Vazirlar Mahkamasining “2022—2026-yillarda Jizzax viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar qildi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan hamda amaliy tadbirlarni o‘z ichiga olgan “yo‘l xaritasi”;
- Jizzax viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”;
- sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;
- 2022-yilda Jizzax viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;
- Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27-apreldan kuchga kirgan.
Avvalroq Andijon, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonni rivojlantirishning besh yillik dasturi tasdiqlangandi.
Izoh (0)