• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Titul janglar tarixidagi eng chalkash vaziyat. Habib Nurmagomedovning amerikalik rieltorga qarshi kechgan chempionlik jangi haqida

    Bundan roppa-rosa 4 yil avval xuddi shu kuni (2018-yilning 7-aprel sanasida) Habib Nurmagomedov El Yakvintani mag‘lub etib, yengil vazn toifasida UFC chempioniga aylanadi. Ammo Habib buning hammasiga ko‘ringanidek osonlik bilan erishmaydi. U janggacha anchayin murakkab va ko‘plab asab tolalari o‘lishiga sabab bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Quyida ana shu haqida batafsil so‘z yuritiladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Kutilmagan raqib

    Habibning chempionlik jangi atrofi turli xil voqealarga to‘lib ketgandi. 31-mart kuni Eagles jamoasining Rossiyadagi bosh homiysi Ziyavudin Magomedov hibsga olinadi. Habib bu xabarni eshitganidan, taxminan, 24 soatdan o‘tib, bo‘lajak raqibi Toni Fergyuson jarohat olganini va jangda qatnasha olmasligini biladi. O‘sha paytda jang bo‘ladigan hafta bundan yomonroq boshlanmaydigandek tuyulgandi, ammo bu hali boshlanishi edi, xolos.Darg‘azab Habib mehmonxonada Konor Makgregorning do‘sti Artyom Lobov bilan yuzma-yuz kelib, janjallashib ketadi. Bir kundan keyin esa Makgregor Habib o‘tirgan avtobusga arava uloqtiradi. Arava uloqtirilgan vaqtda Fergyusonning o‘rnini egallagan Maks Hollouey Habibga raqib sifatida ko‘rilayotgandi. Ammo Hollouey kerakli vaznni qayd eta olmaydi va zudlik bilan uning o‘rniga ham boshqa nomzod qidiriladi, yakunda El Yakvinta variantida to‘xtashga qaror qilinadi. Qizig‘i, Konor arava uloqtirgan vaqtda u Habib bilan bir avtobusda bo‘lgan. Yakvinta o‘shanda Nurmagomedovga raqiblik qilishini hali bilmas va bor narsani mobil telefoniga suratga olib yurgandi.

    Barchasini Yana Kunitskaya barbod qilishi mumkin edi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Ushbu vaqtga kelib, Habib Nurmagomedov rossiyalik birinchi UFC chempioni bo‘lish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgandi. Ungacha bu ishni uch nafar jangchi uddalashi mumkin edi, bular: Igor Zinovev (UFC 16 da Frenk Shemrokka yutqazgan), Ali Bagautinov (UFC 174 da Demetrius Jonsonga imkoniyatni boy berib qo‘ygan) va Yana Kunitskaya. Kunitskaya o‘z imkoniyatini kutilmagan paytda qo‘lga kiritadi. Nurmagomedovning jangi 2018-yil 7-apreliga belgilanadi. Yana esa bungacha MMA’ning eng dominant ayollaridan biri Kris Sayborg bilan jang qilishga kelishib olgandi. Jang o‘sha yilning 4-martiga belgilanadi. Agar Kunitskaya g‘alaba qozonganida, chempionlik kamari Rossiyaga ertaroq kelardi va Habib “birinchi” maqomidan mahrum bo‘lardi. Ammo Kunitskaya Sayborgga qarshi roppa-rosa uch yarim daqiqa “turib” beradi.

    Nyu-Yorklik rieltorning jangni qutqarib qolgani haqida

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Habib bilan chempionlik jangidan bir hafta oldin El Yakvinta 435 ming dollarlik ko‘chmas mulk shartnomasini tuzadi. Bu haqda uning rieltorlik profilidan bilib olish mumkin edi, u jang bo‘ladigan hafta boshida Instagram’ga tegishli havola qoldirgandi. Ha, El Yakvinta rieltorlik faoliyati bilan shug‘ullanardi.

    Ko‘pincha AQShda boshqa joyda ishlaydigan jangchilarda bo‘lgani kabi, Yakvinta ham UFC’ning o‘rtamiyonalarga yetarli darajada ko‘p pul to‘lamayotganidan xabardor edi va shuning uchun tashkilot bilan shartnoma borasida ko‘p bahslashadi. U bungacha beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alabaga erishgandi. Biroq Habib bilan jangdan oldin so‘nggi uch yilda faqat bir martagina oktagonga ko‘tarilgan. Yakvintaga aslida Bruklindagi musobaqada Pol Felder raqiblik qilishi kerak bo‘lgan, ammo yakunda Yakvinta chempionlik uchun kurashda Habibga qarshi jang qila oladigan yagona sportchi bo‘lib chiqadi. Yakvintaning rasmiy gonorari 280 ming dollarni tashkil etadi, lekin katta ishonch bilan taxmin qilish mumkinki, haqiqiy to‘lov bundan ancha ko‘p bo‘lgan. Pol Felder bilan uch raundlik bahs o‘rniga Habibga qarshi besh raundlik jangga 30 soat tayyorlanish uchun UFC va professional rieltor o‘rtasida qanday moliyaviy munozara kechganini tasavvur qilish shunchaki aqlni shoshirib qo‘yadigan holatdir.

    Jangdan chempionlik maqomi olib qo‘yilishiga bir baxya qoladi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    To‘qnashuv oldidan titul janglar tarixidagi eng chalkash vaziyatlardan biri sodir bo‘ladi:

    • Habib kim bilan bo‘lishidan qat’i nazar yengil vazn toifasining vakant kamari uchun jang qilardi;
    • Reglamentga ko‘ra, chempionlik jangida qatnashuvchilar 70,3 kg tosh bosishi kerak;
    • Titul uchun bo‘lmagan janglarda yengil vazn toifasi vakillarining vazni 70,7 kg gacha bo‘lishi mumkin;
    • El Yakvinta esa 70,4 kg tosh bosadi.
    Shu tariqa Yakvinta Habibga faqat oddiy jangdagina raqiblik qilishi mumkin bo‘lib qoladi. Yakvintaning o‘rinbosar sifatida oktagonga chiqishi aniq bo‘lganida, u allaqachon taroziga chiqib bo‘lgan, kamiga suv ichishga ham ulgurgandi. Ya’ni, undan ortiqcha vazn tashlashni so‘rashning imkoni shunchaki yo‘q edi. Shunda Habibning menejeri aql bovar qilmaydigan matematik zukkolik ko‘rsatadi. U El Yakvintaning ichki kiyimini tortib ko‘rishni so‘raydi. Qoidalarga ko‘ra, jangchi agar tarozida ehtiyoj sezilsa, ichki kiyimini ham yechishi mumkin. El Yakvintaning ichki kiyimining vazni yuz grammni tashkil qiladi. Shunday qilib rasmiy vazn o‘lchash vaqtida jangchi 70,3 kg tosh bosgan bo‘lib chiqadi va uni endi bemalol yengil vazn toifasidagi chempionlik unvoniga da’vogar deb hisoblash mumkin edi.

    Jang haqida

    https://www.instagram.com/p/B-LVUitJgN-/?utm_source=ig_embed&ig_rid=ef23309f-be07-465d-8426-9d473b6562ea

    Yuqoridagi surat Yakvintaning Instagram’dagi so‘nggi postlaridan biri, shu tariqa 2018-yilning 7-aprelida Bruklinda UFC kamari sambo bilan yaxshi tanish bo‘lgan ikki kishidan biriga nasib etishi ma’lum bo‘ladi. Shu asnoda italyan ildizlariga ega amerikalik bo‘lib ham ushbu sport bilan shug‘ullanish mumkinligi isbotlanadi. Sambodan tashqari, Yakvinta maktabda kurash bilan ham shug‘ullangan, qo‘llari va boshi ancha chidamli edi: 7 ta nokautli g‘alaba, mag‘lubiyatlar soni esa teshik kulcha shaklida.

    Bu Habib faoliyatidagi eng uzoq jang bo‘lganiga qaramay (shunday bo‘lib qoldi ham), Nurmagomedov Yakvintani mag‘lub etishning uddasidan chiqadi. 25 daqiqa ichida Habib unga qarata 134 ta zarba berib, 6 marta muvaffaqiyatli parter amalga oshiradi. Uchinchi raundga kelib esa Nurmagomedov kutilmagan jeb zarbasi bilan fotograflarga ham ajoyib kadrlar taqdim etadi. Yakvintaning yuzi va yelkalari qip-qizil rangga “burkanadi”. Beshinchi besh daqiqalik oldidan Nurmagomedovdan ehtiyotkorroq taktika talab qilinadi, ammo Habib “stoyka”da jang qilishda davom etaveradi. Jang yakunida barcha hakamlar besh raundning hammasini Habibga beradi.

    Jangchilarning to‘qnashuvdan keyingi taqdiri

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    El Yakvinta mazkur to‘qnashuvdan keyin top-15 likdagi jangchilardan uch nafari bilan bahs olib boradi. Donald Serrone va Den Hukerga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, Kevin Lini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ladi.

    Habib esa ikkita himoya jangini o‘tkazib, Konor Makgregor, Dastin Porye va Jastin Getji kabi mashhur nomlarni taslim etadi. Shu tariqa Habib kamar himoyasi soni bo‘yicha yengil vazn toifasida eng muvaffaqiyatli UFC chempionlaridan biriga aylanadi — 70 kg vazn toifasida Nurmagomedovdan tashqari faqat BiJey Penn, Frenki Edgar, Benson Henderson kamarni uch marotaba himoya qilolgan.

    Yakvinta bilan jangdan olti oy o‘tgach, Habib Konor Makgregorga qarshi jang qiladi va uning ismi tom ma’noda butun dunyoni zabt etadi — hatto chempionlik bahsidagi g‘alaba ham Habibni Konor bilan himoya jangidagi kabi yulduzga aylantira olmagan. Buning uchun 2018-yilning oktabridagi jangdan keyingi “parvoz”, Las-Vegasdagi janjal va Barclays Center’dagi g‘alabani yodga olish va ularni solishtirish kifoya.

    Yakvintaga qarshi jangdan ikki kun o‘tib, Habib Instagram’ga otasining chempionlik kamari bilan tushgan suratini joylaydi va shunday yozadi: “Butun faoliyatim davomida shu lahzani kutganman”.

    Mavzuga doir: Faoliyatida biror marta mag‘lubiyatga uchramagan va onasiga bergan va’da tufayli MMA’ni tark etgan tirik afsona — Habib Nurmagomedov 33 yoshda

    07.04.2022, 23:41   Izoh (0)   41740
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Usmon Dembele APL klubi taklifini rad etdi

    07.04.2022, 22:04

    Ibrohimxalil Yo‘ldoshev — “Nijniy Novgorod”ning mart oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi

    07.04.2022, 21:01

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni yenga olmadi, “Xorazm” Jizzax klubiga mag‘lub bo‘ldi

    07.04.2022, 20:29

    Pep Gvardiola Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkin

    07.04.2022, 18:50

    Hamidjon Aktamov “Qizilqum”dan ketgani ma’lum bo‘ldi

    07.04.2022, 17:39

    “PSJ” Qatar kompaniyasi bilan yiliga 70 mln yevro daromad keltiradigan homiylik shartnomasi imzolashi mumkin

    07.04.2022, 16:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yil boshidan buyon qancha noqonuniy chiqindi tashlash holati aniqlandi?

    O‘zbekiston | 10 may, 22:00

    Superliga. “Bunyodkor” so‘nggi daqiqalarda gol urib, “Nasaf” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 10 may, 21:22

    Toshkent viloyatida Damas “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani bosib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 10 may, 21:20

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 10 may, 20:35

    Superliga. “OKMK” yana kambek qilib, “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

    Sport | 10 may, 20:31

    Sirdaryoda erkak voyaga yetmagan bolaga zo‘ravonlik qildi (video)

    O‘zbekiston | 10 may, 19:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.