• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    “Biz ham hayotning tekis ko‘chalarida yurishni xohlaymiz”. Kutilmaganda oyoq-qo‘li ishlamay, bir kunda harakatdan qolgan Gulnoza Saidova kechinmalari

    Inson hayoti davomida taqdirning turli sinov va qiyinchiliklariga duch keladi. Shu kabi sinovlarni yengishda kimdir o‘zida kuch topa olsa, kimdir yengiladi. “Daryo” dunyoga kerakligini his etib yashaydigan, Allohning mo‘jizasidan umid uzmagan va o‘zidek jismoniy imkoniyati cheklangan ko‘plab insonlarni faol hayotga qaytarayotgan Gulnoza Saidovaning bir kunda nogironga aylanib qolish hikoyasini taqdim etadi.

    Hayotning siz uchun tayyorlab qo‘ygan sinovli kunlari bor

    — Xorazm viloyatining Urganch tumanida tug‘ilganman. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (universiteti)da o‘qiganman. O‘qishda faolligim tufayli guruh sardori bo‘lganman. Turmush qurib, onalik baxtiga erishganman. Lekin hayotning o‘ziga yarasha, siz uchun tayyorlab qo‘ygan sinovli kunlari bor ekan. Kunlarning birida ertalab ko‘zimni ochsam, oyoq-qo‘lim ishlamayapti. Ammo ko‘zim ko‘rib, nafas olyapman. Nima bo‘lganini tushunmadim, o‘shanda insult degan kasallik bor ekanini ham bilmas edim.

    Sog‘lom yurgan odam, qaysidir narsalarni fojia, katta muammo deb qaraganim yoki ko‘p orzu-havaslarga berilib, ortidan ortiqcha yuklama bilan yurganim uchun asab tizimimda o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Poliartrit degan bo‘g‘im kasalligi bilan mikroinsult kasalligi barobar kelgan. Turli yo‘qotishlar tufayli umurtqamda tortishish paydo bo‘lgan va ichki titroqni his qilardim.

    Odam hayotda hamma narsaga tayyor turishi kerak ekan. Yo‘qotishlarga ham, muvaffaqiyatga ham, omad-u omadsizlikka ham. Asab tizimim ishdan chiqishi sabab Allohning fayzli kunlariga, ya’ni o‘tirib ishlash rohatiga erishdim. Meni umidvorlik ushlab turdi. Shu tarzda yashashga sekin ko‘nikdim. Oldin yurardim, sog‘lom edim. O‘qidim, ishladim, oila qurdim va farzand ko‘rdim. Endi yurmay qoldim. Lekin tirikman, nafas olyapman, ko‘zim ochib-yumiladi, lekin harakat yo‘q. Nima qilish kerak? Nafas olib, bitta ko‘z ochib-yumish bilan yashab bo‘lmaydi, hayot davom etmaydi-da! Unga mazmun berish kerak.

    Nogiron ekanimni oxiri tan oldim...

    Sergeli va Yangihayot tumani Nogironlar jamiyati raisi Gulnoza Saidova

    Sergeli va Yangihayot tumani Nogironlar jamiyati raisi Gulnoza Saidova
    Foto: Gulnoza Saidovaning shaxsiy arxividan

    — Hayot davom etishi kerakligini tushunsam-da, nimadan davom ettirishni bilmasdim. Uyda oyoq-qo‘lim ishlamay yotgan vaqtlarim televizorda Respublika tadbirkor ayollar uyushmasi raisi aravachada o‘tirib, intervyu berdi. “Bizga ishoning, imkon bering!” shu jumla diqqatimni tortdi negadir. Mavzu nogironlik haqida edi. Avval o‘zimni bemor deb his qilgan bo‘lsam, shundan so‘ng nogiron ekanimni tushunganman.

    O‘sha ayolni topib bordim va nogiron bo‘lib qoldim, lekin ishlashim kerak dedim. U ayol nogironsan-ku, qanday ishlaysan, degan. Tabiatan tez yig‘lab yuboradigan bo‘lsam ham, o‘shanda yig‘lamaganman. Bilmayman, ammo ishlashim kerak, deb javob qaytarganman. Shunda bo‘ldi, sen o‘tding degan. U inson ham sog‘lom bo‘lgan, hokimiyatda ishlagan va kasallik sabab nogiron bo‘lib qolgan ekan. O‘zi ham “nogiron” so‘zi sabab turli to‘siqlarga uchragan va boshqalarning irodasini shu jumlani ishlatish orqali sinovdan o‘tkazar ekan.

    Ko‘chadagi boshqa odam aytgandan ko‘ra, nogironga nogiron aytgani dalda bo‘larkan. Xullas, nogironligimni tan oldim. Ya’ni jismoniy nogiron ekanimni. Ammo ichimdagi shijoat nimadir qilishim kerak derdi. Shu tariqa to‘garaklarga a’zo bo‘lib, jismoniy imkoniyati cheklangan bo‘lsa ham, aqlan yetuk insonlar bilan tanishdim. Seminar, treninglarda qatnashib, nogironlik mavzusiga kengroq kirib bordim. 2009—2010-yillarda viloyatlarda aynan nogironlarning hayotga integratsiyasini rivojlantirish masalasida seminar-treninglar o‘tganman.

    Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov Gulnoza Saidovaga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishonini topshirmoqda.

    Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov Gulnoza Saidovaga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik ko‘krak nishonini topshirmoqda.
    Foto: Gulnoza Saidovaning shaxsiy arxividan

    Ma’naviy to‘siqlar yo‘qotildi, ammo... 

    Boshida nogironga aylanib qolganimni tushunmaganman. Chunki nogironlar ko‘chada bo‘lmagan, kimdir uyalgan, boshqalarda buning gunohi borki, shunday sinalyapti degan tushunchalar bo‘lgan.

    Bizning ko‘chalarda nogironlar harakatlanishi uchun qulay sharoitlar hali yaratilmagan. To‘siqlar juda ko‘p. Ma’naviy to‘siqlar yo‘qotildi. Mening ham teatrga, konsertga borgim kelardi. Nogiron sifatida birinchi marta ko‘chaga chiqqanimda, muzeydagi eksponatga qaragandek tikilishgandi.

    Foto: Gulnoza Saidovaning shaxsiy arxividan

    Prezident farmonlar chiqaryapti, ijrosiga kelganda ayrim tashkilotlar orqada qolyapti. Nogironlar uchun qulaylik deganda inson harakatlana olishi uchun joy bo‘lishi kerak. Bizning tadbir va ko‘plab loyihalarimiz bor. Lekin rejalarni amalga oshirish uchun biror maktab rahbari, mahalla raisiga murojaat qilishim kerak yoki xiyobonlarda o‘tkazishim kerak.

    Bir kunda nogiron bo‘lib qolganman, kelajakda yana bir kun kelib Allohning mo‘jizasi bilan ertalab uyg‘onsam, oyoqqa turib ketishni orzu qilaman.

    Suhbatning to‘liq variantini “Daryo“ning YouTube’dagi sahifasi orqali tomosha qilishingiz mumkin.

    Sevara Mirzarahimova suhbatlashdi.

    Tasvirchi va montajchi – Ilhomjon Xursanaliyev

    22.04.2022, 13:25   Izoh (0)   37570
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.