• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bekor yurgan ho‘kizlar, Navoiy urani evaziga 100 ming xalta konfet, O‘zbekiston kelajagiga doir 1992-yilgi bashoratlar. O‘zbek matbuoti 16-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” nomli yangi rukn orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 16-aprel, shanba

    1932-yili Jenevada qurolsizlanish konferensiyasi ochilgan edi. Konferensiyadagi muhokamalar doirasida 12-aprel SSSR tashqi ishlar xalq komissari Maksim Litvinov nutq so‘zlagan. Ushbu nutqning o‘zbekcha tarjimasi 16-aprel kuni “Qizil O‘zbekiston”da bosilgan. Uning quyidagi qismi e’tiborga molik: “Sho‘ro davlati hech qanday imperialist maqsadlarni ta’qib qilmaydi va o‘zining tabiati bo‘yicha ta’qib qila olmaydi, yangi tuproqlar va mustamlakalarni bosib olishga intilmaydi, birovlarning yerlari uchun mandat izlamaydi, o‘z grajdanlarini yoki mustamlaka manfaatlarini himoya qilish uchun boshqalarning yeriga o‘z qo‘shinini yuborgan emas va yubormaydi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    Gazetaning bu sonida O‘zbekiston Ta’minot xalq komissarligi (hozirgi zamon tili bilan aytganda — vazirligi)ning aprel oyida non bilan ta’minlash plani to‘g‘risidagi qarori ham berilgan. Unga ko‘ra, masalan, “militsiya, yong‘in oxranasi va osoaviaxim xodimlari, ilmiy xodimlar seksiyasiga a’zo bo‘lgan professorlar”ga kuniga 800 grammdan non beriladi. “Kunduzgi rabfak studentlari va FZU maktab o‘quvchilari, qizil partizan, sobiq qizil gvardiyachi, shaxsiy pensiya oluvchilar, Grajdan urushining invalid pionerlari”ga beriladigan kunlik non normasi esa 600 gramm etib belgilangan. Qarorning kirish qismida ta’kidlanishicha, non ta’minoti “mufassal tahlil qilingandan keyin nonni isroflash, non zapaslaridan foydalanganda shaxsiy manfaatparastlik, ta’min qilinuvchilar hay’atini ‘o‘lik jonlar’ va mehnatsiz unsurlardan tozalash yo‘lida qat’iy kurashning bo‘lmasligi” kabi holatlar aniqlangan.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    Qolgan o‘rinlardagi asosiy mavzu esa har doimgidek — chigit ekish. Qay kolxoz o‘rnak, qay kolxoz qoloq, qayerda partiya topshiriqlari so‘zsiz bajarilyapti-yu, qayerda no‘noqlik qilinyapti — bir xil hisobotlar, faqat, avvalgi sonlardagi xabarlardan farqli ravishda joy va kolxoz nomlari, qoloq va ibratli ishchi-dehqonlarning ism-familiyalari o‘zgargan, xolos. “Parkent kolxozlaridagi tekischilik tugatilsin” sarlavhali xabar bunga bir misol: “‘Ohangaron’ kolxozida ho‘kiz qo‘shga yer haydash normasi 2 tanob va otlarga ham 2 tanob qo‘yilgan. Vaholanki, ho‘kizga bir yarim tanob, otning kam kuchiga 3 va baquvvatiga 4 tanob bo‘lishi lozim edi. ‘Qizil mehnat’ kolxozida 3 ta ho‘kiz bekor yuradi. ‘Kommuna’ kolxozi hozirgacha ekin planini bilmaydiki, hali paxta yeriga qo‘sh ham solgani yo‘q. Kolxozlarda mashina bilan ishlash yo‘q. ‘Hulkar yulduz’ kolxozining o‘zida 20 ga yaqin pluglar ishlatmasdan zang bosib yotadi. Boshqa kolxozlarda ham bunday ahvollar bor”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    60 yil avval. 16-aprel, dushanba

    O‘zbekistonda 1962-yilning 16-aprel kuni markaziy gazetalar chop etilmagan.

    30 yil avval. 16-aprel, payshanba

    “Xalq so‘zi”da prezident Islom Karimovning 11—14-aprel kunlari Saudiyaga amalga oshirgan tashrifi haqida katta material berilgan. Unda ta’kidlanishicha, Saudiya podshosi Faxd bin Abdul Aziz as-Saud O‘zbekiston prezidenti bilan suhbatda, jumladan, shunday degan: “Hali vaqt kelib, O‘zbekiston ham dunyodagi taraqqiy etgan davlatlar o‘rtasidan o‘rin olishiga shak-shubha yo‘q. Ammo hozir iqtisodiy ahvollaringiz u qadar oson emas. Biz shu qiyin paytda sizlarga qo‘limizdan kelgan hamma yordamni ko‘rsatishga shaymiz”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    Materialda, shuningdek, Islom Karimov boshliq delegatsiyaning Makka va Madina ziyoratlari haqida ham ma’lumotlar berib o‘tilgan.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    E’tiborga molik bir xabar: “O‘zbekiston xalq deputatlari hamda Mudofaa ishlari bo‘yicha vazirlik vakillaridan iborat guruh Boltiqbo‘yi va Kavkazorti respublikalariga, Moldova va Ukrainaga uchib ketdilar. Ular ushbu mintaqalarda haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan yurtdoshlarimizni chaqirib olish to‘g‘risida respublika Oliy Kengashi Rayosati qarori bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radilar” (oradan 30 yil o‘tib, ne baxtki, O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining xorijdagi jangovar harakatlarda qatnashmasligi tarixiy qonunlar bilan mustahkamlab qo‘yilgan va bu, o‘rni kelganda, muntazam eslatib turiladi ham).

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    O‘zbek gazetalari Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi Oliy Kengashi raisi Artur Mkrtchyanning o‘limi yuzasidan ziddiyatli xabarlar bergan. “Xalq so‘zi” uning o‘z kvartirasida otib o‘ldirilgani, tergov boshlangani, qotil qidirilayotgani haqida yozgan bo‘lsa, “Toshkent oqshomi”dagi axborot boshqacharoq: “Dastavval u o‘z kvartirasida avtomatdan otib o‘ldirildi, deb xabar qilingan edi. So‘nggi ma’lumotlarda u baxtsiz hodisa qurboni bo‘lganligi aytiladi” (rasmiy talqin bo‘yicha ham Mkrtchyan quroldan foydalanishdagi ehtiyotsizlik oqibatida halok bo‘lgan). Umuman olganda, “Toshkent oqshomi” mustaqilroq yangiliklar xizmatiga egaligi prezident Islom Karimovning Saudiya Arabistoniga tashrifini yoritishda ham sezilgan edi — 14-aprel kuni “Xalq so‘zi” va “O‘zbekiston ovozi” kabi markaziy gazetalar “Prezident Saudiyaga ketdi” deb xabar bergan vaqtda “Toshkent oqshomi” Islom Karimovning Toshkentga qaytib bo‘lgani haqida yozgan edi.

    “Toshkent oqshomi” gazetasi “Kobuldan olingan xabarlar”ga tayanib yozishicha, “mujohidlar seshanba kuni kechqurun Bagram shahri yaqinidagi yirik harbiy aerodromni qo‘lga kiritgach, mamlakat poytaxtini Afg‘onistonning shimoliy rayonlaridan uzib qo‘ydilar. Ular hozir amalda butun Afg‘oniston hududini o‘z nazoratlari ostiga olganlar”. Keyingi xabarga ko‘ra, “Hindiston tashqi ishlar vaziri Natvar Singh Afg‘onistonning hozirgi prezidenti Najibulla Dehlidan o‘ziga boshpana topishi mumkinligini aytdi. Uning oilasi hozir shu shaharda turibdi” (Najibulla oradan to‘rt yil o‘tib Kobulda “Tolibon” jangarilari tomonidan o‘ldiriladi).

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    Darvoqe, Afg‘oniston mavzusi ochilganiga: “Xalq so‘zi”da KGB 9 yil, Markaziy razvedka boshqarmasi esa 1 yil shug‘ullanib ham uning kimligini “kashf qilolmagan”, shaharlar va mamlakatlar kelajagini “matematik falsafa” orqali bashorat qila oladigan Muhammad Sidiq Afg‘on haqida material berilgan (uning Toshkentga kelib qolganidan foydalangan holda, albatta). “Agar pasportingizning tartib raqami bilan tug‘ilgan kuningizni aytsangiz, u sizning o‘tmishu kelajagingizni batafsil aytib bera oladi”, — deb yozadi “Xalq so‘zi” muxbiri. Materialda Muhammad Sidiqning kelajakka doir ayrim bashoratlari ham keltirilgan: Gorbachyov 1995-yili BMTga rais bo‘ladi, 2000-yilgacha sobiq SSSR hududida 44 ta mustaqil davlat paydo bo‘ladi. O‘zbekiston-chi, O‘zbekiston bilan nima bo‘larkan, deb qiziqayapsizmi siz ham? “1997-yilda O‘zbekiston jahondagi eng rivojlangan davlatlar safiga qo‘shiladi. 2001-yilda esa respublikangiz onadan yangi tug‘ilgandek bo‘ladi”. Muxbirning qayd etishicha, “olimning bashoratlarida jon bor” va “umuman biz undan istagan sohamizda maslahat olsak bo‘ladi”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    Jamoatchilik nima deyapti? Toshkentlik Muhabbat Tursunova “Toshkent oqshomi”ning avvalgi sonlaridan birida chiqqan “‘Interqiz’ga tamg‘a kerak, ammo...” sarlavhali maqolaga munosabat bildirarkan, “behayo filmlar targ‘ib qilinayotganiga aslo befarq qarab bo‘lmas”ligini tan olgan, ayni vaqtda bu “markaziy (Moskva) televideniyedan mutlaqo voz kechish kerak, degan ma’noni ham anglatmasligi kerak”, deb hisoblaydi. “Avvalo, mazkur kanal orqali juda ko‘p yangiliklardan xabardor bo‘lib borayapmiz... Oilamizda uch farzandimiz bor. Ular, ayniqsa,.. Uolt Disney multfilmlarini zavq-shavqqa to‘lib tomosha qiladilar. O‘zim esa har hafta ‘Boylar ham yig‘laydi’ televizion filmini sabrsizlik bilan kutaman. Aytmoqchimanki, markaziy televideniye bilan hamkorlikda ishlashni yo‘lga qo‘yish kerak”, — deydi Muhabbat opa.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Ona Vatan” degan to‘g‘rimi yo “Ota yurt”? Qay biri o‘zbekona? Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent madaniyat oliygohi professori Malik Murodov “Toshkent oqshomi” sahifalarida shu haqda fikr yuritgan. “Yurtimizni ‘Ona Vatan’ deb atadik va atamoqdamiz. Vaholanki,.. o‘zbek xalqida Vatan qanchalik ulug‘lanmasin, ko‘tarib madh etilmasin, ona bilan atash bo‘lmagan. Aksincha, oilaning piru-badavlati, buzrukvori otaga tenglashtirilib, ‘Ota yurt’, ‘Ota diyor’ deb qadrlangan. Zero, yigit, ya’ni, kuyov kelinnikida qolmagan. Balki umr yo‘ldoshini ota diyoriga, ota xonadoniga olib kelgan... O‘zbeklarda ota-onadan paydo bo‘lgan zurriyot onasining ota-onasi qavm-qarindoshinikida vatan tutganini hech eshitganmisiz?.. Oilada, hayotda otalar obro‘sining tushib ketishi, avlod-farzandlar oldida qadrsizlanishiga ma’lum ma’noda ‘Ona Vatan’ tushunchasi sun’iy ravishda qo‘llanayotgani ham sababchidir”.

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Toshkent oqshomi” gazetasining 1932-yil 16-aprel sonidan lavha

    Tashqarida ishsizlik avjiga chiqayotgan, qimmatchilik hukm surayotgan, xalqqa ocharchilik xavf solib turgan, er-yigitlar aynan kambag‘alchilik, yo‘qchilikdan sinayotgan bir vaqtda davr professorlari yuqoridagi kabi mulohazalar yuritishga imkon va istak topa olganiga qoyil qolsa arziydi.

    Qo‘shimchasiga, yana bir xabar: “Xalq so‘zi” gazetasining xabar berishicha, “yaqinda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati xaridor topib, uran mahsulotini sotdi. Buning evaziga kombinat turli xil shirinliklar oldi. Bu shirinliklar Navoiy ishchilar ta’minoti boshqarmasida xaltachalarga joylandi. Jami 100 ming xalta bo‘ldi. Demak, 100 ming bolani xursand qilish mumkin... Kombinat direktori Nikolay Kucherskiy: ‘Biz mana shu zaminda yerosti boyliklarini qazib olmoqdamiz. Demak, butun viloyat aholisi bizning boyligimizga sherik bo‘lishi kerak’”.

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    “Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 16-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • Chang sabab kasalliklari ko‘paygan Qo‘qon, AQShga yetib olish va undan o‘zib ketish orzusi, 11 yillik ta’limni yo‘qotish taklifi. O‘zbek matbuoti 15-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Prezident saylovida yutqazgan Hitler, chigit ekayotgan oltiariqlik maktab o‘quvchilari, yomon merosni yomon ko‘radigan Azimov. O‘zbek matbuoti 14-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Millatlar ligasidan chiqaman deb po‘pisa qilayotgan Yaponiya, Tursunoyga ergashgan tojik qizlari, Saudiyaga yo‘l olgan Karimov. O‘zbek matbuoti 13-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • “Qizil O‘zbekiston”ga chiqqan Al Kapone, birinchi Kosmonavtika kuni, 95 foizi mashinada teriladigan paxta. O‘zbek matbuoti 12-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    16.04.2022, 07:30   Izoh (0)   56280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    Bir nafari halok bo‘lgan: Bosh prokuratura Toshkentda yetti bola basseynga cho‘kkani yuzasidan bayonot berdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 19:29

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.