• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “CODA: kar ota-onaning farzandi” — “Oskar” eng yaxshi deb topgan film nima haqida?

    Shan Heyderning “CODA: kar ota-onaning farzandi” (CODA: Child of deaf adults, 2021) nomli dramasi 2022-yilgi “Oskar” taqdirlash marosimining eng yaxshi filmi deb topildi. “Daryo” shu film haqida so‘z yuritadi.

    “CODA: Kar ota-onaning farzandi” filmidan kadr

    “CODA: Kar ota-onaning farzandi” filmidan kadr
    Foto: “Kinopoisk.ru”

    “CODA: kar ota-onaning farzandi” premyerasi 2021-yil “Sandens” festivalida bo‘lib o‘tgan. Bir necha kundan so‘ng Apple TV+ strimingi filmni tarqatish huquqini 25 million dollarga sotib oladi. Kartina “Oskar”gacha ham boshqa bir qator mukofotlarni qo‘lgan kiritgandi. Jumladan, Gotham Awards, BAFTA, Critics’ Choice va boshqalar.

    Shunga qaramay, qaror ko‘pchilikni ajablantirdi: Jeyn Kempionning 12 nominatsiya bilan eng oldinda borayotgan “Itning kuchi” (The power of the dog, 2021) nomli vesterni asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgandi. Lekin Amerika kinoakademiyasi karlar oilasida tug‘ilgan yagona sog‘lom qiz haqidagi musiqiy dramani tanladi. Xo‘sh, “CODA” chindan ham bu e’tirofga loyiqmidi? Bunga har kim o‘zicha javob beradi.  Faqat bir narsa aniq: rejissor bir qarashda siyqa ko‘ringan mavzu dolzarbligini o‘ziga xos tarzda ochib bera olgan.

    Filmning bosh qahramoni Rubi (Emiliya Jons ijrosida) endigina 17 yoshda ekaniga qaramay, baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi oilaning eng muhim a’zosi hisoblanadi. Ota-onasi va akasidan farqli o‘laroq, uning eshitish qobiliyatida nuqson yo‘q. Shu sababli qiz o‘z yaqinlari uchun tashqi olam bilan bog‘lanishda asosiy “ko‘prik” vazifasini o‘tardi. Lekin kutilmaganda jiddiy muammo yuzaga keladi: katta hayot ostonasida turgan qiz yo qo‘shiqchi bo‘lish orzusini amalga oshirishi, yo oilasi bilan qolib, baliqchilik faoliyatini davom ettirishi kerak edi.

    Rubi oilasini chin dildan sevgan, ularning og‘irini yengil qilish uchun qo‘lidan kelgan yordamni hech qachon ayamagan. Yaqinlari bilan imo-ishora orqali gaplashgani, ust-boshidan baliq isi kelib turgani uchun tengdoshlari tomonidan kalaka qilinishi va chetga chiqarib qo‘yilishiga qaramay, hayotdan umuman nolimagan. Lekin qanchalik achchiq bo‘lmasin, haqiqat bitta: Rubi jamiyatning sog‘lom a’zosi sifatida o‘z orzusini amalga oshirib, mustaqil hayot kechirishga haqli.

    Filmda qizning ota-onasi va akasini ijro etgan aktyorlar hayotda ham kar-soqov. Ota rolini o‘ynagan va bu rol uchun “Oskar”ga munosib ko‘rilgan Troy Kotsurning yorqin imo-ishora tili oddiy so‘zlashuv tilidan ham ko‘ra tushunarliroq ko‘rinadi. Oiladagi o‘zaro hissiy to‘qnashuvlar esa o‘ta ta’sirli ekani bilan ajralib turadi. Masalan, Jeki (Marli Metlin ijrosida) qizining ham kar bo‘lib tug‘ilishini istagani haqida uning o‘ziga aytishdan tortinmasligi yurakni pora qiladi.

    “CODA: Kar ota-onaning farzandi” filmidan kadr

    “CODA: Kar ota-onaning farzandi” filmidan kadr
    Foto: “Kinopoisk.ru”

    Yaqinlari Rubini qanchalik yaxshi ko‘rmasin, ayni vaziyatda uni qo‘llab-quvvatlashga ojiz edi. Birinchidan, injiq va noinsof hamkorlar bilan orasi buzulib, baliqchilik ishini mustaqil yo‘lga qo‘yishni istagan oila qizga har qachongidan ko‘ra muhtoj. Mustaqil ish boshlagan ota va aka o‘qish va musiqa to‘garagidagi mashg‘ulotlardan ortmay qolgan qizning yordamisiz jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Ikkinchidan, Rubidagi iste’dodni his qilish, ayniqsa, shunday qiyin vaziyatda, ular uchun oson kechmaydi. Konsert dasturida sahnada qo‘shiq kuylayotgan qizini tinglay olmayotgan otaning iztirobli qiyofasidan ham buni sezish mumkin.

    Lekin shaxsiy hayotini oilasi uchun qurbon qila olmasligini tushungan qiz ota-onasiga niyati qanchalik jiddiy ekanini anglatishga va ulardan ajralib, katta hayotga qadam qo‘yishga burchli edi. Musiqa to‘garagidagi ustozi Bernardo Vilyalobos (Euhenio Derbes ijrosida) bu ishni amalga oshirishda katta yordam beradi. Oxiri ular Rubiga oq yo‘l tilab, katta hayot tomon kuzatib qo‘yadi.

    “CODA: Kar ota-onaning farzandi” filmidan kadr

    “CODA: Kar ota-onaning farzandi” filmidan kadr
    Foto: “Kinopoisk.ru”

    Shunday qilib, Massachusets shtatidagi kichik bir shaharchada yashovchi o‘rta maktab o‘quvchisi o‘ziga bo‘lgan ishonchsizlik va oilasi bilan ipsiz bog‘liqlik hissini yengib o‘tadi.

    Filmda, shuningdek, beshafqat bozor sharoitida halol mehnati bilan kun ko‘rishni uddalagan imkoniyati cheklangan insonlar taqdiri ta’sirli ochib berilgan. “CODA” asli “Beliyerlar oilasi” (La famille Bélier, 2014) nomli kinokomediyaning remeyki ekaniga qaramay, bunda kar-soqov aktyorlarning soxtalikdan xoli, tabiiy ijrosi ancha jonli chiqqan. “Beliyerlar oilasi” filmida esa buning aksi.

    “CODA”ning ikkinchi ma’nosi ham bor: ingliz tilida musiqiy asarning yakuniy qismi shu atama bilan ifodalanadi. Darvoqe, filmda musiqiy asarlar nozik did bilan saralab olingan. Masalan, Rubi yolg‘iz vaqtlarida Amerikaning mashhur protopank guruhi The Shaggs’ni tinglaydi; Joni Mitchellning “Both sides now” qo‘shig‘ini maroq bilan ijro etadi.

    Bir so‘z bilan aytganda, “CODA: kar ota-onaning farzandi” filmi, u munosib ko‘rilgan mukofotlarni hisobga olmagan taqdirda ham, miriqib tomosha qilishga arziydi.

    08.04.2022, 12:26   Izoh (0)   47951
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40

    “Oyligimni yarmi jarimaga ketsa kerak”: mashinasiga sirena o‘rnatgan haydovchiga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 22:30

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.