• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Maslahatlar

    Parvoz vaqtida chiqindi to‘kish, havo niqobi eyforiya uyg‘otishi yoxud xavflilik — samolyot bilan bog‘liq eng mashhur uydirmalar

    Samolyot va parvoz bilan bog‘liq asossiz uydirmalar ko‘p uchraydi. Lifehacker shular ichida eng mashhurlari haqida ma’lumot berdi. “Daryo” uni o‘zbek tiliga o‘girdi.

    Foto: Getty Images

    Samolyot butunlay avtopilotda uchadi

    Internetda “samolyot avtopilotda boshqariladi, uchuvchilar esa shunchaki o‘zini shu ishni qilayotganday ko‘rsatib o‘tiradi” qabilidagi fikrlar uchrab turadi. Shu bilan birga, uchuvchilar faqat favqulodda vaziyatlarda aralashishi, odatiy parvoz jarayonida esa havo kemasi o‘zini o‘zi boshqarishi aytiladi.

    Umuman olganda, zamonaviy avtopilot tizimlari nazariy jihatdan parvozni inson aralashuvisiz amalga oshira oladi. Lekin bu faqat nazariy jihatdan. Amalda, tajribasiz uchuvchilar samolyotga haddan tashqari ishonib yuborsa, bu falokatga olib kelishi mumkin.

    Masalan, 2009-yilda Air France aviakompaniyasi samolyoti Atlantika okeaniga qulab, 228 kishi halok bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, tezlik datchiklari muzlab qolgan, avtopilot aqldan ozgan va havo kemasini pastga sho‘ng‘ita boshlagan. Kabinada o‘tirgan ekipaj a’zolari kompyuter yordamisiz boshqaruvni eplay olmagan.

    Kompyuterga butkul ishonib bo‘lmaydi, chunki unda uchuvchilar samolyotni boshqarish qobiliyatini yo‘qotadi. Har qanday favqulodda vaziyat, hatto kemaning texnik holati yaxshi bo‘lsa ham, falokatli tugashi mumkin. Shu sababli uchuvchilarga avtomatikaning turli darajalarida va u to‘liq o‘chirilgan paytda samolyotni boshqarish o‘rgatiladi.

    Parvoz vaqtida samolyot eshigini ochish mumkin

    Bu holat kino va multfilmlarda ko‘p uchraydi. Qahramon samolyotni hech kimga sezdirmay tark etishni istaydi. U parashyutni olib, salondan chiqib, eshikni ochadi, keyin esa sakrab, pastga sho‘ng‘iydi.

    Asli siz supermen bo‘lmasangiz yoki yoningizda keragicha kuchli gidravlik domkrat bo‘lmasa, eshikni ocholmaysiz. Atmosferaning ichki bosimi eshikni korpusga mahkam tirab, samolyotni havo o‘tkazmaydigan qilib qo‘yadi.

    Bundan tashqari, Kuper belkuragi degan narsa parvoz vaqtida zinapoyani pastga tushirishga imkon bermaydi, uni shitob bilan sirpanib o‘tayotgan havo oqimi yordamida bloklangan holatda ushlab turadi.

    Kuper belkuragi

    Kuper belkuragi
    Foto: Wikimedia Commons

    Ushbu qurilma nomi Den Kuper degan kimsaning ismidan olingan. U 1971-yilda AQSHda bir samolyotni o‘g‘irlab ketadi.

    Agar qo‘l telefoni o‘chirib qo‘yilmasa, samolyot qulaydi

    Mobil telefonlar parvozdan oldin o‘chirilishi kerakligini hamma biladi. Aks holda, ular tarqatadigan elektromagnit to‘lqinlar samolyot navigatsiya tizimlariga zarar yetkazadi va u halokatga uchraydi.

    Lekin aslida bortdagi mobil telefonlar samolyotlarga emas, balki yer yuzi infrotuzilmasiga xalaqit beradi. Samolyot uskunalari boshqa chastotalarda ishlaydi va smartfonlar unga hech qanday ta’sir ko‘rsatolmaydi. Shu sababli parvoz vaqtida undan foydalanishga to‘g‘ridan to‘g‘ri taqiq yo‘q.

    Lekin AQSH Federal komissiyasi 1991-yilda telefonlarni havoda o‘chirish yoki samolyot rejimiga o‘tkazishni talab qiladigan tavsiyanoma chiqardi. Komissiya ulardan chiqayotgan signal yerdagi aloqa tizimiga ortiqcha yuk bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Mantiq shunday: ko‘p sonli yo‘lovchilar quruqlik uzra uchib ketayotgan vaqtda ularning telefonlari yer usti mobil aloqa minoralariga ulanishga harakat qiladi va bir minoradan boshqasiga o‘tish o‘ta tez yuz beradi. Natijada infrostruktura signallar to‘plamiga dosh bera olmaydi.

    Lekin bu faqat nazariy jihatdan to‘g‘ri. Hatto 1991-yilda ham Federal komissiya bu haqiqatda sodir bo‘lishi mumkinligiga aniq dalillar topa olmagan va shunchaki xavfsizlik nuqtayi nazaridan qaror qabul qilgan. O‘shandan beri uyali aloqa minoralarida signalni qayta ishlash tezligi o‘sdi. Yo‘lovchilar ko‘pincha yoniq telefonlari bilan parvoz qiladi va ko‘plab aviakompaniyalar o‘z samolyotini Wi-Fi bilan ta’minlagan. Xullas, Federal komissiya tavsiyasi amalda isbotini topmagan.

    Samolyot parvoz vaqtida chiqindi to‘kadi

    Yana bir mashhur uydirma: samolyot hojatxonasining baklari to‘lsa, havoga bo‘shatiladi. Aholi yashamaydigan joylar yoki okean tepasida sodir bo‘lsa, tushunish mumkindir. Lekin bu ham muntazam ravishda sodir bo‘lmaydi.

    Internetda hatto uy tomlariga samolyotlardan odamni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan muzlagan najas tushayotgani haqidagi yangiliklarni ham topish mumkin. Xuddi “Mijoz doimo o‘lik” serialidagi kabi. Bundan ko‘pchilik parvoz vaqtida chiqindilarni to‘kish mutlaqo odatiy hol degan xulosaga keladi va aviakompaniyalar oddiy odamlarni o‘ylamasligidan haqli ravishda norozi bo‘ladi.

    Foto: Konstantin Dyadyun / Unsplash
    Aslini olganda, bunday muammo haqiqatda mavjud. G‘arbiy aviatsiya sanoati xodimlari bu chiqindilarni muloyim ohangda “moviy muz” deb ataydi. Ba’zan esa bunday “meteoridlar” hatto uylar tomini teshib o‘tadi. Lekin uchuvchilar baklarni havoga atayin bo‘shatmaydi. Quvurlar yorilib ketsa yoki samolyotning drenaj tizimi ishdan chiqsa, “moviy muz” oqishi sodir bo‘ladi. Ammo bu kamdan kam uchraydigan hodisa. Ekipaj bakni parvoz vaqtida bo‘shatib yuborishga qodir emas, buni faqat yerda amalga oshirish mumkin.

    Yo‘lovchi suvi oqizilayotgan unitazga yopishib qolishi mumkin

    “Hojatxona” mavzusida yana bir ertak: unitaz suvi oqizib yuborilayotgan vaqtda u yerda vakuum hosil bo‘ladi va yo‘lovchi o‘rindiqqa yopishib qolishi mumkin. Ba’zilar bu hatto jiddiy shikastlanishga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydi.

    Bu afsona 2002-yilda ba’zi nashrlar, jumladan, BBC va Reuters tomonidan chop etilgan yangilik tufayli paydo bo‘lgan. Xabarlarda go‘yo qaysidir amerikalik ayol Skandinaviya aviakompaniyasini samolyotdagi shunday holat uchun sudga bergani aytiladi. Aviakompaniya bu mish-mishni rad etgan va uydirma ekanini aytgan.

    Kislorodli niqoblar eyforiya chaqirish uchun kerak

    Chak Palanikning “Jang klubi” asarida Tayler Dyorden shunday deydi:
    Samolyotda kislorodli niqoblar nima uchun kerakligini bilasizmi? Kislorod mast qiladi. Falokat xavfi tug‘ilsa, odamlar vahimaga tushib, zo‘riqib havo yuta boshlaydi. Niqob esa eyforiya uyg‘otadi, odam tinchlanadi, taqdirga tan beradi. Mana misol. Favqulodda holat — soatiga 600 milya. Odamlar qiyofasida Hindiston sigirlaridagi kabi beg‘amlik.

    Chak Palanik

    Lekin bu haqiqatdan yiroq. Agar samolyotdagi bosim tushib ketsa (bu hatto samolyot ishlayotgan va parvozni davom ettira oladigan holatda ham yuz berishi mumkin), yo‘lovchilar Everest cho‘qqisidagi kabi biqiq havodan nafas olishga majbur bo‘ladi. Bu odamga yomon ta’sir qilib, uni o‘ldirib qo‘yishi ham mumkin.

    Shu sababli bosim pasayganda uchuvchilar havo bosimini me’yorga keltirish uchun balandlikni zudlik bilan pasaytiradi. Shu ish amalga oshirilayotgan paytda yo‘lovchilar niqob orqali nafas olishigi to‘g‘ri keladi.

    Samalyotda mast bo‘lish osonroq

    Ehtimol, shu sababli ham ayrim kishilar samalyot bortida yoki unga chiqishdan avval spirtli ichimlik ichishga harakat qiladi. Bu gapda jon borday: yuqori balandlikda havo kamroq bo‘ladi, shuning uchun qonga kamroq kislorod kirib, metabolizm o‘zgaradi. Spirtli ichimlik yaxshiroq so‘riladi va miyaga ham tezroq ta’sir qiladi. Mantiqan to‘g‘ri, shundaymi?

    Lekin bu Federal aviatsiya boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan amaliy tadqiqotlarda o‘z tasdig‘ini topmagan eski afsona. Samolyot salonidagi kamroq havo haqiqatan ham yengil noqulaylik tug‘dirishi va kognitiv qobiliyatni buzishi mumkin, biroq bu sezilarli darajada emas va spirtli ichimlikni kuchliroq qilib qo‘ymaydi.

    Biroq qondagi kislorod miqdorining kamligi bortdagi mast odamni tezroq uxlab qolishga majbur qiladi. Bu havoda bir stakan bilan oyoq osmondan bo‘lib qolishi mumkinligi haqida aldamchi tasavvurni paydo qiladi.

    Kichkina teshikcha ham samolyotni portlatib yuborishi mumkin

    Ayg‘oqchilar haqidagi filmlarda shu kabi sahnalar uchrab turadi: uchib ketayotgan samolyot bortida qahramon yovuz dushmani bilan zo‘r berib mushtlashyapti. Qahramon raqibidan qurolni tortib olishga urinmoqda.

    Foto: Joshua Wilking / Unsplash
    To‘pponcha tasodifan otilib, samolyotning sirti teshiladi va germetikligini yo‘qotadi. So‘ngra havoda parchalanib, qulay boshlaydi... Qahramon so‘nggi soniyada parashyut bilan sakrab chiqishga muvaffaq bo‘ladi, yovuz dushmani esa halok bo‘ladi.

    Haqiqiy hayotda korpusga o‘q teshigi, albatta, samolyot holatiga yomon ta’sir qilmay qolmaydi. Lekin u bir necha dona teshikdan parchalanib ketmaydi. Axir u havo shari emas. Havo kemalari undan ancha kattaroq teshiklar bilan ham qo‘nib olgan holatlar mavjud, garchi yo‘lovchilar dekompressiya tufayli kislorod niqoblarini taqishiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa ham.

    Misol uchun, 2006-yilda Alaska Airlines kompaniyasi samolyotining yon tomonida diametri 30 santimetrli teshik paydo bo‘lgani aniqlanadi. Aeroportda yukortgich boshqaruvchisi bexosdan teshib qo‘yib, bu haqida indamaslikka qaror qilgan ekan. Lekin hech nima bo‘lmagan, samolyot o‘z manziliga muvaffaqiyatli qo‘ngan.

    Bu uydirmani hatto Myth Busters teleko‘rsatuvi ham sinab ko‘rgan. Sinovdan o‘tkazilayotgan samolyotga arzimagan zarar yetkazish uchun ularga zirh teshuvchi zaryad kerak bo‘lgan — to‘pponcha yoki detonatsiya simi kifoya qilmagan. Bundan kelib chiqadiki, samolyot siz o‘ylagandan ko‘ra mustahkamoq.

    Samolyot oynalaridagi ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan kichik teshiklar aviakompaniyaning beparvoligi natijasi emas, balki qurilish xususiyatidir. Ular yo‘lovchilar bo‘linmasidagi ortiqcha havoni chiqarib, illyuminatorlarning ichki va tashqi panellari orasidagi bosimni muvozanatlashtirish imkonini beradi.

    Bundan tashqari, teshiklar shishaning tumanlashishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qo‘rqmang, unga barmog‘ingizni qo‘ysangiz, so‘rib olmaydi — teshiklar ikki tomondan ochiq emas.

    Havo retsirkulyatsiyasi tufayli samolyotda mikrob tarqaladi

    Germofoblar, ya’ni mikroblardan qo‘rqadiganlar uchun yoqimsiz yolg‘on.

    Samolyotlarda havo tizimi yopiq. Havo fyuzelajning pastki qismiga o‘tgunicha kabina bo‘ylab konditsionerlar yordamida haydaladi. Havoning, taxminan, yarmi u yerda bort tashqarisiga chiqib ketadi, qolgani esa kabinaga qaytadi. Toza havo ichkariga tortiladi va jarayon qayta boshlanadi.

    Bu vaziyatda qancha zararli bakteriyalar kezib yurishini tasavvur qila olasizmi?

    Aslida uncha ko‘p emas. Yo‘lovchilar bo‘linmasidan chiqindi havoni tortib oluvchi pol filtrlari 94 dan 99,9 foizgacha mikroblarni mukammal tarzda ajratib oladi. Samolyotdagi havo har ikki daqiqada to‘liq tozalanish siklidan o‘tadi, shu sababli u yerda siz ishlaydigan ofis binosiga qaraganda ancha kamroq bakteriyalar uchib yuradi.

    Ammo samolyotlardagi eshik tutqichlari, patnis tagliklari va o‘rindiq suyanchiqlari haqiqatan ham bakteriyalarga to‘la. Shuning uchun ularga kamroq teginishga harakat qiling va qo‘lingizni tez-tez yuvib turing.

    Samolyotda uchish juda xavfli

    Ko‘pchilik samolyotda uchishdan qo‘rqadi va quruqlikda sayohat qilish xavfsizroq ekaniga ishonadi. Lekin statistik ma’lumotlar buni inkor qiladi. Samolyotlar eng xavfsiz transport vositasi hisoblanadi. Bu borada u hatto poyezdlar, avtomobillar va motosikllarni ham ortda qoldiradi.

    Samolyot halokatlari biz uchun shu darajada dahshatli ko‘rinishiga sabab ular juda kam uchraydi va har bir hodisaga katta e’tibor qaratiladi.

    1973-yili Islandiyada halokatga uchragan  DC-3 samolyoti. Ushbu halokatda ekipajning barcha a’zolari omon qolgan 

    1973-yili Islandiyada halokatga uchragan  DC-3 samolyoti. Ushbu halokatda ekipajning barcha a’zolari omon qolgan 
    Foto: Christoffer Engström / Unsplash
    Aviatsiya hodisalarining o‘rtacha chastotasi bir million parvozga 0,19 falokatni tashkil qiladi. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) ma’lumotlariga ko‘ra, havodagi xavfsizlik ko‘rsatkichi avtomobillarnikidan 60 baravar yuqori. Demak, “Samolyot halokatidan ko‘ra, aeroportga ketayotib o‘lish e’timoli kattaroq” degan gapda jon bor.

    Lekin halokat yoki uchuvchilar tili bilan aytganda, “og‘ir qo‘nish” ham bortdagi yo‘lovchilarning halok bo‘lishini anglatmaydi. AQSH Milliy Transport xavfsizligi kengashi 1983-yildan 2000-yilgacha yuz bergan aviahalokatlarda qatnashganlarning 95 foizi tirik qolganini aniqlagan.O‘shanda beri xavfsizlik talablari yanada o‘sdi. Zamonaviy samolyotlar yong‘inga chidamli, ekipaj undan osongina evakuatsiya qilinadi va kompozit materiallardan yasalgan korpuslar jiddiy zarbalarga bardosh bera oladi.

    12.04.2022, 14:31   Izoh (0)   19346
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Poshnali tufli zararli, krossovka foydalimi? Shifokor oyoq salomatligi haqidagi qarashlarni qanday izohlaydi?

    12.04.2022, 12:36

    Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan mahsulotlar

    12.04.2022, 09:59

    Keda va krossovkalarni kir yuvish mashinasida qanday yuvish kerak?

    11.04.2022, 11:26

    Achib qolgan sutdan unumli foydalanishning 9 usuli

    10.04.2022, 20:58

    Xona va buyumlarni changdan tozalashning eng to‘g‘ri usullari

    08.04.2022, 15:40

    Taxtakach va idishlardan baliq hidini qanday qilib ketkazish mumkin? 

    08.04.2022, 13:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda dollar kursi oshdi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 16:11

    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

    Reklama | 2 iyun, 15:11

    Qozog‘iston kartoshka narxi oshishida O‘zbekistonni aybladi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 15:55

    Hindistonda it “baxt direktori” lavozimiga ishga olindi

    Qo‘ziqorin | 2 iyun, 15:55

    Qozog‘iston aholisi soni e’lon qilindi

    Qozog‘iston | 2 iyun, 15:45

    BAA aeroportida o‘zbekistonliklar ushlab turilganiga munosabat bildirildi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 15:41

    Hech qanday parhez yo‘q: mashhur san’atkorlar ish vaqtida nimalar iste’mol qiladi?

    Layfstayl | 2 iyun, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.