikni tavsiya etgan”, — deydi fond direktori.

    Bundan avval Surxondaryodan Mirzo Ulug‘bek davriga oid mis tangalar topilgani, Xorazmda me’moriy arxitektura yodgorligi hisoblanuvchi Deshon qal’aning bir qismi qulab tushganito‘g‘risida xabar berilgandi.

    03.05.2022, 20:32   Izoh (0)   37287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ozodbek Nazarbekov: “Andijon polkasini YUNESKO ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha harakatlar boshlangan”

    27.04.2022, 18:57

    O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan “Lazgi” xalqaro raqs festivalining ochilish marosimidan fotoreportaj

    27.04.2022, 02:14

    O‘zbekiston birinchi marta Venetsiya zamonaviy san’at biyennalesida ishtirok etmoqda

    23.04.2022, 15:55

    “Ramazon qo‘shiqlarini avvallari kattalar aytgan”. Muqaddas oy qo‘shiqlari tarixi haqida folklorshunos olim Shomirza Turdimov bilan suhbat

    19.04.2022, 19:45

    Qatag‘onda omon qolgan pasport, Sulaymonqul choponi, “Kecha va kunduz”ning ilk nashri — Andijondagi Cho‘lpon yodgorlik muzeyidan reportaj

    16.04.2022, 14:45

    Megan Markl Britaniya qirollik oilasidagi irqchilik haqida gapirib, shov-shuvga sabab bo‘lgan intervyusidan keyin ilk bor qirolicha Yelizaveta II bilan uchrashdi

    16.04.2022, 09:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.