• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    O‘zbekiston elektromobillar davriga qanday o‘tmoqda? Narxlar, imtiyozlar va shaxsiy tajriba

    Odamlar manzilini yaqin qiluvchi avtomobil bugun yanada rivojlanib, ko‘p qulayliklarni o‘zida jamlamoqda. Kun sayin qiziqtirib, ehtiyoj ortib borayotgan elektromobillar o‘zi qanday qulayliklarga ega? Benzin yo gazda yuradigan mashinalardan ko‘ra foydaliroqmi yoki uni quvvatlashning o‘zi ham muammoli masalami? “Daryo” elektromobillar bilan bog‘liq eng aktual savollarga mutaxassislardan javob oldi.

    Elektromobil o‘zi nima?

    Elektromobil – ichki yoqilg‘i quvvati bilan emas, mustaqil energiya manbai bilan ishlaydigan, bir yoki bir nechta elektr dvigatellari tomonidan boshqariladigan avtomobildir. U shaharda foydalanishga qulay, yurish qismi va kuzovi yengillashtirilgan alohida transmissiyali, akkumulyatorlari almashtirishga mo‘ljallangan holda yaratiladi.

    Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2018-yil 13 ta, 2019-yil 39 ta va 2020-yilda 131 ta elektromobil import qilingan. 2021-yilda esa O‘zbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 16,9 mln dollariga teng bo‘lgan 809 ta elektromobil import qilingan.

    Elektromobillar O‘zbekistonda 2018-yilda import qilina boshlagan bo‘lsa, ularni ilk quvvatlash stansiyasi 2020-yilda o‘rnatilgan. 2020-yilning oktabr oyida O‘zbekistonda Makro supermarketlar tarmog‘i tomonidan birinchi multirazyomli elektromobillarni quvvatlovchi stansiya o‘rnatilgan.

    Shundan so‘ng O‘zbekiston PlugShare — elektromobillarni dunyo bo‘yicha qayerlarda quvvatlash mumkinligini ko‘rsatadigan dunyo xaritasida paydo bo‘ldi. Ushbu sayt ma'lumotlariga ko‘ra, 2020-yil O‘zbekiston bo‘yicha 3 ta, 2021-yil iyul oyigacha bo‘lgan muddatda 25 ta, hozirgi holatiga ko‘ra esa 36 ta quvvatlash stansiyasi mavjud. Ular:
    • Toshkent shahrida — 18 ta
    • Toshkent viloyatida — 5 ta
    • Farg‘ona viloyatida — 8 ta
    • Namangan viloyatida — 3 ta
    • Samarqand viloyatida — 2 ta

    Foto: Skrinshot PlugShare

    Foto: Skrinshot PlugShare
    Prezident qaroriga asosan 2021-yilning 3-fevralida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli UNG Petro tasarrufidagi Toshkent shahridagi 2 ta – Chilonzor tumani Baynalmilal ko‘chasi 100A-uydagi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani Chinobod ko‘chasi bo‘yidagi AYoQShda o‘rnatilgan.

    O‘sha yilning fevral oyi o‘rtalariga kelib Makro avvalgi eksperimentidan ilhomlanib, O‘zbekistonda elektromobillar uchun birinchi quvvatlantirish stansiyalar tarmog‘ini qura boshladi. Shu tariqa O‘zbekiston bo‘ylab elektromobillar uchun infratuzilmani rivojlantirish maqsadida, turli — Makro, Megawatt, Tok Bor, UNG Petro kabi kompaniyalar ham shahar va viloyatlar bo‘ylab elektromobil quvvatlash stansiyalarini o‘rnatib kelmoqda. Ba’zilari esa mashinalar komplektida sotish yoki xaridorning uyiga o‘rnatib berishni ham yo‘lga qo‘ygan.

    Davlat tomonidan elektromobillarga beril(adi)gan imtiyozlar

    Elektromobillarning nafaqat haydovchiga qulayligi, balki ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishda ham foydaliligi inobatga olinib, O‘zbekistonda ham ommalashtirish maqsadida bir qancha rag‘bat va imtiyozlar yaratish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Xususan:

    • 2019-yilning dekabrida O‘zbekistonga import qilinadigan elektromobillarga qayta o‘rnatilgan bojxona boji bekor qilindi;
    • import qilinadigan elektromobillar aksiz solig‘idan ozod qilindi;
    • 2021-yil 14-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan qonunda O‘zbekistonda elektromobillar avtotransport yig‘imidan ozod etilishi belgilandi;
    • jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida aytib o‘tilishicha, elektromobillar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish tizimi yaratiladi;
    • elektromobillar va ularning asosiy tarkibiy qismlarini tajriba-eksperimental usulda ishlab chiqarish bazasi tashkil etiladi va ularning asosiy butlovchi qismlari ishlab chiqariladi;
    • respublikada ishlab chiqarilgan yangi elektromobillarni sotib olganlik uchun yig‘im, shuningdek, elektromobillar (shu jumladan, mashina to‘plamlari) utilizatsiya yig‘imi bekor qilinadi;
    • elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘i yanada rivojlantiriladi.

    O‘zbekiston hukumatining 2020-yil 29-dekabrdagi qarorida “O‘zavtosanoat”ni faqat elektrodvigatelda harakatlanuvchi yengil avtomobillar va mototransport vositalari ishlab chiqarishga o‘tkazish maqsadi oshkor etilgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    O‘zbekistonda elektromobillar uchun maxsus davlat raqamlari joriy etilgan. Raqam boshidagi region tartib raqamining tablichkasi yashil rangga o‘zgartiriladi. Avvalgi raqamni saqlab qolish uchun YPXga ariza yoziladi.

    Foto: “tadviser.ru”

    Foto: “tadviser.ru”
    Elektromobillarni import qilishda mashina narxiga 15 foiz QQS va bojxona to‘lovlari qo‘shiladi. Hozir 3 foiz — yo‘l solig‘i olib tashlangan. Masalan, ichki yonuv dvigatelli 2020-, 2021- va 2022-yillarda chiqqan avtomobillarni olib kirish narxi 40 ming dollardan yuqori bo‘lsa, 40 foiz narxi to‘lanadi. Odatiy avtomobillardan 1x1 (teng) miqdorda QQS to‘lovi undiriladi. Elektromobillarga esa 15 foiz QQS va bojxona to‘lovi to‘lanadi. Agar elektromobil tashkilot uchun xarid qilinadigan bo‘lsa, hisobga olingan QQS olish mumkin. Ya’ni sotib olinayotgan payt avtomobil 15 foiz QQS bilan sotib olinadi. Xaridor sotib olganidan keyin uni hisobga olingan QQS qilib, boyagi 15 foizni qaytarib olishi mumkin. Agar keyinchalik tashkilot nomidan sotmoqchi bo‘lsangiz, siz 15 foiz QQS to‘laysiz. Agar avtomobil 350 ming dollarga olingan bo‘lsa, 3-4 yil o‘tgach, tabiiyki, eskiradi va 200 millionga baholansa, shu narxidan QQS to‘lanadi.

    Mirvohidov Mirsardor Mirzohidovich Megawatt elektromobillar sotuv bo‘limi menejeri

    Elektromobillarning boshlang‘ich narxlari e’lonlar saytida 10 ming dollardan boshlanadi.

    Quyida ba’zi turdagi elektromobillarning eksport qilayotgan davlatdagi va O‘zbekistondagi taxminiy narxlari bilan tanishish mumkin:

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva

    Foto: “Daryo” / Muqaddas Musayeva
    Elektromobillarning boshqa transport vositalaridan farqlari:
    • elektromobillar odatiy avtomobillarga nisbatan kamxarj;
    • yo‘llarda deyarli ovoz chiqarmay harakatlanadi;
    • qimmat, katta hajmli va har doim ham ishonchli bo‘lmagan tezkor o‘tkazmalar qutisi kerak bo‘lmaydi;
    • motor moyi sarflamaydi;
    • elektromobil rekuperativ tormozidan o‘zining elektron akkumulyatorini qayta quvvatlash uchun foydalanishi mumkin;
    • elektroenergiya ishlab chiqaruvchi amortizatorlaridan ham qayta quvvatlash uchun foydalanish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    Mutaxassis: Benzin bilan elektr quvvatlash narxlari o‘rtasidagi farq haqida tasavvur paydo bo‘lishi uchun: taxminan, 25 ming so‘mlik quvvatlash — 500 km masofaga yetadi. Boshqa mashinalarning benzin baki to‘ldirilishi uchun 400 mingdan 900 minggacha pul sarflanadi.

    Shaxsiy tajriba

    2020-yil sinov tariqasida boshqarib ko‘rgach, uni benzinli avtomobillardan ancha ustun, deb bilgan bloger Umid Gafurov o‘sha yilning sentabr oyida elektromobil sotib olgan. U o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yangi avtomobili bo‘yicha xulosalarini yozib qoldirgan.

    U xarid qilgan elektromobil to‘liq quvvatda 318 km yurishi aytilgan. Biroq avtomobil to‘liq quvvat bilan 280-300 km masofa bosgan. “Elektromobillarda qishda quvvat 20-30 foiz kamroq bo‘ladi va shuning hisobiga 318 km emas, 220-250 km atrofida yuradi”, — deb yozadi.

    Blogerning aniqlik kiritishicha, ko‘p qavatli uylarda yashagani uchun uyda quvvatlash imkoni yo‘q. U foydalanadigan quvvatlash joyida soatiga 7 kVt tok beradigan stansiyasi bor — 1 kVt/soat quvvat 450 so‘m.

    Qo‘shimcha ravishda soatiga 5000 so‘m xizmat haqi mavjud. Agar quvvat to‘lib qolsa va mashina olib ketilmasa, soatiga 3000 so‘m avtoturargoh to‘lovi ham bor. Ta’kidlanishicha, bu to‘lov joyni tezroq boshqa elektromobillarga bo‘shatishga undash uchun qilingan.

    “Ba’zi joylarda soatiga 30, 40, 60 kVt/soat beradigan stansiyalar bor. Ular mashinani 1 soatga yetmay 100 foiz quvvatga to‘ldirishi mumkin. Lekin bunday quvvatlash akkumulyator uchun zarar, – deydi Umid Gafurov. – 3,5 kVt/s bo‘lgan quvvatlash stansiyalarida to‘liq quvvatlash uchun 8-10 soat vaqt ketadi”.

    “Daryo” qo‘shimcha ma’lumot olish maqsadida Umid Gafurov bilan bog‘langanida, u elektromobillar haqida hali ham ijobiy fikrdaligini va yuqoridagi post joylanganidan so‘ng ikkinchi, uchinchi elektromobilini ham sotib olganini (avvalgisi bilan almashtirganini) ma’lum qildi hamda quvvatlash bo‘yicha ushbu raqamlar bilan bo‘lishdi:

    Foto: Umid Gafurov

    Foto: Umid Gafurov

    Batareykalar yil o‘tgani sari kamroq masofaga yetadimi?

    Umid Gafurov akkumulyator qanchalik to‘g‘ri ekspluatatsiya qilinsa, shuncha ko‘pga yetishini yozgan.

    Deyarli barcha ishlab chiqaruvchilar akkumulyatorlarga 150 ming km yoki 8 yil kafolat beradi. Bu muddatdan keyin 100 foiz emas, 70-80 foiz ishlaydi.

    Chunki vaqt o‘tgan sari akkumulyator degradatsiyaga uchraydi, ya’ni resursi kamayadi. Masalan, 300 km emas, 200 km yuradigan bo‘ladi. Bu haqda “Daryo” bilan suhbatda bo‘lgan mutaxassis qo‘shimcha ma’lumotlar bilan bo‘lishdi:

    Vaqt o‘tgan sayin har narsaning eskirishi tabiiy. Eski model akkumulyatorlarida to‘liq masofaga yetish quvvati 1 foizgagina kamayishi mumkin. Bu ham kuchli bosim bilan haydash va katta kuchlanish bilan qo‘zg‘atish oqibatida kamayadi.

    So‘nggi markali avtomobillarning quvvatini 0 foizga tushirib, 100 foizgacha to‘ldirsangiz ham hech qanday muammo bo‘lmaydi. 0 foizgacha ishlatish, albatta, quvvatlash imkoni yaqin bo‘lganidagina tavsiya etiladi. Avvalgi akkumulyatorlarni esa 90-95 foizgacha to‘ldirish, 10 foizga yetganida stansiyaga ulash tavsiya etiladi.

    Avtomobil akkumulyatorining yetish foizi havo harorati o‘rtacha bo‘lganida ortishi ham mumkin. Ammo kun sovuq bo‘lganida kamroq muddatga yetadi. Sababi akkumulyatorda sovuqda o‘z hajmi va xususiyatini saqlash uchun o‘zida zaxira quvvat ushlash holati yuzaga keladi.

    Mirvohidov Mirsardor Mirzohidovich Megawatt elektromobillar sotuv bo‘limi menejeri

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bir martalik to‘liq quvvatlash necha kilometrga yetadi?

    Bu mashinaning akkumulyator sig‘imiga bog‘liq. Masalan, bir mashinada 70 kVt, boshqasida 65 kVt. Lekin 70 sig‘imli avtomobil 420 km yuradi, 65 kVt esa 520 km masofani bosishga yetadi. Sababi 65 sig‘imga ega elektromobilning faqat orqa ballonlari, boshqasining 2 ta elektr dvigateli bo‘lib, 4 orqa va oldi ballonlari ham tortadi.

     

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    “Ba’zi kompaniyalar ayrim markali mashinalariga qo‘shimcha sifatida quvvatlash stansiyalarini ham birga chiqaradi. Nega barcha markalarda yo‘q? Xitoyni oladigan bo‘lsak, har qadamda stansiyalar o‘rnatilgan. Va o‘z-o‘zidan mashina komplektida unga ehtiyoj bo‘lmaydi. Eksportga chiqarilayotgan avtomobillarga esa qo‘shib chiqarishi mumkin”, — deya izoh beradi Mirsardor Mirzohidovich.

    Elektromobillar ekologik toza, ichida yonuv dvigateli o‘rniga elektrodvigatel bo‘lgani uchun o‘zidan zaharli havo, karbonat angidrid chiqarmaydi, suyuq yoqilg‘ini tejashga imkon beradi. Tashqaridan havoni faqat konditsiyalash maqsadida yutadi.

    Mashina saloniga filtr orqali toza havo kiradi. Shovqinsiz harakatlanishi, boshqarishdan oldin qizdirishga to‘g‘ri kelmasligi – uning qo‘shimcha qulayliklari sifatida ko‘riladi. Ba’zi xohlovchilar uchun uning sun’iy ovoz chiqarish moslamasi mavjud. Kamxarjligi esa biz o‘zbeklar uchun ayni muddao.

    Mutaxassis muammo sifatida faqat quvvatlashga ketadigan uzoqroq vaqtni ko‘rsata olishini aytdi. Bu, albatta, siz foydalanayotgan stansiyangiz qancha tok berishiga ham bog‘liq. Quvvatlash stansiyalari ham hali yetarli emas.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    Kompaniya shaharda o‘rnatgan stansiyalari 38 volt, viloyatlarga chiqqanda uzoq masofalarda muammo bo‘lmasligi uchun trassa bo‘ylab o‘rnatilgan 6 ta stansiya – 30 volt quvvatlash tezligiga ega. Bu degani — 66 kVt li mashina akkumulyatori 2 soatda to‘ladi.

    220 voltli stansiyalar uylarga o‘rnatilganida foydalanuvchi mashinani kechasi — foydalanishga zarurat bo‘lmaydigan vaqtda quvvatga qo‘yishi maqsadga muvofiq. Chunki mashina 8 soatdan 10 soatgacha 0 dan 100 foizgacha to‘liq quvvatlanadi.

    Agar kunlik bosiladigan kilometrlar kamroq bo‘lib, mashina quvvati tugamagan bo‘lsa, 220 volt kuchlanishli stansiyada 3-4 soatda ham to‘ldirish mumkin.

    Mashinalarning ehtiyot qismlari ham biroz muammoli masala. Bu elektromobillarning bizda boshqa davlatlarga nisbatan endi ommalashayotgani, yangilik bo‘layotgani bilan ham bog‘liq. Shuning uchun buni vaqtinchalik muammo desak xato bo‘lmaydi.

    Hozir, taxminan, 70 foiz mashinalarning ehtiyot qismlari bor, 30 foiziniki esa zarur bo‘lganida buyurtma qilinadi. Ular odatda tez buzilmaydigan, urinmaydigan qismlar bo‘ladi. Avvalgi modellarniki topilishi mumkin, ammo yangilariniki yoki restayling, ya’ni ba’zi tashqi ko‘rinishiga, rangiga o‘zgartirish kiritilgan mashina qismlarini topish biroz qiyin. Bu hollarda ular buyurtma qilinib, aviaqatnovlar orqali olib kelinadi.

    Butun dunyo ekologiyasi va iqtisodiyoti to‘g‘risida qayg‘urib, uning kelajakda yaxshilanishiga qisman hissa qo‘shish maqsadida ichki yoqilg‘i dvigatellarida ishlaydigan mashinalardan asta-sekin voz kechib, tok orqali quvvatlantiriladigan elektromobillarga to‘liq o‘tish harakatida.

    Bu bo‘yicha Yevropa tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ularda elektromobillarni sotib olganlik uchun turli rag‘batlar ham mavjud. Masalan, Germaniyada elektromobil boshqaruvchilari avtoturargohlardan bepul foydalanishi mumkin. Norvegiyada esa davlatga elektromobillar endi kirib kelgan 90-yillardan boshlab, uni xarid qilmoqchi bo‘lganlar, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarda ancha qimmat bo‘lgan import bojidan ozod qilinadi.

    O‘zbekiston ham ular (elektromobillar)ni ommalashtirish maqsadida yuqorida aytib o‘tilgan imtiyozlar bilan qo‘llab-quvvatlamoqda. Imkoniyat, rag‘batlar kengayib, mashina olishni maqsad qilganlarga motivatsiya bo‘lishi, barcha birgalikda tabiatga foyda keltirmasa-da, zarardan asrashi, albatta, kelajagimiz uchun ham foydali.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    Foto: “Daryo” / Madina Nurmanova

    Eslatib o‘tamiz, “O‘zavtosanoat” elektromobillar ustida ish olib borayotgani ilk bor 2018-yil may oyida ma’lum bo‘lgan edi. Kompaniyaning o‘sha vaqtdagi rahbari Umidjon Salimov “yaqin ikki oy ichida elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha respublika konsepsiyasi tayyorlanishi”ni bildirgan edi.

    2020-yil noyabrida esa “O‘zavtosanoat”ning tadqiqot markazi muhandislari “yarim yil ichida” narxi 10 ming dollar atrofida bo‘ladigan, bir marta to‘liq quvvatlantirilgach 150 kilometr yo‘l bosa oladigan Labo elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilgan.

    “O‘zavtosanoat” kompaniyasining Strategiya bo‘limi boshlig‘i Rustam Qodirov 2021-yil mart oyida UzAuto Motors’ning Asaka shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida xalqaro tahlillardan kelib chiqib, kompaniya prognozlari bo‘yicha bizning sharoitda elektromobillar ishlab chiqarishni 2025-yildan keyin o‘ylab ko‘rsa bo‘lishini, shu bois hozirda elektromobillar borasida faqat konsepsiya yo‘nalishida ish olib borilayotganini aytgan.

    O‘sha yilning iyun oyida, “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan “O‘zavtosanoat” rahbari Shavkat Umrzoqov O‘zbekistonda elektromobillarni ommaviy ishlab chiqarish kichik biznes rivojlanganidan so‘ng boshlanishini aytib, Damas’ni elektromobillar xizmatidan ommaviy foydalanishga o‘tish yo‘lidagi muhim bir ko‘prikka tenglashtirgan.

    27.01.2022, 08:32   Izoh (0)   82327
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    UzAuto Motors — o‘rindiq isitish modeli va magnitafonsiz avtomobillar. Jahon avtosanoati komplektatsiyada nimalardan voz kechmoqda?

    25.01.2022, 08:20

    Toyota dunyo bo‘ylab barcha zavodlari yopilishini e’lon qildi

    21.01.2022, 14:11

    Retro avtomobillardan sportkarlargacha: Jahon yulduzlarining hashamatli avtoulovlari (foto)

    20.01.2022, 17:42

    Apple’ga raqobatdosh UzAuto, o‘rindiqlar o‘rniga ko‘rpacha, No Insof Edition nomli yangi model. Avtomobillar magnitolasiz ishlab chiqarilishi haqidagi xabar ijtimo...

    19.01.2022, 20:13

    UzAuto Motors Lacetti va Cobalt vaqtincha magnitolasiz yetkazib berilishini ma’lum qildi

    19.01.2022, 11:56

    “Dakar rallisi — 2022”ning yodda qoladigan lahzalari (foto)

    15.01.2022, 10:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” va “Borussiya D” chorak finalga yo‘l oldi (video)

    Sport | 2 iyul, 09:34

    Air China O‘zbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsatnoma oldi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 09:32

    Noutbukni doimiy zaryadga ulagan holda ishlatish mumkinmi?

    Maslahatlar | 2 iyul, 09:19

    “Isroil G‘azoda 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish shartlariga rozi bo‘ldi” — Tramp

    Dunyo | 2 iyul, 09:10

    Putin 2022-yildan beri ilk bor Makron bilan telefonda muloqot qildi

    Dunyo | 2 iyul, 08:37

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.