• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chang sabab kasalliklari ko‘paygan Qo‘qon, AQSHga yetib olish va undan o‘zib ketish orzusi, 11 yillik ta’limni yo‘qotish taklifi. O‘zbek matbuoti 15-aprelda nimalar haqida yozgan?

    Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir eng yaxshi ustozligicha qolaveradi.

    Ham O‘zbekistonning, ham jahonning bundan 90, 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. Bundan o‘n yillar avval aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, jamoatchilikning munosabati qanday edi — bularning barini “Kun matbuoti tarixi” nomli yangi rukn orqali kuzatib borish mumkin.

    Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

    90 yil avval. 15-aprel, juma

    “Birinchi may tayyorlig‘i kuchaytirilsin” sarlavhali xabarga ko‘ra, 11-aprelda o‘rtoq Oxunboboyev raisligi ostida Birinchi may bayramini o‘tkazish markaziy komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tgan. Majlisda belgilanishicha, “1-may erta bilan Xalq komissarlari sho‘rosining binosi yonida markaziy minbar (tribuna) yasalib, bunda butun hukumat a’zolari Toshkent garnizonining paradini qabul qilajaqlar... Qizil maydon ichida bu vaqtda karnaval o‘tkazilajak. 2-mayda keng suratda ommaviy sayil (gulyaniya) o‘tkazilib,.. bu ommaviy sayilga xotin-qizlarning to‘la qatnashishlari uchun ularning bolalariga vaqtincha bolalar uylari tayinlanib, ular qiynalmasdan bolalarini shu uylarga qo‘yib ketarlar. Bu tomoshalar Bo‘zsuvda, Chirchiq bo‘yida va shahar istirohat bog‘larida o‘tkaziladi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 15-aprel sonidan lavha

    Yo‘ldosh Oxunboboyev bayram tayyorgarligi bilan band bo‘lsa, O‘zbekiston hukumati rahbari Fayzulla Xo‘jayev stadion qurish haqida o‘ylamoqda. “O‘zbekiston Markaziy Ijroqo‘mi qoshida o‘rtoq Fayzulla Xo‘jayev rayosati ostida butun O‘zbekiston jumhuriy stadionini (Toshkentda) qurish komissiyasi tuzildi, — deyiladi ‘Toshkentda jumhuriy stadion quriladi’ degan sarlavhali xabarda. — Yaqin kunlarda fizkultura oliy sho‘rosi tomonidan eng yaxshi loyiha uchun konkurs e’lon qilinadi. Stadionni qurish 1932-yil avgust oyiga tamomlanadi. Stadion butun O‘zbekiston spartakiadasi ochila turgan vaqtga borib tamom bo‘ladi”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Qo‘qonning suvi ichish uchun yaramaydi, shahar mehnatkashlariga toza suv juda zarur”, — deyiladi “Qizil O‘zbekiston”ning 1932-yil 15-aprel sonidagi “Qo‘qon shahri obod bo‘lsin” sarlavhali materialda. Shaharda vodoprovod ishlari faqat 7 protsent bajarilgan, bunga sabab qilib quvurlar yo‘qligi ko‘rsatiladi. “1930-yilda boshlangan yuqumli kasallar kasalxonasi tamom bo‘lagn hisob edi, hali vodoprovod yo‘q deb foydalanmasdan yotadi. Bu kasalxona juda zarur. 1930-yilda shaharda yuqumli kasallar 524 nafar bo‘lsa, hozir 17 barobar oshiq. Qo‘qonda kasallarning ko‘payishiga sabab chang va shaharning iflosligidir. Masalan, eski shahardagi bozor va Kattaxon masjid atroflari juda yomon iflos holda”.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1932-yil 15-aprel sonidan lavha

    60 yil avval. 15-aprel, yakshanba

    “Qizil O‘zbekiston”ning yakshanba soni muqovasi KPSS Markaziy Komitetining 1962-yil 1-may chaqiriqlari bilan to‘la. Bunday chaqiriqlar har yili Mehnatkashlar kuni arafasida gazetalarda e’lon qilinadi — faollar bu chaqiriqlarni alvon lattalarga yozib, 1-may paradlarida ko‘tarishlari uchun. Jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan bu chaqiriqlar orasida qiziq-qiziqlari uchraydi. Mana, masalan: “Shahar va qishloq mehnatkashlari! Zo‘r berib ishlab, kapitalizm bilan tinch iqtisodiy musobaqada tarixan eng qisqa muddat ichida g‘alaba qozonaylik! Aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish jihatidan Amerika Qo‘shma Shtatlariga yetib olaylik va o‘zib ketaylik!”. Bu o‘zi bayram chaqirig‘imi yo iqrornoma — hayron qolasan kishi.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 15-aprel sonidan lavha

    Gazetada sovet hukumati rahbari Nikita Xrushchyovning 12-aprel kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Garold Makmillanga yo‘llagan javob maktubi tarjimasi berilgan. “Uch davlat qo‘shinlarining G‘arbiy Berlinda turishiga tayanch bo‘lgan asoslar allaqachon yo‘q bo‘lib ketdi. AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya qo‘shinlari G‘arbiy Berlinga kelganlarida bizlarning mamlakatlarimiz ittifoqi mamlakatlar edi. Endi hamma narsa o‘zgarib ketdi. G‘arb davlatlari sotsialistik mamlakatlarga va, birinchi galda, Sovet Ittifoqiga qarshi qaratilgan agressiv NATO blokini tuzdilar. Endilikda G‘arbiy Berlindagi sizlarning qo‘shinlaringiz bizga ittifoqi mamlakatlarning qo‘shinlari emas, balki Sovet Ittifoqiga dushman bo‘lgan agressiv NATO blokining qo‘shinlaridir”, — deyiladi Xrushchyovning maktubida.

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 15-aprel sonidan lavha

    Sovet hukumati rahbarining xatida, shuningdek, bunday deyiladi: “Qattiq xalqaro kontrol ostida yoppasiga va batamom qurolsizlanish to‘g‘risidagi shartnomani tuzmoq uchun men istalgan joyga, istalgan kun va minutda borishga tayyorman. Shunday shartnoma tuzilsa, yadro sinovlari masalasi o‘z-o‘zidan hal qilingan bo‘lur edi, chunki shu shartnomaga muvofiq batamom yo‘qotilishi lozim bo‘lgna yadro quroli sinovlariga hech qanday ehtiyoj qolmagan bo‘lur edi”. Ayni vaqtda, Xrushchyov o‘zining bu taklifi Buyuk Britaniya va uning ittifoqchilari tomonidan qabul qilinishiga ishonmasligini ta’kidlagan.

    Gazetaning shtatsiz muxbiri Misr Muhammadiyev tomonidan yuborilgan “Tajribali ovchi” xabarida keltirilgan raqamlar bugungi kun o‘quvchisini dahshatga solishi ehtimoli yo‘q emas: “Qariyb 35 yildan buyon ovchilik qilayotgan Yunus Toirov o‘tgan vaqt mobaynida o‘nlab yirtqichlarni o‘ldirib, chorva mollarini xavf-xatarlardan saqlashda chorvadorlarga yaqindan yordam berdi. U shu yilning o‘tgan uch oyi mobaynida 70 ta tulki, 3 ta bo‘ri, 70 ta yovvoyi mushuk va 8 ta bo‘rsiq terisi topshirib, yillik topshiriqni 300 protsent bajarib qo‘ydi”. Qiziq, hozir Yakkabog‘da tulki va yovvoyi mushuk qolganmi?

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 15-aprel sonidan lavha

    30 yil avval. 15-aprel, chorshanba

    Asosiy mavzu — Mingbuloqda otilib chiqqan neft. Markaziy gazetalar bu mavzuda katta maqolalar e’lon qilgan. “Mingbuloq koni... bora-bora O‘zbekistonning neft mustaqilligini ham ta’min etadi, deb baholanmoqda”, — deyiladi “O‘zbekiston ovozi”dagi “Jahoniy ko‘rsatkich” materialida. Unda ta’kidlanishicha, kon “dastlabki kunlari, ya’ni 2—3-martda bir kecha-kunduzda 830—1000 kub metr neft berayotgandi. So‘nggi kunlarga kelib, 10 ming kub metr mahsulot yer qa’ridan katta bosimda otilib chiqdi. Ilova tarzida aytib qo‘yish kerakki, Erondagi neft qudug‘i bir kecha-kunduzda 11 ming kub metr mahsulot berayotgan bo‘lsa, neftchilikda mashhur sanalgan Kuvaytning eng katta qudug‘i 7—8 ming kub metr shunday mahsulot berib turibdi”.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 15-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Agar bugun prezident saylovi o‘tkazilguday bo‘lsa, Islom Karimov 95 foiz ovoz olardi. Bunga aminman, — deydi Oliy Kengashga Xalq demokratik partiyasi (XDP)dan saylangan deputat Rayim Nasimov. — Oddiy kishilarning Karimovga ishonchi — barqarorlik omilidir. Mabodo xalq o‘z prezidentiga ishonchini yo‘qotsa, bu milliy fojiaga aylanadi. Biz, deputatlarning har biri, xo‘jalik rahbarlarining har biri o‘z-o‘ziga: ‘Xo‘sh, qonunlar va farmonlarni bajarish uchun nima ish qildim?’, — deb savol berishi lozim”. Deputatning fikricha, XDP a’zolari parlamentdagi munozaralarda o‘z partiyalarining raisi, prezident Islom Karimovni hamma vaqt ham qo‘llab-quvvatlayapti, deb hisoblamaydi. “Biz ahillik bilan ovoz beramiz. Biroq bu kamlik qiladi. Parlamentdagi muhokama jamoatchilik fikriga katta ta’sir qiladi. Shunday ekan, XDP har doim ham tashabbuskorlik qilyaptimi?”, — deb savol qo‘yadi u.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 15-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Menimcha, bundan buyon o‘qishni erkinlik asosiga qurish kerak, ya’ni, majburiy o‘rta ta’limga barham berish vaqti keldi. 8 yillik ta’limni majburiy qilinsa ham, o‘rta ma’lumot olishni to‘la ixtiyoriy qilish lozim. Ishsizlar armiyasini attestatli yoshlar hisobiga ko‘paytiraverishning nima keragi bor? — deydi O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi Yo‘ldosh Solijonov “Ma’rifat” gazetasi 1992-yil 15-aprel sonida e’lon qilingan “Ilmsizlik sabablari nimada?” sarlavhali maqolasida. — 6 yoshlilarni maktabga qabul qilish foyda bermadi, bu ishga barham berildi. Shuni hisobga olib, 11 yillik ta’limni ham yo‘qotish zarur. Chunki bunday ta’limga o‘tganligimiz natijasida hozir o‘qitishda shu qadar chalakam-chattilik ro‘y berdi. Oxirgi sinfda o‘quvchilar avvalgi yillarda o‘tilgan mavzularni takror o‘qishyapti. Bundan nima foyda?”.

    “Ma’rifat” gazetasining 1992-yil 15-aprel sonidan lavha

    “Ma’rifat” gazetasining 1992-yil 15-aprel sonidan lavha

    Darvoqe, “O‘zbekiston ovozi”da Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo‘mitasining “Qaysi biri ma’qul?” sarlavhali e’lon chop etilgan. Qo‘mita “atamalarni to‘g‘ri tanlashdek muhim ishda” mushtariylardan yordam so‘ragan, ularning e’tiboriga o‘zbekchalashtirish taklif etilayotgan “bir qancha zarur atamalar ro‘yxati”ni havola qilgan. Unda, masalan, “arxiv”ni “hujjatxona”, “komandirovka”ni “ishsafar”, “metodika”ni “usuliyat”, “stilistika”ni “uslubiyat”, “pensioner”ni esa “nafaqachi” deb qayta atash taklif qilingan.

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 15-aprel sonidan lavha

    “O‘zbekiston ovozi” gazetasining 1992-yil 15-aprel sonidan lavha

    Mavzuga doir:

    • “Qizil O‘zbekiston”ga chiqqan Al Kapone, birinchi Kosmonavtika kuni, 95 foizi mashinada teriladigan paxta. O‘zbek matbuoti 12-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Millatlar ligasidan chiqaman deb po‘pisa qilayotgan Yaponiya, Tursunoyga ergashgan tojik qizlari, Saudiyaga yo‘l olgan Karimov. O‘zbek matbuoti 13-aprelda nimalar haqida yozgan?
    • Prezident saylovida yutqazgan Hitler, chigit ekayotgan oltiariqlik maktab o‘quvchilari, yomon merosni yomon ko‘radigan Azimov. O‘zbek matbuoti 14-aprelda nimalar haqida yozgan?
    Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

    15.04.2022, 07:30   Izoh (0)   43375
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.