Daryo

Rossiyalik eng boy odamlar reytingi e’lon qilindi

Bozorlardagi noaniq vaziyat tufayli reytingdan 88 nafar rossiyalik ishbilarmon joy oldi. O‘tgan yili ushbu ro‘yxat 200 kishidan tashkil topgan edi

1 daqiqa o‘qish81 214 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Forbes

Forbes 2022-yil uchun Rossiyaning eng badavlat odamlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Foto: Forbes

Bu yil reytingga faqat bir milliard dollardan ortiq aktivga ega bo‘lgan 88 nafar shaxs kiritildi.

Birinchi o‘rinni NLMK direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin egalladi. Uning boyligi 18,4 mlrd dollarga baholandi (bir yil ichida 7,8 mlrd dollarga kamaygan).

Ikkinchi o‘rinda “Norilsk Nikel” prezidenti Vladimir Potanin. Uning joriy yildagi aktivlari 17,3 mlrd dollar baholangan (9,7 mlrd dollarga kamaygan).

Uchinchi o‘rinni Telegram asoschisi Pavel Durov egalladi. Uning boyligi 15,1 mlrd dollar deb baholandi (2,1 mlrd dollarga kamaygan).

USM asoschisi va asosiy aksiyadori — Alisher Usmonov 7-o‘rinni egallagan. Uning boyligi 6,9 mlrd dollarga kamayib, 11,5 mlrd dollarga baholangan.

Avvalroq rossiyalik eng mashhur milliarderlar 2021-yildan beri qancha mablag‘ yo‘qotgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar