• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘qituvchi majburlab suv ichirgan, ammo barg yedirmagan”. Andijondagi xo‘rlangan o‘quvchi voqeasi haqida

    Andijon viloyatining Izboskan tumanida maktab o‘qituvchisi darsga kech qolgan o‘quvchiga majburan suv ichirgani, nok bargini yedirib, jazolagani haqida xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashganlarning aytishicha, Oliy ta’lim muassasasining 3-bosqichida o‘quvchi talaba o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisiga 2 litr ariq suvini ichirgani rost.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    O‘quvchini jazolagan o‘qituvchining aytishicha, u darsga kechikkan o‘quvchidan qayerdan kelayotganini so‘ragan. O‘quvchi esa bunga javoban o‘qituvchiga ters gapirgach, o‘rtada tortishuv kelib chiqqan.

    “Andijon davlat universitetining geografiya fakulteti 3-bosqich talabasiman. Ushbu maktabga 2022-yilning 7-fevral kunidan beri geografiya o‘qituvchisi sifatida ishga kelaman. O‘sha kuni navbatchi edim. O‘quvchimiz ikkinchi soatning o‘rtalarida maktabga kirib keldi. Sababini so‘raganimda ortiqcha gapirib, gap qaytardi. Shuningdek, o‘quvchining ‘shifoxonadan kelyapman, uydagilar o‘qituvchimga aytib qo‘yishgan’, degan gapi ham yolg‘on bo‘lib chiqdi. Aslida u daladan kelayotgan ekan. Shunga qaramasdan o‘quvchi savolimga ‘Sizning ishingiz nima?’, deya gap qaytarishda davom etdi. Keyin unga o‘zingni bosib ol deb, o‘zim iste’mol qilayotgan suvdan ichirdim. Gap qaytarmasligi kerakligi haqida tushuntirish berib darsga kiritib yubordim. Oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, u qorni og‘riyotganini aytganidan keyin qishloq vrachlik punktiga olib bordim. Shifokorlarning aytgan gaplariga qaramasdan u tibbiy ko‘rikdan bosh tortib, uyiga ketib qoldi. Bor vaziyat shundan iborat. Bo‘lgan voqealarda o‘zimni oqlash niyatida emasman. Yosh o‘qituvchi sifatida bilmasdan xato qilib qo‘yganim uchun barcha hamkasblarim va ota-onalardan uzr so‘rayman”, — deydi o‘qituvchi.

    O‘quvchiga majburan suv ichirgan o‘qituvchi.

    O‘quvchiga majburan suv ichirgan o‘qituvchi.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Farida Usmonovaning aytishicha, u yig‘ilishdan kelganida dars o‘tayotgan o‘qituvchilardan biri o‘quvchini tashqariga olib chiqqan.

    “Bu o‘qituvchimiz o‘sha kuni navbatchilikda turib, kech qoluvchi o‘quvchilarning kirdi-chiqdisini nazorat qilib turgan. O‘quvchi shu kuni ikkinchi soatdan ham kech qolgan. Voqeadan xabar topganimdan so‘ng o‘quvchi bolani chaqirdim-da, holatini aniqlashtirdim. O‘qituvchidan nima qilding deb so‘rasam, ozgina suv ichirganman dedi. Tezda ambulatoriyaga olib chiqishni buyurdim. U yerda shifokor ko‘rib qo‘yay desa, o‘quvchimiz uyiga ketib qolibdi. Uyda tez yordamga telefon qilishgan. Tez yordam borib, unga birinchi yordamni ko‘rsatgan. Men bundan hijolat bo‘lib, psixolog, ‘zamdirektor’, kasaba uyushma raisi, hattoki ‘uchastkovoy’ hamda mahalla yig‘inidagilarni olib, o‘quvchining uyiga bordik. Uyda e’tiborsiz qolmasin deb, shoshilinch tez tibbiy yordam filialiga olib keldik. Bu yerda Islombek degan yigit tekshiruv o‘tkazib, boladan hojatga borgan yoki bormaganini so‘radi. O‘quvchi ikki-uch marotaba bordim deganida undan o‘tib ketibdi, hijolat bo‘lmanglar qo‘rqinchlik narsa emas dedi. Onasiga Poytug‘ga olib borishni taklif qilganimda ‘opa hijolat bo‘lmang, hammasi yaxshi, hozir ukol qilib qo‘ydi’, degandi. Shu bilan uyiga ketishdi. Boshqa salbiy holatlar yuz bergani yo‘q”, — deydi Farida Usmonova.

    Farida Usmonova.

    Farida Usmonova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Farida Usmonovaning qo‘shimcha qilishicha, shaxsan o‘zi o‘quvchini tuman markazida UZI va boshqa ko‘riklardan o‘tkazgan. Ambulatoriya shifokorlar davolanishga muhtoj emasligini bildirib, uyga javob bergan.

    “Ertasi kuni o‘qituvchi va psixolog bilan birga o‘quvchimizdan xabar oldik. Chunki u o‘zimning jiyanim. Keyin o‘quvchining dadasiga qo‘ng‘iroq qildim. U Toshkentdaligini aytdi. Undan hijolat bo‘lmasligini o‘zim turganimni aytib, ertasiga tuman markaziga olib borib, shaxsan o‘zim UZI ko‘rigidan o‘tkazib, qon va siydik tahlillarini qildirdim. Hammasi yaxshi ekan. Markazda ham ko‘rsatib bo‘lib, yonimizdagi poliklinikaga olib kirib, pediatr vrachga ko‘rsatdim. Vrach UZI qog‘ozlari yaxshiligini, davolanishga muhtoj emasligini aytdi. Boshqa hech narsa bo‘lgani yo‘q” — deydi Farida Usmonova.

    Lo‘g‘umbek qishloq vrachlik punkti umumiy amaliyot shifokori Zulxumor Suyarovaning ma’lum qilishicha, tahlil natijalari toza chiqqani va kasallik tasdiqlanmagani uchun o‘quvchiga muolaja yozib bermagan. Aksincha, qayta “analiz” topshirishni tavsiya qilgan.

    “Ular 2022-yilning 8-aprel kuni qabulga keldi. Shikoyat oshqozon sohasida og‘riq ekanini aytishdi. Nima bo‘lganini so‘rasam, suv ichganman dedi. Keyin u bolaga birinchi yordam ko‘rsatish uchun og‘riq qoldiruvchi dori buyurdim. Shu bilan chiqib ketishdi. Orqasidan surishtirsam u bola o‘sha kuni ukolni olmasdan to‘g‘ri uyiga ketib qolgan ekan. O‘sha paytda o‘qituvchisi yonida edi. Ertasi kuni yana qabulga ammasi va o‘qituvchi bilan keldi. Poytug‘ga borib UZIga tushgan bo‘lgan, analiz qog‘ozlari bilan keldi. UZI qog‘ozida piyelonefrit deb bergan. Lekin tahlillari toza chiqqan. Shuning uchun hech qanday shamollash belgilarini ko‘rmadim. Shunda qayta analiz topshirishlarini so‘raganman. Kasalligi tasdiqlanmagani uchun unga muolaja yozmaganman. Chunki, tahlillari UZIga mos kelishi kerak edi, mos kelmagan. Ammo boladan biror joying og‘riyaptimi desam shikoyat qilmagan. Yaxshiman deb yonimda o‘ynab kulib, chiqib ketgan”, — deydi Zulxumor Suyarova.

    Zulxumor Suyarova.

    Zulxumor Suyarova.
    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    O‘quvchining onasi “Daryo” muxbiri bilan suhbatda o‘qituvchi ularning qarindoshi bo‘lishini, qarindoshlar o‘rtasida hech qanday adovat yo‘qligini aytib, u o‘g‘liga archa yeyishni buyurganini, ammo o‘g‘li archa yemaganini bildirgan. O‘quvchining sinfdoshlari ham o‘qituvchining sinfdoshiga majburlab suv ichirganini aytmoqda.

    Izboskan tumani hokimligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida holat yuzasidan raddiya e’lon qilinib, “o‘qituvchi o‘sha kuni maktabda navbatchi sifatida faoliyat olib borgan. Shu sababli tartib-qoidaga mas’ul sifatida ish ko‘rgan. Darsga kech qolgan o‘quvchidan kech qolganining sababi so‘ralganida o‘quvchi uy yumushlari bilan kech qolganligini aytmasdan suv ichishga chiqib, kech qolganligini bildirgan. O‘rganish jarayonida bu holatni uning do‘stlari va sinfdoshlari ham tasdiqlagan”, deyiladi.

    Shuningdek, hokimlik fan o‘qituvchisi o‘quvchi o‘z jiyani bo‘lganligi sababli unga tanbeh berganini, bolada hech qanday kasallik kuzatilmaganini, bola shifokor ko‘rigidan o‘tishdan bosh tortib, uyiga qochib ketganini yozgan.

    Hokimlik axborot xizmati rahbari “Daryo” muxbiri bilan suhbatda “Dars o‘quvchi uchun tartib-qoida asosida o‘tiladi. Bu o‘qituvchi ba’zi o‘qituvchilardek o‘quvchini savalamagan. O‘quvchining o‘z yolg‘oniga qarshi ish qilgan. Ya’ni chanqagandim degan, o‘qituvchi suv ichirgan. Bu bilan men o‘qituvchining yonini olmayman. Pedkengash’da bu o‘qituvchi masalasi ko‘rilgan. Lekin, o‘quvchi ham yoshlikdan tartib qoidaga asosan ish ko‘rmasa, ertaga kim bo‘ladi? Hamma o‘z ishini bilib qilsa, bunday holatlar bo‘lmaydi-ku”, — deydi hokimlik vakili.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    18.04.2022, 18:13   Izoh (0)   20605
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi tanishi tomonidan urib o‘ldirildi

    18.04.2022, 17:24

    Respublika suv omborlarida yig‘ilgan suv zaxirasi yetarli emas — Suv xo‘jaligi vazirligi

    18.04.2022, 17:11

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

    18.04.2022, 16:58

    YPX xodimining xizmat vaqtida olingan videolarini uning ruxsatisiz ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bo‘yicha qaror loyihasi hali oxiriga yetkazilmagan — IIV

    18.04.2022, 16:39

    Qashqadaryodagi bankomatlarda naqd pul yo‘qligi, “obnalchi”lar esa katta foiz evaziga ishlayotgani aytilmoqda (video)

    18.04.2022, 16:28

    Toshkent viloyatida Isuzu bilan to‘qnashgan Lada-Largus’ning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi (video)

    18.04.2022, 16:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.