Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Akmalxo‘ja Mavlonov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 18-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda deputatlar Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga Akmalxo‘ja Mavlonov nomzodini ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.

U Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Murodjon Azimov o‘rnini egalladi. Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Zoir Mirzayev esa Chirchiq shahri hokimi lavozimini egallagan Davron Hidoyatov o‘rniga Toshkent viloyatiga rahbar bo‘ldi.

Akmalxo‘ja Mavlonov 1975-yilda tug‘ilgan. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Davlatobod tuman prokuraturasida boshlab, Namangan viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2006-yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, Marg‘ilon shahar prokurori, Sirdaryo viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018-yil fevral oyidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. O‘sha yili avgust oyida bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan.

2019-yil iyulidan 2020-yil oktabriga qadar Namangan viloyati prokurori lavozimida ishlagan. 2020-yilning oktabridan hozirga qadar bosh prokuror o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?