“PSJ” yangi homiylik shartnomasi ustida ishlamoqda.
L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, parijliklar futbolkasida mehmonxona operatori Accor logotipi o‘rniga Qatar Airways ramzi paydo bo‘lishi mumkin.
Amaldagi titul homiy 2019-yildan buyon “PSJ”ga yiliga 60—70 million yevro to‘lab kelmoqda. Qatar aviakompaniyasi bilan hamkorlikda kutilayotgan miqdor ham shunchani tashkil etadi.
Shu bilan birgalikda Accor bilan hamkorlik boshqa shaklda davom ettiriladi.
Qayd etib o‘tish joiz, “PSJ” aksiyalarining asosiy qismi Qatar Sports Investments kompaniyasiga tegishli.
Avvalroq, “PSJ” klubi hujumchisi Lionel Messi Socios blokcheyn platformasi bilan hamkorlik boshlagani, “Barselona” Spotify striming servisi bilan shartnoma imzolagani xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)