Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Vazirlar Mahkamasining “2022—2026-yillarda Jizzax viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”;
  • Jizzax viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”;
  • sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;
  • 2022-yilda Jizzax viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;
  • Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati.
Kompleks dasturga asosan Jizzax viloyatida 2022—2026-yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmi 1,4 baravar, sanoat mahsulotlari hajmi 1,5 baravar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 1,2 baravar, xizmatlar hajmi 3,2 baravar hamda qurilish ishlari hajmi 1,2 baravarga oshiriladi.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27-apreldan kuchga kirgan.

Avvalroq Andijon,  Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishning besh yillik dasturi tasdiqlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Sahnada Ravshan Namozov kuylaydi, deb joni uzildi”. Marhum xonandaning rafiqasi bilan uning 21 yillik “zapret”dagi hayoti hamda armonlari haqida suhbat
Dunyo
Gaitida gumanitar falokat e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston banklarida omonatlar: ular qanchalik kafolatlangan?