Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hukumat qarori bilan Milliy gvardiya qo‘mondoniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, Adhamjon Sormonqulov Milliy gvardiya qo‘mondonining jangovar va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Shuningdek, Sarvar Mamayusupov Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy ishlar, kadrlar va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Shu kungacha u Milliy gvardiya qo‘mondonining yoshlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Avvalroq Turizm va madaniy meros vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlangani, Otabek Choriyev Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar bo‘lgani, Samarqand viloyati IIB YHXBga yangi rahbar tayinlangani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar va ularning ota-onalari uchun qanday soliq imtiyozlari bor?
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)